Ijtimoiy sohalarga jalb etilgan investisiyalar samaradorligini oshirish yo`llari. Reja: Kirish


Download 114.47 Kb.
bet1/3
Sana13.09.2020
Hajmi114.47 Kb.
  1   2   3

Ijtimoiy sohalarga jalb etilgan investisiyalar samaradorligini oshirish yo`llari.

Reja:

Kirish

1. O'zbekistonda ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yo'nalishlari.

2. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiyalarning o'rni va roli.

3. Ijtimoiy soxani rivojlantirishga jalb kilingan investitsiyalarning amaldagi xolati taxlili.

4.Respublikamizda ijtimoiy sohalarga jalb qilingan investitsiyalar samaradorligini oshirish yo'llari.

Xulosa

Adabiyotlar ro`yxati.


Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoya o'zining yo'nalishlariga ko'ra juda ham ko'p qirrali bo'lib, keng ma'noda insonning ijtimoiy -iqtisodiy huquqlari ro'yobga chiqarilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratilishi (masalan, ish bilan va tirikchilik uchun zarur daromadlar bilan ta'minlash orqali iste'mol ehtiyojlarini qondirish, ilm olish, sog'liqni saqlash, kommunal-maishiy qulayliklar yaratish va boshqalar) ga oid tadbirlarni torroq ma'noda esa ijtimoiy himoya o'zining ob'ektiv ahvoli tufayli imkoniyatlari cheklangan, ijtimoiy jihatdan davlat va jamiyat e'tibori hamda ko'magiga muhtoj bo'lgan insonlarga ko'rsatiladigan moddiy-moliyaviy va boshqa xil yordamlarni anglatadi.

Birinchi Prezidentimiz I. Karimov ta'biri bilan aytganda: “2014 yilda ijtimoiy sohada ham chuqur sifat o'zgarishlari ro'y berdi. Bu sohaning barqaror faoliyatini ta'minlash va rivojlantirishga davlat byudjeti jami xarajatlarining qariyb 60 foizi yo'naltirilmoqda”.1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevralda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi farmonida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgani ayniqsa e’tiborga molik2. Bu tarixiy hujjatda mamlakatning yaqin istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari belgilab berildi. “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategik asoslangan darajada qisqartirish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doir kompleks masalalarni hal etish, hukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi.”3

Shu jihatdan olib qaraganda mamlakatimizda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor munosabatlariga oid bilimlarni nazariy jihatdan tadqiq qilish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi.



Kurs ishi mavzusining maqsadi: Ijtimoiy sohalarga jalb etilgan investisiyalar samaradorligini oshirish yo`llari oid nazariy bilimlarni o'rganish va tegishli xulosalarni shakllantirishdan iborat.

Kurs ishining vazifalari:

- O'zbekistonda ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yo'nalishlari.

- Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiyalarning o'rni va roli.

- Ijtimoiy soxani rivojlantirishga jalb kilingan investitsiyalarning amaldagi xolati taxlili.

- Respublikamizda ijtimoiy sohalarga jalb qilingan investitsiyalar samaradorligini oshirish yo'llari.

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi kirish qismi, 4 ta reja , xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
1.O'zbekistonda ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yo'nalishlari

Ijtimoiy  muammolarni hal etishning  muhim  yo'llaridan  biri  aholini ijtimoiy  muhofaza  qilish  hisoblanadi  islohatlar  chuqurlashuvi  va bozor  iqtisojdiyotiga  o'tishga qarab  aholini  ijtimoiy  ximoyalash  mexnaizmlari, shakllari  va tengsizlik  hamda  kambag'allikning  qisqarish usullari  o'zgaradi va takomillashadi.

Mamlakatimizda  o'tish davrining birinchi bosqichida  aholini  ijtimoiy himoya qilishning barcha  tizimlari  asta-sekin o'zgartirilib, uning  ijrosi amalga  oshrildi. Aholini ijtimoiy  himoyalash  va qo'llab-quvvatlashdagi  tadbirlarni  amalga oshirish  jarayonida  kam  samarali  shakllari  bartaraf  etildi va yangi  ilg'or tajribalar  joriy etilib  amalga tadbiq  etildi.

Ijtimoiy  qo'llab-quvvatlash va yordam berish dasturi  asosiga  kambag'allik  yukini engilashtiruvchi aniq  maqsadli  vazifalar  qo'yildi. Mamlakatda  ijtimoiy  himoyaning yangi dasturi ishlab  chiqilgan  bo'lib  ijtimoiy muhofazaga  muhtoj aholi  qatlamini  har  tomonlama qo'llab-quvvatlashga  va uni  uzliksizligini  ta'minlashga  qaratildi. Aholini  sotsial himoyalashning  hozirigi  tizimi  davlat  byudjeti  mablag'laridan  moliyalashtirish bilan  birgalikda, mehnat  jamoalari, jamoat tashkilotlari  va xayr-ehson  fondlarini  mablag'lari  ham qamrab olindi.

Aholining  ijtimoiy  himoyalash  dasturini amalga oshirishida  xukumat maxsus qaror bilan  mahaliy hokimyat  va boshqaruv  idoralari  huquqlari  bir muncha kengaytirildi  va javobgarligi oshrildi.

 Hozirgi  vaqtda davlatning sotsial  himoya siyosatini amalga oshrishning huquqiy  bazasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining nochor  qatlamini  yakka  tartibda  ijtimoiy  qo'llab- quvvatlashni kuchaytirish to'g'risida” gi  farmoniga  aholini   sotsial  himoyalashning  asosiy  vazifalari  va undan oila, ayol, mahalla,  mahaliy o'z-o'zini   boshqaruv idoralari, doimiy  tashkilotlar  va fondalar rolini  oshirish  belgilangan  forma  xozirgi   davrda aholi  ijtimoiy  himoyalash Milliy dasturi  asosida  quyidagi yo'nalishlarni aniqlaydi va hayotga tadbiq etadi:



  • Nafaqa  tizimini  takomillashtirish jamg'arish tizimini  asta-sekin  joriy etish;

  • Qariyalarga, boquvchisini  yo'qotganlarga  e'tiborni  kuchaytirish,  yashash uchun   ko'proq  qulayliklar yaratish, imtiyozlar berish, tibbiy xizmat sifatini  yaxshilash;

  • Ayollar haqida g'amxo'rlikni kuchaytirish, ularning  sog'ligi modddiy  farovonligi, sog'lom  bolalarni  tarbiyalash uchun  zaruriy  sharoitlarni  yaratish, bola tarbiyasi  bilan  band bo'lganda  ish  o'rinlarini   saqlash;

  • Oila  manfaatlarini  himoya  qilish, oilani  mustahkamlash bo'yicha   alohida  tadbir  dasturlari ishlab chiqishi  va ularni  joylarda  amalga oshirishni tikalashliklari uchun  imtiyozli kreditlar berish;

  • Maktab  yoshidagi   bolalarni  har  tomonlama  himoya  qilish, boshlang'ich  sinf  o'quvchilarini   bepul  o'quv qurollari bilan  ta'minlash, etim bolalar  va  bolalar   uyida tarbiyalanuvchilarni  bepul  kiyim-kechak, ovqat  va boshqa   zaruriy  narslar  bilan ta'minlash;

  • Mehnatga  layoqatli  aholini  ish o'rinlari  bilan  ta'minlash, mehnat resurslarining yil  sayin oshishiga  muvofiq  qo'shimcha  ish o'rinlarini  yaratish. Bu masalani echimini   topish uchun  kichik   korxonalarni, qishloq  xo'jaligi  mahsulotlarini, mevalarni  qayta ishlaydigan mini zavodlarni  qurish ularni  texnalogik liniyalarini olib kelish  va ishga  tushishi  hamda  xususiy  va  oilaviy tadbirkorlikni, milliy xunarmandchilikni rivojlantirishga   keng  imkoniyatlar  yaratish;

  • Davlat byudjeti mablag'larini  oshirish va  nodavlat fondlaridan, korxona, jamoa  tashkilotlari,   homiylar, ya'ni  bolalar  muassasalari,  maktab, sog'liqni  saqlash  ob'ektlari, madaniyat va bolalar  dam olish  maskanlarini  qurishda  homiylardan  foydalanish;

  • Aholining yakka  tartibda  ijtimoiy  himoyalashni tashkil  etishda  asosiy  markaz  va  bo'g'in  hisoblangan  mahalla  ahamiyatinin  kuchaytirish.

Aholini  ijtimoiy  himoya  qilishda milliy  urf  odatlarimiz, milliy qadiryatlarimiz, an'analarimizdan  foydalanish  ham  ijtimoiy  muhofazaning  eng  samarali  va  beminnat  vositasi  hisoblanadi. Sarmoyador aholi  qatlamini  qariyalarimizga, nogironlarga, etim va  boquvchisini  yo'qotganlarga,  kam ta'minlangan oilalarga  moddiy yordamlar  ko'rsatishi  mehr-muruvvat  ko'rsatishi  juda yahshi  an'analarimiz hisoblanadi.

Iqtisodiy  islohatlarni  hozirgi bosqichi  ijtimoiy hayotning  barcha  tomonlarini  erkinlashtirishning  keng  dasturini  amalaga oshirish  iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni boshqarish tizimini kuchaytirish bilan tavsiflanadi.

Ijtimoiy hayotni erkinlashtirishi aholini ijtimoiy muhofazalashni kuchaytirishni nazarda tutadi:

— Himoya asosiy prinsiplarining umumiyligi davrida aholining turli ijtimoiy-demografik qatlamlari va guruhlariga tabaqalashgan holda yondashishini kuchaytirish;

— Mamlakat, hudud, mehnat jamoasining barcha qatlamlarida ular har birining huquq, majburiyatlari va vazifalarini, shuningdek mablag' bilan ta'minlash manbalarini aniqlangan holda ijtimoiy kafolatlashni yagona tizimiga birlashgan;

— Aholi turmush daromatini oshirish, uning hayotiy ehtiyojlarini qondirishda shaxsiy daromadlarni etarlicha o'sishi;

— Aholini ijtimoiy muhofazalash va qo'llab-quvvatlash resurs bazasining kafolatlanganligi;

— Ijtimoiy kafolat tizimining elostikligi (egiluvchanligi);

— Ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlar tizimini samaradorligi;

— Ijtimoiy himoyalashda jamoat tashkilotlari va homiy fondlarining ishtiroki;

— Ijtimoiy himoyaga yo'naltirilgan mablag'lardan foydalanuvchi asosiy bo'g'in bo'lgan oila rolini oshirish;

— Ijtimoiy himoyaning yakka tartib turini kuchaytirish;

Hozirgi kunda aholining barcha muhtoj qatlamini davlatimiz tomonidan ijtimoiy himoya tadbirlari bilan qamrab olingan.

Xulosa qilib shuni e'tirof etish mumkinki, aholini ijtimoiy himoyalash tizimini muntazam ravishda takomillashtirish ijtimoiy-demografik va iqtisodiy jarayonlarni inobatga olish inson haqida qayg'urishning muhim shartidir.



O'zbekistonda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlarini quyidagi chizmada ko'rishimiz mumkin:



-chizma. O'zbekistonda ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yo'nalishlari4

2. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiyalarning o'rni va roli

Investitsiyalarni jalb qilish barcha davlatlar uchun muhim vazifa bo'lib hisoblanadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tashkil etish, rivojlanishning strategik dasturlarini amalga oshirish, yangi bozorlarni egallash qo'shimcha mablag' qo'yilmalari talab etadi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jixozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun investitsiyalarni jalb qilish xal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu avvalambor aholi bandligi va daromadlarini oshirish kabi muhim ijtimoiy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. Shu boisdan ham xorijiy investitsiyalarni faol jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag'batlantirish va zarur sharoitlarni yaratib berish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, etakchi tarmoqlarda chet el investorlari ishtirokini kengaytirlmay turib iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiya qilish, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jixozlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish mumkin emas. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi iqtisodiy imkoniyatlarning kengayishini jadallashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyat va zaxiralarni ishga solish, yangi texnika va texnologiyalarni o'zlashtirish orqali baqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun xizmat qiladi.

Hozirgi vaqtda iqtisodiyotni jadal rivojlantirish keng miqyosdagi investitsiyalarni talab etadi. Investitsiyalar xar qanday iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi va uning taraqqiyotini ta'minlovchi omil bo'lib, barcha imkoniyatlardan oqilona foydalanib milliy iqtisodiyotga jalb etiladigan investitsiyalar hajmini oshirish talab etiladi.

“Investitsiyalar” iborasi O'zbekistonda bozor islohotlari yillarida keng qo'llanila boshlandi.

O'zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to'g'risida”gi Qonunida investitsiyalarga quyidagi ta'rif berilgan: “Investitsiyalar - iqtisodiy va boshqa faoliyat ob'ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne'matlar hamda ularga doir huquqlar”dir5.

O'z mamlakatida kapital qo'yilmalari faqatgina daromad olish maqsadida emas, balki jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun ham kiritiladi.

“Investitsiyalar” va “kapital qo'yilmalari” ma'nosi bo'yicha bir-biriga yaqin so'zlar bo'lib, ba'zi mualliflar ularni sinonimlar deb hsoblaydilar .

Investitsiya faoliyati – bu daromad olish va foydali samaraga erishish maqsadida maqlag'larni qo'yish (investitsiyalash) va amaliy haddi-harakatni amalga oshirishdir.

O'zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to'g'risida”gi Qonunida ta'kidlanishicha “Investitsiya faoliyati – investitsiya faoliyati sub'ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog'liq harakatlar majmui”dir6.

Investitsiya faoliyatiga investitsiyalash – qurilish jarayonlari kiradi. Ularsiz asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishni (yangi qurilish, texnik qayta jixozlash, korxonalarni kengaytirish, quvvatlarni oshirish) tasavvur qilib bo'lmaydi.

Investitsiyalarning quyidagi turlari mavjud:

  • Davlat byudjeti, davlat moliyaviy mablag'lari hisobiga tashkil topadigan davlat investitsiyalari;

  • Chet el investitsiyalari, boshqa davlatlar chet el banklari, kompaniyalari, tadbirkorlari tomonidan yo'naltiriladigan xorijiy investitsiyalar;

  • Xususiy, korporativ korxonalar va tashkilotlar, fuqarolarinng o'z mablag'lari va boshqa manbalar hisobiga tashkil topadigan xususiy investitsiyalar.

Investitsiya faoliyati turli manbalar hisobiga moliyalashtiriladi va ularning amaldagi tarkibi turli iqtisodiy jarayonlarga bog'liqdir. Bugungi kunda respublikamizda investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning muhim manbalari bo'lib byudjet mablag'lari, korxonalar mablag'lari, aholining bo'sh pul mablag'lari, banklarning kreditlari, chet el yuridik va jismoniy shaxslarining mablag'lari himoblanadi. Hozirgi davrda investitsiyalarni moliyalashtirishning xususiy va nobyudjet manbalariga alohida e'tibor berilmoqda.

Mamlakatimizda investorlar uchun ko'p jixatdan beqiyos, o'ta qulay investitsion muhit, imtiyoz va proferentsiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar hijmi yildan yilga ortib bormoqda.

O'zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to'g'risida”gi Qonunida investitsiyalar mo'ljallangan ob'ektiga ko'ra kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga bo'lingan. Kapital investitsiyalar jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakillarini rivojlantirishga qo'shiladigan investitsiyalar, innovatsiya investitsiyalari jumlasiga texnik va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqarish va o'zlashtirishga qo'shiladigan investitsiyalar, ijtimoiy investitsiyalar jimlasiga esa inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne'matlarning boshqa shakillarini rivojlantirishga qo'shiladigan investitsiyalar kiritilgan7.

Investitsilardan foydalanish yo'nalishlarini quyidagicha ifodalash mumkin
Инвестициялар


Ишлаб чиқаришни ташкил этиш, кенгайтириш ва модерниязациялаш.

Ишлаб чиқариш инфратузилмасини ташкил қилиш ва ривожлантириш.

Ижтимоий соҳани шакиллантириш ва ривожлантириш.

Товарлар ва хом ашёлар захираларини ташкил қилиш.

Ижтимоий инфратузилмани ташкил қилиш ва ривожлантириш

Бозор инфратузилмасини ташкил қилиш ва ривожлантириш

Кадрлар таёрлаш, қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш.

Фанни ривожлантириш, илмий-тадқиқот ишларини о либ бориш.



1.-rasm. Investitsiyalardan foydalanish yo'nalishlari.8

Ma'lumki, investitsiyalar faoliyatining kim tomonidan amalga oshirilishi nuqtai nazaridan ichki va tashqi investitsiyalarga bo'linadi.

Ichki investitsiyalar – mazkur mamlakat hududida investitsiya faoliyatini yuritayotgan xo'jalik sub'ektlari, ya'ni investorlar tomonidan iqtisodiyotga yo'naltiriladigan investitsiyalardir.

Tashqi investitsiyalarga O'zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to'g'risida”gi qonunida quyidagicha ta'rif berilgan: “Chet el investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun xujjatlarida ta'qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob'ektlariga qo'shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shuningdek, chet el investorlaridan olingan har qanday daromad O'zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari, deb e'tirof etiladi”9. Chet ellik investorlar xorijiy davlatlarning yuridik shaxslari, fuqarolari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bo'lishi mumkin.

Tashqi yoki xorijiy investitsiyalar – chet el mukdorlarining mutloq boshqa mamlakat iqtisodiyotining qonun tomonidan ta'qiqlanmagan turli sohalariga yuqori darajada daromad olish, foydali samarga erishish maqsadida muayyan muddatga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy va intelektual boyliklardir.

Xorijiy va ichki investitsiyalarning bir-biridan farqi, ularning manbalari va kapital egalari jihatidan xududiy joylashishi hamda olingan natijaga egalik qilish munosabatlarida o'z aksini topadi.

Yo'nalish ob'ektiga ko'ra investitsiyalar moliyaviy va real investitsiyalarga bo'linadi.

Moliyaviy investitsiyalar – bu muomalaga chiqarilgan qimmatli qog'ozlarga, shuningdek bank depozitlariga ma'lum muddatga jalb qilingan qo'yilmalar, boshqacha aytganda aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarga qo'yiladigan investitsiyalardir.

Real investitsiyalar – bu moliyaviy, mulkiy intelektual va boshqa boyliklarni to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqarishga safarbar etilishidir. Investitsiya davri investitsiya resurslarini shakillantirish va ishlatish jarayonlarini o'z ichiga oluvchi bir qator bosqichlardan iborat. Real investitsiya resurslarini shakillantirish va ulardan foydalanish o'z ichiga tayyorlash va asoslash, qurilish – montaj ishlari va o'zlashtirish jarayonlarni oladi.


Инвестициялаш босқичлари




Тайёрлаш ва асослаш босқичи

Қурилиш ва монтаж ишлари босқичи

Ўзлаштириш жараёнлари босқичи




Илмий-тадқиқот тажриба конструкторлик ва изланишлар олиб бориш

Лойиҳа-тадқиқот ишларини ташкил этиш.

Қурилишга инженерлик тайёрларлик ишларини амалга ошириш.

Объект қурилиши жараёни.

Ишга тушириш-налодка ишларини амалга ошириш.

Жихозлардан фойдаланиш.

Технологик жараёнларни ишлаб чиқаришга тадбиқ этиш ва ўзлаштириш.

Лойиҳанинг тўлиқ даражасига чиқиш.


2-rasm . Investitsiyalashning asosiy bosqichlari10

Mamlakatning investiitsya muhitini shakillantiradigan omillar quyidagi keltirilgan.

Mamlakatdagi iqtisodiy ahvolni ta'riflaydigan asosiy ko'rsatkichlar (YaIM, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning o'sishi sur'atlari, tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanish darajasi va hokazolar) ayni vaqtda etarlicha barqaror dinamikaga ega va qulay investitsiya muhitini shakillantirishda salmoqli kafolat hisoblanadi.

1.-jadval

Mamlakat investitsiya muhitining shakillanishiga ta'sir etuvchi omillar11

Omillar

Mazuni

Iqtisodiy holat

Mamlakat to'lov balansining holati, valyuta pul tizimi barqarorligi, tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanganligi, ichki bozor sig'imining kattaligi, inflyatsiya darajasi, YaIM, sanoat va qurilish xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o'sish sur'atlari.

Huquqiy baza

Yangi sharoitlarga mos keldigan, mamlakat va uning alohida tarmoqlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining boshqaradigan farmonlar, qarorlar, nizomlar, yo'riqnomalarning mavjudligi.

Tabiiy xom ashyo resurslari

Mineral, xom ashyo, yoqilg'i energetika va suv resurslari zaxiralari, qishloq xo'jaligi xomashyosi ishlab chiqarish hajmlari.

Mehnat resurslari va bandlik

Iqtisodiy faol aholi soni, band aholi ulushi, ishsishlik darajasi xizmatchilar daromadi darajasi, kadrlarning malaka darajasi.

Ishlab chiqarishning texnik bazasi

Asosi ishlab chiqarish fondlarining, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, uskunalarning foydalanish muddati tarkibi, asosiy fondlarning eskirishi darajasi

Ilmiy-texnika salohiyati

Iqtisodiy riovjlanishga qaratilgan investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar xajmlari. Investitsiya tavakkalchilik darajasi. Ishlab chiqarishning texnik jixozlanishi, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish va ITTKI sohasining rivojlanishi holati, mahsulotning fan sig'imkorligi katta va yuqori texnologik turlarini ishlab chiqarish.

Moliya-kredit tizimi

Soliq va kredit siyosat, iqtisoditning real sektori korxonalarning foydalilik va rentabellik darajasi. Nrx siyosati va narxni shakillantirish siyosati

Infratuzilma

Bank tizimi rivojlanish holati, transport, kommunikatsiya xizmatlari va mexmonxona xo'jaligi sohalari, tovar va fond birjalari, marketing, konsalting, ayditorlik xizmatlari, sug'urta sohasi tarmog'ining ishonchliligi.

Ekologik vaziyat

Atrof-muhitning ifloslanishi darajasi, radiatsion fon, zararli chiqindilar.

Investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakat ichki bozor sig'imining kattaligi xorijiy investorlar uchun muhim omil hisoblanadi. Tahlillar ko'rsatishicha, O'zbekistonning ichki bozor iste'mol tovarlar bilan hali to'liq to'yintirilmagan, shu bois aholi yalpi talabining sezilarli qismi import hisobiga qondiriladi.

Kapitalni tashqaridan jalb qilishga yordam beradigan omil xorijiy tadbirkorlar investitsiyalash uchun qulay muhitni shakillantirishga ko'maklashadigan rag'batlar tizimini taklif qilishdir. Respublika qonunchiligi tomonidan mustaqil yillarida qabul qilingan imtiyozlar va rag'batlar etarli miqdorda bo'lib, investorlar faoliyatining hamma jixatlarini qamrab olgan.

O'zbekiston yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradigan etarlicha rivojlangan sanoat va ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega. Respublikada ko'p tarmoqli sanoat salohiyati mavjudligi tufayli avtomobillar, samaliyotlar, transformatorlar va akkumlyatorlar, turli elektrotexnika buyumlari, elektronika, liftlar, gidronasoslar, traktorlar, paxta terish kombaynlarining yangi modefikatsiyalari kabi ilmiy taraqqiyotga asoslangan mahsulot turlarini ishlab chiqarish tashkil qilishga erishildi.

Respublikaning xorijiy investorlar uchun yuqori jozibadorligining yana bir muhim omili boy resurs bazasining mavjudligidir.

Respublikamizda olib borilayotgan investitsiya siyosatining asosiy maqsadi xo'jalik sub'ektlarining manfaatdorligini oshirish, moliyalashtirish manbalari tuzilmasini takomillashtirish va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda qo'shma korxonalar tashkil asosida mamlakatimiz investitsiya salohiyatini oshirishdan iborat. Bu siyosat birinchi navbatda, investitsiyalash jarayonlarini davlat tomnidan tartibga solish va qo'llab-quvvatlashning samarali tizimini shakillantirish orqali barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashga xizmat qilmoqda. Amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati milliy va xorijiy investorlarning xo'jalik faoliyatini yuritishlari uchun qulay sharoitlar yaratmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalar va aholining investitsiya faolligini oshirish, respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Islohotlarning dastlabki bosqichida mamlakatimiz iqtisodiyotida chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishga yo'naltirilgan Davlat investitsiya dasturlari ishlab chiqilda va ushbu dasturlarga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi respublikamizda iqtisodiy o'sish sur'atlarini barqarorlashtirish imkonini beradi.

O'zbekiston Respublikasida qulay investitsiya muhitini yaratilgani bois qisqa muddatda yirik xorijiy investorlar bilan keng ko'lamli investitsiyalar bo'yicha shartnomalar imzolangan. Ushbu shartnomalar asosida avtomobilsozlik, neft-kimyo, elektronika tarmoqlari vujudga keldi. Temir yo'l vagonlari ishlab chiqariladigan va vertalyotlarni t'mirlaydigan, texnik oyna, ip-gazlama, turli xil tikuvchilik buyumlari va boshqa tur mahsulotlar tayyorlaydigan korxonalar barpo etildi.

Investitsiya muhitini shakillantirishda infratuzilma bo'g'inlarini rivojlanganlik darajasi, ya'ni xorijiy kapitalning oqib kelishiga xizmat qiluvchi, qo'llab-quvvatlaovchi tashkilotlarning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Modernizatsiyalshning birinchi bosqichida institutsional islohotlar amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning tartib qoidalari kelishiladi va o'zgaradi. Ikkinchi bosqichda iqtisodiy siyosatning iqtisodiy jarayonlarga ta'sir etishning muhim dastaklari tanlanadi va amaliyotga joriy etiladi. Ushbu dastaklar instituttsional o'zgarishlarning asosini tashkil etadi va milliy iqtisodiyotning xaoqaro raqobat, jahon inqirozi singari tashqi omillar ta'siriga moslashishiga xizmat qiladi. Uchinchi bosqichda ijtimoiy siyosat amlaga oshiriladi. Ushbu bosqichda aholining alohida guruhlari manfaatlarini himoya qilish va ularni modernizatsiya jarayonlariga jalb etish uchun tegishli shart sharoitlar yaratiladi.

3. Ijtimoiy soxani rivojlantirishga jalb kilingan investitsiyalarning amaldagi xolati taxlili.

2016 yilning birinchi yarim yilligida Davlat byudjetining daromadlari 17054,8 milliard so‘mni, xarajatlari esa 16934,9 milliard so‘mni tashkil etib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan ijro etilgan.

Ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash, jumladan, aholining turmush darajasini oshirish va ijtimoiy himoyasini ta’minlash tadbirlarini moliyalashtirishga 1,0 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. Bu mablag‘ asosan 14 yoshgacha bolasi bor oilalar, bolasi 2 yoshga to‘lgunga qadar ishlamaydigan onalarga nafaqa, kam daromadli oilalarga moddiy yordam, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa hamda alohida toifadagi fuqarolarga uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar o‘rniga kompensatsiya to‘lovlari uchun sarflangan.

Davlat byudjetining 2016 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi ko‘rib chiqilib, ijtimoiy sohani moliyalashtirish bilan bog‘liq ma’lumotlar batafsil taqdim etildi.

Qayd etilishicha, 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini tizimli ravishda amalga oshirish uchun makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar qabul qilingan va ularning ijrosi ta’minlanmoqda.

Natijada joriy yilning yarim yillik yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 8,1 foizni tashkil etgan. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,1, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 6,5, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish 13,5, chakana savdo 14,8 hamda xizmat ko‘rsatish sohasi 13,1 foizga o‘sgan.

Iqtisodiyotda 1,5 milliard dollarlik investitsion loyihalarni o‘zlashtirish hamda 1866 yangi korxonani ishga tushirish hisobiga eksport hajmi oshib bormoqda. Xususan, joriy yilning birinchi yarmida mamlakatimizda eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,4 foizga ortgan.

Bolalikdan nogironlar uchun beriladigan nafaqalarga Davlat byudjetidan qariyb 298 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Ijtimoiy ko‘makka muhtoj qariyalar va nogironlarning ijtimoiy ta’minoti bilan bog‘liq xarajatlarga 64 milliard so‘m mablag‘ sarflangan.

Mahalliy byudjetlar daromadlari, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda Respublika Yo‘l jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish, ularni samarali sarf etish bilan bog‘liq masalalar ham atroflicha muhokama qilindi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida mahalliy byudjetlar daromadlari 7,5 trillion so‘mni, xarajatlari esa 9 trillion so‘mni tashkil etgan. Pensiya jamg‘armasi daromadlari 5,9 trillion so‘mdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, jamg‘arma tomonidan qariyb 6,3 trillion so‘m mablag‘ xarajat qilingan. Hisobot davrida 3 million nafardan ortiq fuqaroga pensiya va nafaqa to‘lovlari o‘z vaqtida moliyalashtirilgan.

Davlat moliyaviy nazorat tadbirlari natijasida ayrim byudjet tashkilotlarida 63,7 milliard so‘m miqdorida moliyaviy xatoliklar aniqlangan. Ushbu mablag‘ning ma’lum qismi belgilangan tartibda byudjetga qaytarilgan. Ta’kidlanishicha, moliyaviy xatoliklar asosan Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazlari tizimida aniqlangan.

Atroflicha tahlil hamda savol-javoblardan keyin Davlat byudjeti ijrosi yuzasidan fikr-mulohazalari va takliflarini bildirishdi:

—Davlat byudjeti ijrosida ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, aholining daromadlari va turmush darajasini muttasil oshirib borish masalalari doimiy e’tiborda bo‘layotganini qayd etadi. Jumladan, aholi bandligini ta’minlash ishlari izchil va tizimli asosda davom ettirilayotganini muhim, deb biladi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2016 yilning birinchi yarmida ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi asosida 441,8 ming nafardan ortiq fuqaro bandligi ta’minlangan. Yaratilgan ish o‘rinlarining 274,9 mingtasi, ya’ni 62,2 foizi qishloq joylariga to‘g‘ri keladi.

Bu boradagi islohotlar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsadlariga hamohang bo‘lib, partiyamiz elektorati manfaatlarini himoya qilish, Saylovoldi dasturimizda belgilangan vazifalar ro‘yobga chiqishida muhim o‘rin tutadi.

Aytish kerakki, aholi salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish masalalari O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturida belgilangan vazifalarga mos keladi. Shuning uchun fraksiyamiz tibbiyot sohasini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

— Davlat byudjeti ijrosida sog‘liqni saqlash sohasini o‘z vaqtida va samarali moliyalashtirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Hisobot davrida sog‘liqni saqlash sohasiga jami 2,3 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. Agar taqqoslasak, sog‘liqni saqlashga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar hajmi yildan-yilga oshayotganiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,3 foizga ko‘pdir.

Aytish kerakki, aholi salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish masalalari O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturida belgilangan vazifalarga mos keladi. Shuning uchun fraksiyamiz tibbiyot sohasini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

— Hammamizga ma’lum, Davlat byudjet daromadlarining to‘liq shakllanishi, xarajatlar to‘g‘ri yo‘naltirilishi aholining turmush farovonligi ortishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bois byudjet ijrosiga mas’uliyat bilan yondashish har birimizning muhim vazifamizdir.

Davlat byudjeti ijrosiga oid hisobotda bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larining sarfi to‘g‘risida, maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari haqida, shuningdek, nogiron, imkoniyati cheklangan fuqarolarning ta’lim olishi, zarur maxsus adabiyot va qo‘llanmalar, jihozlar bilan ta’minlanishi bo‘yicha alohida ma’lumotlar aks ettirish kerak, deb hisoblaydi.

Shuningdek, biz kam ta’minlangan oilalarga berilayotgan ijtimoiy nafaqalarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi bo‘yicha nazoratni kuchaytirish, buning natijasini o‘tgan yillar yakunlariga nisbatan taqqoslash va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash taklifini ham bildiramiz.

Mazkur takliflarning amalga oshishi partiyamiz dasturiy maqsadlari ro‘yobga chiqishida, elektoratimiz manfaatlari samarali himoya qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi, deb o‘ylaymiz...

 Vazirlar Mahkamasida O‘zbekistonining 2018-yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozlari, soliq va budjet siyosati konsepsiyasi hamda davlat budjeti loyihasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi.

2018-yili ham o‘tgan yillardagi kabi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari ustuvorligi saqlab qolinadi. Xususan, ijtimoiy sohani moliyalashtirish uchun 34,7 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.

Davlat budjeti parametrlarida qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish uchun 8,5 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish taklif etilmoqda.

Xususan:


2017—2021-yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish dasturi doirasida 14 ta maktabgacha ta’lim muassasasi obyektini qurish, 256 ta obyektni rekonstruksiya qilish, 157 ta obyektni mukammal ta’mirlash va jihozlash uchun 815 milliard so‘m (shundan 193 milliard so‘mi xalqaro moliya institutlari mablag‘lari) yo‘naltirish, bu 2017-yildagiga nisbatan qariyb 3 baravar ko‘p;

48 ta oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga 559,1 milliard so‘m ajratish ko‘zda tutilgan, bu 2017-yildagiga nisbatan 1,5 baravar ko‘p;

O‘zbekiston Prezidentining hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlari va davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarga asosan 296 ta tibbiyot muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlariga 753,6 milliard so‘m yo‘naltiriladi;

Tibbiyot muassasalarini, eng avvalo, oilaviy poliklinikalar, shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalarini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni oshirishga 915,4 milliard so‘m yoki 2017-yil parametrlarida ko‘zda tutilganiga nisbatan 2,5 baravar ko‘p mablag‘ sarflanadi;

Tibbiyot muassasalarini, birinchi navbatda, qishloq vrachlik punktlari va poliklinikalarni zarur skrining tashxis va davolash uskunalari bilan qo‘shimcha jihozlash uchun 50 milliard so‘m ajratish ko‘zda tutilmoqda.

Uy-joy – kommunal xizmatlar ko‘rsatish ishlariga xarajatlar 228,6 milliard so‘mni tashkil etadi, shu jumladan, ko‘p qavatli turar joylarga tutash hududlarni obodonlashtirishga 47,2 milliard so‘m, ko‘p qavatli turar joylar fondining lift uskunalarini ta’mirlash va almashtirishga 22,4 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Yangi tashkil etilgan “Toza hudud” davlat unitar korxonalari orqali 2017—2021-yillarda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, saqlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish dasturi ijrosi uchun kelgusi yilda 163,2 milliard so‘m ajratiladi.

“Toza ichimlik suvi” jamg‘armasi hisobidan ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturining bajarilishiga 584,7 milliard so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, transport-kommunikatsiya loyihalariga 469,2 milliard so‘m va respublika hududlarida ijtimoiy infratuzilma obyektlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga 568,6 milliard so‘m yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.

Davlat budjetini birinchi marotaba yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,02 foiz miqdorida profitsit bilan tasdiqlash taklif etilmoqda.

Muhokamalar yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, soliq va budjet siyosati konsepsiyasi hamda davlat budjeti loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

2018 yilgi Davlat byudjeti parametrlarida qabul qilingan Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun 8,5 trillion so'mdan ortiq mablag' yo'naltirish taklif etilmoqda, xususan:

2017-2021 yillarda Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish dasturi doirasida 14 ta maktabgacha ta'lim muassasasi ob'ektini qurish, 256 ta ob'ektni rekonstruktsiya qilish, 157 ta ob'ektni mukammal ta'mirlash va jihozlash uchun 815 milliard so'm mablag' (shundan 193 milliard so'mi – xalqaro moliya institutlari mablag'lari) yo'naltirish, bu – 2017 yildagiga nisbatan qariyb 3 baravar ko'pdir;

48 ta oliy ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga 559,1 milliard so'm ajratish ko'zda tutilgan, bu 2017 yildagiga nisbatan 1,5 baravar ko'pdir;

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlari va Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarga asosan 296 ta tibbiyot muassasasini qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal ta'mirlash ishlariga – 753,6 milliard so'm yo'naltiriladi;

- tibbiyot muassasalarini, eng avvalo, oilaviy poliklinikalarni, shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalarini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlashni oshirishga 915,4 milliard so'm yoki 2017 yil parametrlarida ko'zda tutilganiga nisbatan 2,5 baravar ko'p mablag' sarflanadi;

- tibbiyot muassasalarini, birinchi navbatda, qishloq vrachlik punktlarini va poliklinikalarni zarur skrining tashxis va davolash uskunalari bilan qo'shimcha jihozlash uchun – 50 milliard so'm ajratish ko'zda tutilmoqda.


Download 114.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling