Ishlab chiqarish va servislarni boshqarish jarayoni Servislarni boshqarish usullari


Download 400.5 Kb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi400.5 Kb.
#1486923
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Xizmatni ishlab chiqarish va servisni boshqarish


Mavzu: Xizmatni ishlab chiqarish va servisni boshqarish


Reja:
Kirish

  1. Ishlab chiqarish va servislarni boshqarish

  2. Servislarni boshqarish jarayoni

  3. Servislarni boshqarish usullari

  4. Xulosa va takliflar

  5. Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish
Servislarni boshqarish tizimi tashkilot uchun kerakli kadrlarni tanlash va saqlash, ularni kasbiy o‘qitish, har bir servisning faoliyatini, hatti-harakatlarini to‘g‘ri baholash va samaradorligini oshirishdan iborat bo‘ladi. Ayniqsa, respublikada raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va innovatsiyalarni rivojlantirish natijasida yuqori malakali kadrlardan iborat zamonaviy tashkilotlarni shakllantirish hozirgi davr talabi bo‘lib qolmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev joriy yildagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida kadrlar masalasiga to‘xtalib shunday degandi: “Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir! Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi”[1]. O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish va ilg‘or innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida boshqaruvning murakkab jarayonlarini mikrodarajaga olib tushish shakllanayotgan boshqaruv tizimini tashkil qilishdagi barcha elementlarni mos holga keltirishni talab qiladi. Shuning uchun tashkilot faoliyatini baholashning yangi usul va shakllarini, shu jumladan mehnat munosabatlari va ko‘rsatkichlarini tahlil qilishning yangi usullarini ishlab chiqishga ehtiyoj paydo bo‘lmoqda. Hozirgi o‘ta globallashgan zamonda kadrlarning noto‘g‘ri tanlanishi o‘z navbatida tashkilotlar uchun ko‘p yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. Tashkilot rahbari yoki bevosita kadrlar (personal) bilan ishlovchi mutaxassisning kadrlarni tanlashda e’tiborga olishi muhim bo‘lgan jihat - insonning avval nima qilganini emas, balki endi nima qila olishi mumkinligini bila olishdir. Shu ma’noda, kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish, boshqarish va salohiyatidan unumli foydalanish jarayonida jahonning turli kompaniyalarida qo‘llab kelinayotgan texnologiyalarni tadqiq etib,ulardan milliy iqtisodiyotimizda foydalanish yo‘nalishlarini o‘rganish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
Shuni ta’kidlash kerakki, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi bozor sharoitida faoliyat yuritish servislarni boshqarish masalasiga yangicha nigoh bilan qarashni talab qilmoqda. Rivojlangan raqobatchilik muhiti o‘z navbatida servislarning doimiy malakasini oshirib borishni talab etgan holda ularning raqobatbardoshligini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xozirgi vaqtda boshqarish adabiyotlarda boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish sifatida qaraladi. Shuning uchun boshqaruvning quyidagi qoidasi qabul qilingan: boshqaruv – bu tashkilot maqsadlarini aniqlash va ularga erishish uchun zarur bo‘lgan rejalashtirish, tashqil qilish, motivlashtirish va nazorat jarayonlari hisoblanadi.
Shuningdek adabiyotlarda ta’kidlanishicha servislarni boshqarish uchun inson xulqi nimaga bog‘liqligi, o‘z hayotida nimaga asosolanishini bilish zarurdir. Kishi hulqi, faoliyati, harakatlari anglangan, biror maqsadga qaratilgan bo‘ladi. Biror harakatni rag‘batlantiruvchi kuch - moddiy va ma’naviy extiyojlardir. Lekin, insonning barcha harakati ham o‘z ehtiyojini qondrishga qaratilmagan. Masalan, servis ma’lum moddiy va ma’naviy boyliklarni faqat o‘zi iste’moli uchun yaratmaydi. Servis ehtiyoji bilan harakati, xulqi o‘rtasida qator bevosita ifodalanuvchi bo‘g‘inlar mavjud. Bular manfaat, hohish, qizqishdir. Ma’lum sharoitlarda ular inson xulqini rag‘batlantiruvchi kuchga aylanadi. Rag‘bat harakat qilishni qaror qilishga olib kelsa, qaror harakatga olib keladi.



Download 400.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling