Ikkinchi kosmik tezlik


Download 21.21 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi21.21 Kb.
#1360587
Bog'liq
Ikkinchi kosmik tezlik


Ikkinchi kosmik tezlik
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ikkinchi kosmik tezlik (parabolik tezlik, qochish tezligi) — osmon jismining gravitatsion tortishishini yengish uchun yetarli eng kichik tezlik.
Ikkinchi kosmik tezlik osmon jismining radiusi va massasi bilan aniqlanib, har xil jismlar uchun turli bo`ladi. Yer uchun, masalan, ikkinchi kosmi tezlik taxminan 11,2 km/s ga teng.
Kuch (mexaniqada) — berilgan jismga boshqa jismlar tomonidan koʻrsatilayotgan mexaniq taʼsirning miqdori va yoʻnalishini ifodalovchi kattalik. Jismga koʻrsatiladigan taʼ-sir 2 xil hodisani — jismning tezligini oʻzgartirishi yoki uning defor-matsiyalanishini vujudga keltirishi mumkin. Ikkala hodisada yuzaga kelgan tezlanish yoki deformatsiya miqdorini oʻlchash orqali taʼsir etayotgan kuchni aniqlash mumkin. Kuchning dinamik va statik oʻlchash usullari mavjud. Nyu-tonning ikkinchi qonuniga muvofiq, jismga taʼsir etayotgan kuch Gʻ jism massasi t bilan uning tezlanishi a koʻpaytmasiga teng: Gʻ = ta. Guk qonuniga asosan, elastik deformatsiyalarda, mas, prujiva yoki sterjenning chuzilishi (siqilishi)da vujudga ke-luvchi deformatsiyalanish kattaligi x taʼsir etayotgan kuchga proporsional:Gʻ = — Kx, bunda K — prujiva yokisterjen bikrligi. Ikki jismning bir-biriga koʻrsatayotgan har qanday taʼsiri oʻzaro taʼsir harakatiga ega boʻlpb, ularning bir-birlariga taʼsir kuchlari doimo kattaligi jihatdan teng va yoʻnalishi jihatdan qarama-qarshi-dir. Kuch birligi qilib, massasi 1 kg boʻlgan jismga 1m/s2 tezlanish beradigan kuch qabul qilingan va I. Nyuton sharafiga nyuton deb atalagan. N bilan belgilanadi: 1N = 1 kg m/s2. [1]
Kuchlar jismni tortish yoki itarish, deb tasvirlanishi mumkin. Ular gravitatsiya, magnetizm yoki massani tezlatuvchi boshqa har qanday hodisa tufayli boʻlishi mumkin.
Fizikada kuch fizik jism harakati, yoʻnalishi yoki geometrik tuzilishini oʻzgartiruvchi har qanday taʼsirdir. Boshqacha aytganda, kuch massali jism tezligini oʻzgartiradi (tezlatadi yo sekinlatadi), yoki egiluvchan jismni deformatsiyalaydi. Kuchni tortish yoki itarish kabi intuitiv konseptlar orqali ifodalash mumkin. Kuch vektor kattalikdir, u ham son qiymatga, ham yoʻnalishga ega. Newton ikkinchi qonuniF = ma, aslida sal boshqacha ifodalangan edi: jismga taʼsir etuvchi sof kuch uning impulsi oʻzgarishiga ketadigan vaqt hosilasiga tengdir.[2]
Fizikada tezlik (, ingl. velocity yoki frans. vitesse) vektor kattalik boʻlib, fazoda nuqtaning berilgan sanoq tizimiga nisbatan harakatlanish surʼati va yoʻnalishini ifodalaydi. Kundalik hayotda tezlik atamasi ostida ushbu kattalikning skalar qiymati tushuniladi. Masalan, „soatiga 60 chaqirim“ — skalar, „sharq tomonga soatiga 60 chaqirim“ — vektordir.
Tezlik (mexanikada) — moddiy nuqta harakatining asosiy kinematik kursatkichlaridan biri; vektor kattalik boʻlib, v q Qfr munosabat orqali aniklanadi, bunda f* moddiy nuqtaning fazodagi oʻrnini ifodalovchi radius vektor. T. vektorning yoʻnalishi harakat trayektoriyasiga utkazilgan urinma boʻyicha yoʻnalgan boʻladi. Tekis harakat tezligi moddiy nuqtaning vakt birligi t da oʻtgan yoʻli s bilan oʻlchanadi, yaʼni v q |. Notekis harakat uchun berilgan on (moment)dagi T. kattalik jihatdan, agar nuqta shu ondagi tezlikni bundan keyin ham saqlab qolgan boʻlsa, nuqtaning vaqt birligida oʻtadigan yoʻliga teng boʻladi, deb qarash mumkin.
Xalqaro birliklar tizimi SI va T. birligi kilib 1 m/s qabul kilingan.

Vaqt oraligʻida koʻchish bajargan jismning oʻrtacha tezligi v quyidagi formula bilan hisoblanadi:


xatolik bunday hisoblanadi
Vaqt (s) oʻtishi bilan tezlik (m/s) oʻzgarishi tezlanishdir (m/s²).
Download 21.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling