Ishlab chiqarish sanitariyasi va gigiyenasi


Download 426.64 Kb.
bet1/6
Sana20.12.2022
Hajmi426.64 Kb.
#1039352
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mavzu

ISHLAB CHIQARISH SANITARIYASI VA GIGIYENASI

Reja:

  • Sanitariya talablari va mehnat sharoiti.
  • Binolarni loyixalashda sanitariya va gigiyena talab va vazifalari.
  • Mikroiqlim ko‘rsatkichlari va ularning odam organizmiga ta’siri.
  • Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik normalari.
  • Bino va inshootlarda tabiiy va sun’iy yoritilganlik tizimlari.

Sanitariya talablari va mehnat sharoiti.
Ish joylarida iqlim ko‘rsatkichlarini urganish va nazorat qilish.
Xar qanday jismoniy mehnat jarayonida ishlab chiqarish muxitining odam organizmiga salbiy ta’siri bo‘ladi, chunki mushaklarning kuch ta’sirida uzayib qisqarishi ko‘p marotaba takrorlanishi evaziga markaziy nerv tolalarida zo‘riqish xosil bo‘ladi. Shu sababli, mehnatkashning xavfsizligini ta’minlamagan sharoitda ishlashi markaziy nerv tizimini tezda toliqishiga va butun vujudini charchashiga olib keladi. Buning natijasida odamning sezuvchanligi va ishlash qobiliyati keskin pasayib boradi.
Zararli mehnat sharoitining surunkali ta’siridan kishi salomatligi sekin–asta yomonlashib boraveradi, (ko‘rish va eshitish qobiliyatini pasayishi, titroq kasali, ruxiy toliqishi va x.k.). Buning natijasida odamning ijobiy mehnat qilish qobiliyati qisman yoki butkul yo‘qolib boradi. Bu xol kasb kasalligi deb yuritiladi. Ishchilarning sog‘lig‘iga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar qatoriga mehnat sharoiti, iqlim sharoiti, ish joyidagi zararli shovqin va tebranishlar, yorug‘likning yetishmasligi, zararli chang va gazlarning me’yoridan oshib ketganligi va boshqalar kiradi. Bularning inson salomatligiga salbiy ta’sirini oldini olish tadbirlarini belgilash bilan ishlab chiqarish sanitariyasi va gigiyenasi fani shug‘ullanadi.
Uning asosiy vazifalari yuqorida sanab o‘tilgan omillarning kishi organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatishi va uning oqibatini o‘rganish bilan bir qatorda, unga qarshi chora tadbirlarni ishlab chiqish va zararli omillarni ruxsat etilgan bezarar meyorini belgilab berishdan iboratdir.
Shunday qilib, qurilishda ishlab chiqarish sanitariyasi tozalik va ozodalik bo‘yicha tadbirlar majmuasini tuzishdan iborat bo‘lib, maqsadi ishlab chiqarish korxonalarida sog‘lom mehnat sharoitini yaratishdir.
Quruvchilikni o‘ziga xos jixatlari, ya’ni ish joyining doim o‘zgarib turishi, ochiq xavoda bo‘lishi, bir nechta ish jarayonlarini bajara olishi va boshqalar ish joyida mo‘tadil iqlim sharoitini yaratishga imkon bermaydi.
Shu sababdan, salomatlik va ozodalik qoidalari quruvchilar uchun ish joylarida ijtimoiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida maxsus uslubiy yo‘llarni izlashni taqozo qiladi.
Mehnat jarayonida turli vaziyatda odamga xar xil salbiy omillar ta’sir qiladi. Bularni ishlab chiqarishdagi zararli omillar deb yuritiladi va ularning insonga uzoq ta’siri natijasida paydo bo‘lgan xastaliklarni esa, kasb kasalligi deb ataladi.
Bundan tashqari, barcha zararli omillarni odamga ta’sir xususiyatlariga qarab to‘rtta yiriklashgan guruxlarga toifalash mumkin, ya’ni jismoniy, kimyoviy, biologik va psixofiziologik.

Download 426.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling