Ijtimoiy tarmoqning xavotirli jihati


Download 13.43 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi13.43 Kb.
#1161614
  1   2   3
Bog'liq
Social Media cevirma


Ijtimoiy tarmoqning xavotirli jihati
(Talk Islam-Kemal Saleh)


Ijtimoiy tarmoqlar bizni oldingidan ham zaif, soxta va zaharli qilib boryabdi. Uning o’zligimizga ta’siri juda ayanchli va biz bu haqida gaplashmog’imiz juda muhim.
.……………………………………..
Boshladik.
Har ne’mat kunimizda biz yuzlab, minglab profillarga duch kelamiz. Biz ularnining yashash tarzi, mashg’ulotlari, qanday rusumdagi kiyim kiyishlari, qiladigan hazillari, hatto ularning fikri-yu, e’tiqodi yoki axloqiy pozitsiyasini ko’z uzmay kuzatamiz.

Bu 4 yarim milliard insonga ega bo’lgan onlayn dengizda biz hammamiz qabul qilinishni xohlaymiz va bir biriga qilinadigan like va tasdiqlar og’ushidamiz. Bu esa o’zligimizga o’zining davomli ta’sirini o’tkazib kelyabdi.


Xo’sh, qanday qilib?


Bularning hammasi ijtimoiy tarmoqlarning qanday rejimda ishlashi bilan kechadi. Guvohi bo’lasizki, internetda muvaffaqiyatli bir shaxs yoki profil egasi bo’lishi uchun, siz ko’plab layklar, uzatilishlar-u, bandlikka daxldor bir kishi bo’lishingiz kerak bo’ladi. Bu umuman olganda, onlayn auditoriyadagi do’stlar va folloverlarga yoqqan mashhur narsalar orqali ularga dalda berish yoki internet tizimi algoritmi xohlagan narsani tasdiqlash orqali erishiladi. Masalan, Agar X ommabop bo’lsa, siz X ni qo’llashingiz kerak. “Ayollar huquqlari juda muhim” Aslida ham shunday. Bu bir misol xolos. Shunday qilish orqali siz auditoriya tomonidan layk, uzatishlar va izohlar bilan taqdirlanasiz. Bu payt esa algoritm miyyangizda dopamin garmonining oshishiga sabab bo’luvchi va sizni bu jarayonni yana va yana davom ettirishingiz uchun biologik qo’llab quvvatlovchi yangiliklar jamlanmasi, boshqalarning reja-ishlari tomon yetaklaydi va sizni bandligingizni yanada uzaytiradi.
Ayollar huquqi juda muhim”, “Ular menga juda juda ahamiyatli”. Tushundingiz, menimcha. ……… Endi bu aylanma harakat jamoadoshlariga va algoritm ga xush keladigan va ular orasida mashhur bo’lgan kontentlar yaratiladigan juda ko’p bog’inli onlayn xonalarni yaratadi. Albatta, OnePath Network( von pas netvork) va boshqalar kabi yaxshi sifatga ega bo’lgan kontentlar yaratishning yomon joyi yo’q. Lekin muammo aynan, aslida o’ta zararli bo’lgan kontentlarni yaratish boshlangandan so’ng paydo bo’ladi. Ya’ni, algoritmga, siz ulashayotgan narsa foydalimi yo’qmi, u odamlarga ruhiy va axloqiy ozuqa bera oladimi yo’qmi farq qilmaydi. Uning hatto nutq paytida qaysi tarafda ekanligingiz bilan ham ishi yo’q.
O’ng tarafdamisiz yoki so’l, farq qilmaydi. Algoritm e’tibor beradigan yagona jihat bu siz post qilgan narsa qanchalik odamlarni jalb qilishi va ekranlarga yopishritib qo’yishidir. Bu esa muammoning tub-tubidir.
Mashhurlikka asoslangan, muvafaqqiyatli onlayn shaxsiyatni qo’llovchi bu formula ortiq shaxsning asl qadr qimmati uchun ko’zgu hisoblanmaydi. Siz masalan, hatto boshqa mashhur profil egalari qilgani kabi yosh qizlarni xavotir va depressiyaga boshlaydigan kontentlar yaratishingiz va bu bilan onlayn shaxsiyatni qo’llab quvvatlashingiz mumkin. Siz hatto firibgarlik bilan shug’ullanishingiz yoki axloqiy ozuqaga ega bo’lmagan qandaydir shiorlarni targ’ib qilishingizga qaramasdan , internet yulduziga aylanishingiz mumkin. Katta auditoriyani jalb qilish va algoritmga xush kelish orqali.

Download 13.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling