INSON FIZIOLOGIK VA PSIXOLOGIK TAVSIFLARINING XAVFSIZLIGINI
TA’MINLASHDAGI AHAMIYATI
Reja:
K i r i sh
1.1. Ochiq axborot kommunikativ tizimlarida shaxsning kо‘nikmalarini
shakllantirish
1.2. Shaxsning ma’naviy – axloqiy takomili va о‘zini о‘zi himoya qilish
2.2. Shaxs, jamiyat, davlat axborot psixologik xavfsizligi himoya usullari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat –
yengilmas kuch” asarida bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat
sohasida vujudga
kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish,
ayniqsa yosh
avlodning qalbi va onginig turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan saqlanish va himoya qilish
masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Insoniyatning kо‘pming yillik tajribasi shundan dalolat
beradiki, dunyodagi zо‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki millatni о‘ziga tobe qilib,
bо‘ysundirmoqchi, uning boyliklarni egallamoqchi bо‘lsa,
avvalombor, eng buyuk boyligi
bо‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Chunki,
har qaysi
millat yoki xalqning ma’naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, о‘sib kelayotgan
farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Binobarin, ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid о‘z-о‘zidan
mamlakat xavfsizligini,
uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo’lidagi jiddiy xatarlardan
biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin.
Bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar natijasida katta ma’naviy
yo’qotishlar yuz berayotgani, millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri
va turmush tarzi
izdan chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash
tarzi jiddiy xavf ostida
qolayotganini kuzatish mumkin.