Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fani maqsadi va vazifalari Reja: I kirish


Download 33.64 Kb.
bet1/3
Sana23.06.2023
Hajmi33.64 Kb.
#1652481
  1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fani maqsadi va vazifalari


Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fani maqsadi va vazifalari
Reja:
I Kirish

  1. O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmeti, tadqiqot ob’yekti

  2. Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fani maqsadi

  3. Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fani vazifalari

II Xulosa
III Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi – u yoki bu millat, xalq, elatning milliy an’analarini, turmush tarzini va tanlab olgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimni va umuman milliy manfaatlarni himoya qiladigan, qo‘llab-quvvatlaydigan, ularni mustahkamlash uchun ko‘maklashadigan qarashlar majmuidan iborat. O‘z tarixi va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalq kelajagini belgilaydi, unga etishning o‘ziga mos yo‘llarini tanlaydi. Ana shu jarayonga xos ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo‘nalishlar bilan barcha g‘oyaviy tamoyillarini ham belgilab oladi. Bunda butun millat uchun umumiy bo‘lgan g‘oyalar nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan nazariy jihatdan asoslab berilgan «Vatan ravnaqi», «Yurt tinchligi», «Xalq farovonligi», «Komil inson», «Ijtimoiy hamkorlik», «Millatlararo hamjihatlik», «Diniy bag’rikenglik» kabi g‘oyalar ana shunday umummilliy g‘oyalar qatoriga kiradi. ."Mafkura" arabchadan o‘zbek tiliga kirib kelgan so‘z bo‘lib, "fikr yuritish", "tafakkur", "e’tiqod va maslaklar tizimi"1degan ma’nolarni anglatgan holda insonlarning kundalik hayotida jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmui, degan ma’nolarni ifodalash uchun ishlatiladi. Mafkuraning kundalik hayotda ishlatiladigan oddiy - sodda tushunchasi, uning tub falsafiy mohiyatini ochib berolmasligi, tabiiydir. Shuning uchun ham mafkurashunos faylasuf olimlar unga quyidagicha ta’rif beradilar.

Milliy g‘oya bilan yoshlarimizni qurollantirish, ertangi baxtli kelajakka ishonch va umid ruhini qaror toptirish milliy mafkuramizning o‘zagini tashkil etmog'i lozim. Yoshlarda sog'lom tafakkur va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularda el-yurt oldidagi ma'naviy burchini to‘g'ri anglashni, milliy g‘oya orqali milliy urf-odat va an'analarimizga mehr-muhabbatni uyg'otishni, ularni mustaqil fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashni taqozo etadi.


“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani yoshlarda milliy g'urur, mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, daxldorlik, fidoyilik, vatanparvarlik, xalq ishiga kamarbastalik ruhini shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi.
Milliy istiqlol g’oyasining obyekti sifatida O’zbekistonning o’ziga xos tabiiy,
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, milliy madaniy rivojlanish xususiyatlarini, qadriyatlarini
e’tirof etish mumkin. Shuningdek, xalqning madaniyati, milliy-madaniy me’rosini,
odamlarning ijtimoiy munosobatlarini qaror toptirish bilan bog’liq maqsadlarini
jamiyat xayotidan namoyon bo’lishini tahlil etish ham muhimdir. Shuningdek faning obyektini - O’zbekiston tanlagan taraqqiyot yo’li va ijtimoiy rivojlanishning milliy - ma’naviy negizlari, umumbashariy tamoyillar tashkil etadi.
G’oya – insoniyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi omili, hayotiy maqsadlar ifodasi sifatida qanday izohlanadi?
“G‘oya” aslida arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida – maqsad, intilish, niyat, qasd degan ma’nolarni anglatadi.
G‘oya voqelik va hayot ta’sirida uni aks ettirish asosida inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va insonlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr, dunyoni bilishning o‘ziga xos shakllaridan biridir.
U shaxs, jamiyat, ijtimoiy guruh , partiya va boshqalarning muayyan maqsadlarini ifodalaydi, ularni bu yo‘lda birlashtiradi, uyushtiradi, faoliyatga undaydi, safarbar qiladi. G‘oyaning namoyon bo‘lish xususiyatlari, o‘ziga xos belgilariga quyidagilar kiradi:
1.G‘oya eng avvalo, muayyan maqsadni ifodalaydi, insonlarni ana shu maqsadga erishish uchun chorlaydi, safarbar etadi.
2.G‘oya hayotiy va ilmiy dalillarga asoslangan holda ish ko‘radi, faoliyat olib boradi.
3.G‘oya biron-bir ijtimoiy voqelikning in’ikosi bo‘lib obyekt va subyektning o‘zaro dialektik birligiga asoslanadi.
4.G‘oya muayyan mafkura uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
5.G‘oya nazariy va amaliy bilimlar birligiga tayanadi.
6.G‘oya biron-bir farazni ifodalaydi2.
G‘oyalar namoyon bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga: bunyodkor va vayronkor; ilmiy va xayoliy; falsafiy; dunyoviy va diniy; badiiy; ijtimoiy-siyosiy; sinfiy, milliy, umumxalq va umuminsoniy; ma’naviy va ma’rifiy; axloqiy va estetik; tarbiyaviy va hokazolarga bo‘lamiz.


  1. Mafkura tushunchasining mazmuni, mafkuraning funksiyalari va shakllari haqida nimalarni bilasiz?

3."Mafkura" arabchadan o‘zbek tiliga kirib kelgan so‘z bo‘lib, "fikr yuritish", "tafakkur", "e’tiqod va maslaklar tizimi"3degan ma’nolarni anglatgan holda insonlarning kundalik hayotida jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmui, degan ma’nolarni ifodalash uchun ishlatiladi. Mafkuraning kundalik hayotda ishlatiladigan oddiy - sodda tushunchasi, uning tub falsafiy mohiyatini ochib berolmasligi, tabiiydir. Shuning uchun ham mafkurashunos faylasuf olimlar unga quyidagicha ta’rif beradilar.
Mafkura - muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, elat, millat, xalq jamiyat, davlat ehtiyoj va manfaatlari, orzu-istak, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy tamoyillarini ifoda etadigan g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir.
Shuning uchun uchun ham mafkuraning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida davlat va jamoat arbobi I.A.Karimov: "Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar Odamlarning ming yilyaar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman", - degan edi.
Har bir narsa va hodisa mazmun va shaklga ega bo‘lganidek, har qanday mafkuraning ham mazmun va shakli mavjuddir. Mafkuraning shakli bu uning ichki va tashki tuzilishini o‘zida ifodalovchi strukturasi, ya’ni mavjudlik usulidir.
Shunga ko‘ra mafkuraning quyidagi shakllari mavjud:

  • anarxiya,

  • monarxiya,

  • totalitarizm, liberalizm,

  • demokratiya.

Anarxizm - (yun.—beboshlik, hokimiyatsizlik) - har qanday hokimiyat va davlatni inkor etuvchi, har kim o‘ziga-o‘zi xo‘jayin, degan qarashni asos qilib oluvchi g‘oyalar asosida shakllangan ijtimoiy-siyosiy oqim. U jamiyatning umumiy manfaatlarini fuqarolarning individual, ya’ni xos manfaatlariga qarama-qarshi qo‘yish, umumiy manfaatlarni hisobga olib, jamiyatni boshqaruvchi, birlashtiruvchi, tartibga soluvchi davlat hokimiyatini tan olmaslik g‘oyasiga tayanadi. Bu g‘oya beboshlik va tartibsizlikka olib boradi, taraqqiyot yo‘lidan adashtiradi. Shuning uchun u reaksion, ya’ni vayronkor mohiyatga ega. Anarxizm g‘oyalari K.Shmidt (1806-1856), J.Prudon (1809-1865), M.Bakunin
(1814-1876), P.Kropotkin (1842-1921) kabilar qarashlarida ilgari surilgan bo‘lib, individualizm, subyektivizm, volyuntarizmni mutlaqlashtirishga asoslanadi. Anarxistik induvidualizm g‘oyasining xavfli tomoni shundaki, u kishilarni boshqalarning manfaatlari bilan hisoblashmaslikka, ijtimoiy qadriyatlarni mensimaslikka, fakat o‘z shaxsiy manfaatini o‘ylab yashashga chaqiradi. Bunday g‘oya doirasida boshkalarga muayyan maqsadga erishish uchun vosita sifatida qaraladi. Anarxizm g‘oyalari o‘tgan asrning 20-yillarigacha Rossiyada, 30-yillarda Ispaniyada sezilarli ta’sir kuchiga ega bo‘lgan hamda kommunistik va fashistik diktaturalarga turtki bergan bo‘lsa, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng ba’zi Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalib, diktatorlik tartibining yuzaga kelishida o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Anarxizmning buzg‘unchi g‘oyalari hozirda ham jahondagi turli siyosiy kuchlar, guruh va harakatlar (anarxo-sindikalistlar, anarxo-terrorchilar, anarxo-kommunistlar, yangi so‘llar kabilar) uchun oziq berib kelmoqda. Ular qanday shaklda (tartibsizlik, zo‘ravonlik va shu kabilar tarzida) bo‘lmasin, milliy va umumbashariy qadriyatlarga yot ekanini chuqur anglagan holda, ularga qarshi kurashish har bir taraqqiyparvar va hurfikrli shaxsning fuqarolik burchidir4.
Monarxiya (yunonchada "yakka hokimlik") - hokimiyat yakka hokim - davlat
boshlig‘ining qo‘lida bo‘lgan va bu hokimiyat meros kilib beriladigan davlat boshqaruvini ilgari suruvchi g‘oyalar tizimidan iborat bo‘lgan, vayronkor mafkura shaklidir.

Download 33.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling