Ishlab chiqarish amaliyoti xisoboti


Download 41.02 Kb.
bet1/18
Sana19.06.2023
Hajmi41.02 Kb.
#1602634
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI XISOBOT1




ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI XISOBOTI


Sana : «___»________2023 yil


1-Mavzu : Kirish. Xavfsizlik texnikasini o‘rgatish va tekshirish mashulot mazmuni, o‘quvchilarni avtokorxonaning ichki tarkibi, ish vaqti tartibi bilan tanishtirish

Respublikamizda yoshlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish, ularni ishga joylashtirish masalalariga katta e’tibor berilmoqda. O‘smirlarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar O‘zbekiston Konstitutsiyasi 239-moddasida quyidagicha qayd etilgan.


O‘smirlar doimiy ishga 16 yoshdan qabul qilishga ruxsat etiladi, ayrim hollarda 15 yoshga to‘lgan shaxslar ota-onasidan birining roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin.
Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollej o‘quvchilarini 14 yoshga to‘lganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan o‘smirlarning sog‘ligiga va kamol topishiga ziyon etmaydigan va ta’lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishlarni, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi
Umumiy qoidalar. Avtomobil yig‘ma birliklarini qismlarga ajratish va yig‘ish uchun ularni turg‘un holatini ta’minlovchi maxsus stend, aravacha yoki moslamalardan foydalanish lozim. Bu ish unumini oshirib, xavfsiz ishlashni ta’minlab va qulaylik yaratibgina qolmay balki ish sifatini ham oshiradi.
Amaliyot o’tash korxonasida ko’p yillik tajribali ishchi xodimlar bilan suhbat o’tkazilib ularning tajribalari ish faoliyatida erishgan yutuqlari to’g’risida suhbat o’tkazish bilan kerakli tushunchalarni olish va ko’pyillik xodimlar tajribalarini o’rganish mehnat unumdorligini oshiradi.
Uztoz shogird ananasini shakllantirish talab etiladi.
Asbob-uskunalarni o‘z joyiga tartib bilan qo‘yish, ish joyini toza tutish, oyoq kiyimni oyoqda mustahkam turishi va ishchi kiyimni loyiq hamda qulay bo‘lishi, ish joyini to‘g‘ri tashkil qilinishi-xavfsiz ishlashning zaruriy talablaridan biridir. Har bir ish bajarilishining o‘ziga xos texnika xavfsizligi bo‘lib, ularni bajarishdan avval barcha o‘quv amaliyotida yo‘riqnoma asosida tushuntiriladi hamda muhandis-pedagog amalda ko‘rsatishi maqsadga muvofiqdir.

Download 41.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling