Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti


Download 39.71 Kb.
bet1/2
Sana30.10.2023
Hajmi39.71 Kb.
#1733754
  1   2
Bog'liq
Korxona va obyektlarni xususiylashtirish statistikasi (esse)


Korxona va obyektlarni xususiylashtirish statistikasi
Sharofboyev Asilbek
Guliston davlat universiteti “Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti” talabasi

Reja
1.Kirish


Mustaqillikka erishganimzdan so’ng, iqtisodiyotni tubdan isloh qilish va rivojlantirishda bir necha islohotlar o’tkazildi. Shu jumladan, davlat mulkini ya’ni korxonalar va obyektlarni xususiylashtirish ishlari ham boshlandi. Xususiylashtirish orqali aholi orasidagi tadbirkorlarga keng imkoniyatlar ochib berildi.
2.Asosiy qism
1.Xususiylashtirishning mohiyati.
2.Korxona va obyektlarni xususiylashtirish yo’llari.
3.O’zbekistonda xususiylashtirilgan korxonalar statistikasi.


1.Xususiylashtirishning mohiyati.


Davlat mulkini xususiylashtirish — davlatning oʻz ixtiyoridagi ichki vositalari, mol-mulk obyektlarini, korxonalar, uy-joy, transport vositalari, tabiat resurslari va buni davlat tasarrufidan chiqarilishi va fuqarolar, jamoalar, shuningdek, davlatga tegishli boʻlmagan yuridik shaxslarga berishi yoki sotilishi; davlat mulki asosida turli mulk shakllarini vujudga keltirish.
Davlat mulkini xusisiylashtirish davlat mulkini kelgusida shu mulk negizida xoʻjalik faoliyati yurituvchi va uning natijalari boʻyicha toʻliq mulkiy masʼuliyatni zimmasiga oluvchi iqtisodiy subyektlarga turli shartlarda berish yoki sotish orqali amalga oshiriladi va mulk egasini oʻzgartirishni nazarda tutadi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkni bepul berish, korxonani imtiyozli shartlarda sotish, aksiyalarni sotish, korxonalarni ijaraga berish, mayda korxonalarni kim-oshdi savdosida sotish va bu usullarda amalga oshiriladi.
2.Korxona va obyektlarni xususiylashtirish yo’llari.


Korxonalar va obyektlarni xususiylashtirishning bir necha yo’llari mavjud:



  1. Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlariga, ommaviy mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.




  1. Xususiylashtirish – jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulk obyektlarini yoki davlat aksiyador jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olish.



  1. Davlat ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha savdolar (kim oshdi savdolari) – sotuvchi yoki ko‘chmas mulk tashkiloti, shuningdek, kim oshdi savdolari va kim oshdi savdolarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan tashkilot, shu jumladan, elektron shaklda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotishni tashkillashtirish.



  1. Investitsiyalarni jalb qilish orqali.




Download 39.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling