Ilmiy izlanuvchining metodologik madaniyati Reja


Download 17.92 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi17.92 Kb.
#1414718
Bog'liq
Ilmiy izlanuvchining metodologik madaniyati Reja


Ilmiy izlanuvchining metodologik madaniyati
Reja:
1.Metodologik savodxonlik.
2.Metodologik madaniyat.
3.Metodologik madaniyatni shakllantirish
Tayanch tushunchalar: madaniyat, metodologik madaniyat, daraja, nolevoy daraja, beqaror-empirik daraja, tadqiqotchilik, evristik.
Metodologik madaniyat - bu metodologik bilimlarga asoslangan ilmiy fikrlash madaniyatidir, uning o‘zagi esa metodologik refleksiyani tashkil etadi (V.V.Krayevskiy).
Pedagog-tadqiqotchining metodologik madaniyati - tadqiqotchining qadriyatlarni anglash, tizimli metodologik bilimlar, ilmiy izlanishning jarayoni va natijalarini loyihalashtirish, amalga oshirish va baholashning metodologik ko‘nikmalari, ilmiy muammoning adekvat yechimini taqozo etadigan shaxsiy intellektual uslubni integrasiyalashni talab etuvchi kasbiy madaniyat komponentidir. Pedagog-tadqiqotchi metodologik refleksiyaning sub’yekti (tashabbuskori) bo‘lishi juda muhim.
Metodologik madaniyatning shakllanganlik darajalari:
Nolevoy daraja - metodologik madaniyat elementlari shakllanmagan.
Beqaror-empirik daraja - tasavvur etish darajasida noto‘liq metodologik bilimlar, ayrim metodologik, rasmiy-mantiqiy va vosita-texnologik ko‘nikmalar shakllangan; tadqiqot ishining mavzusi dolzarb emas, muammo aniq qo‘yilmagan va shaklantirilmagan; tadqiqot metodologik nuqtai nazardan asoslanmagan;
kategorial apparati mazmuni va tarkibiy tuzilmasi aniq ishlab chiqilmagan, mantiqan noto‘g‘ri; faraz yangi emas; tadqiqot mantiqi metodologik nuqtai nazardan noto‘g‘ri va asoslanmagan; tajribaviy ish dasturi nazariy nuqtai nazardan asoslanmagan, texnologik jihatdan ziddiyatga ega; tadqiqot natijalari va xulosalari originallik, yangilik, nazariy mohiyat yo‘qligi bilan tavsiflanadi; tadqiqotning alohida bosqichlari, jarayonlarining tartibsiz refleksiyasiga ega, lekin metodologik refleksiyaning sub’yektini aks ettirmaydi; intellektual-uslubiy doirasi tor;
intellektual faoliyatning algoritmik usullari ustuvorligi; “sinash va xato usuli”ning ustuvorligi; avval ishlab chiqilgan tadqiqot vositalarining majmui asosida ilgari surilgan ilmiy muammo yechimini aks ettiradi; tadqiqotning evristik potensiali past - tadqiqot fanda mavjud bo‘lgan pedagogik ob’yektlarni o‘rganishga qaratilgan, an’anaviy konsepsiya doirasida amalga oshirilgan; yangi natijalarga erishilganlik ehtimoli juda past (tadqiqotchi fanga ma’lum bo‘lgan dalillar, qoidalarni deyarli takrorlayapti).
Evristik daraja - tushunish va qo‘llash darajasida alohida metodologik, mantiqiy, texnologik qobiliyatlar shakllangan;
tadqiqotning ilmiy va amaliy dolzarbligi asoslangan; kategorial apparati mohiyati va tarkibiy tuzilmasi aniqlashtirilgan, lekin mantiqiy xatolarga yo‘l qo‘yilgan;
gipoteza yuqori evristik potensialga ega, konseptual yangilik, nostandart yondàshuv bilan tasniflanadi; tajribaviy ishning maqsadi asoslangan, lekin uning dasturi texnologik amaliyotga to‘liq mos emas; tadqiqot natijalari va xulosalari yangilik va amaliy tavsifga ega; tadqiqotning alohida bosqichlari jarayonlarining tartibsiz refleksiyasiga ega, lekin metodologik refleksiyaning sub’yektini aks ettirmaydi; variativ intellektual-uslubiy doiraga ega; tadqiqotning yaqqol evristik potensialga egaligi.
Tadqiqotchilik darajasi - tushunish va qo‘llash darajasida tizimli metodologik bilimlar shakllangan, mantiqiy, texnologik, refleksli qobiliyatlar, alohida metodologik ko‘nikmalar shakllangan; tadqiqotning ilmiy va amaliy dolzarbligi asoslangan; kategorial apparati mohiyati tarkibiy tuzilmasi aniqlashtirilgan, mantiqan to‘g‘ri; tadqiqotning metodologik xususiyatlari, xulosalari o‘rtasida qat’iy korreksiya mavjud emas; gipoteza evristik, yangilik, nostandartlik bilan xarakterlanadi, tadqiqot mantiqi metodologik to‘g‘ri, asoslangan;
tajribaviy va eksperimental ishning maqsadga muvofiqligi asoslangan, uning dasturi texnologiklikka zid emas; tadqiqot natijalari yangilik, amaliy va nazariy ahamiyat bilan xarakterlanadi; alohida bosqichlar, tadqiqot jarayonlarining refleksiyasini amalga oshiradi, lekin metodologik refleksiyaning sub’yekti (tashabbuskori) emas; variativ intellektual-uslubiy repertuar; tadqiqotning yuqori evristik potensialga egaligi.
Integrativ - Tadqiqotchilik darajasi Savol va topshiriqlar
1. Ilmiy izlanuvchining metodologik madaniyali deganda nima tushiniladi?
2. Ilmiy izlanuvchida metodologik madaniyatni tarkib toptirish darajalariga izoh bering.
3. Ilmiy izlanuvchida metodologik madaniyatni tarkib toptirishning beqaror-empirik darajasini sharhlang.
4. Ilmiy izlanuvchida metodologik madaniyatni tarkib toptirishning tadqiqotchilik darajasini bayon eting.
5. Ilmiy izlanuvchida metodologik madaniyatni tarkib toptirishning evristik darajasini sharhlang.
Download 17.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling