Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali “ ”


Download 312.68 Kb.
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi312.68 Kb.
#1250460
  1   2   3   4
Bog'liq
mashinasozlik t asoslari referat. Bazalash


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLMALIQ FILIALI
____________________________________________________________” kafedrasi

_____________________________________________________________” fanidan


MUSTAQIL ISH




Bajardi:______________guruh talabasi__________________________

Tekshirdi___________________________________________


Olmaliq 2022


Mavzu: BAZALASH ASOSLARI


Reja:

  1. Baza tushunchasi

  2. Bazalash

  3. O’rnatish tushunchasi

  4. Olti nuqta qoidasi

  5. Yig’ish bazasi

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar

BAZALASH TUSHUNCHASI


Baza tushunchasi. Baza deganda bazalash uchun qo‘llaniluvchi va tanavorga yoki buyumga tegishli bo’lgan yuza yoki uning funksiyasini bajaruvchi yuzalar to ‘plami, o‘q (chiziq) va nuqlalar tushuniladi.
Bazalash deb, zagotovkaga yoki biron buyumga tanlangan koordinata sistemasiga nisbatan talab etilgan holat berilishiga aytiladi. Zagotovkaga mexanik ishlov berish paytida bazalash deb, zagotovkaga stanokning keskich asbobiga nisbatan talab etilgan ma’lum holat berilishiga aytiladi.
Mahkamlash tushunchasi. Mahkamlash – bazalashda erishilgan holatni ta’minlash uchun tanovorga yoki buyumga kuch va juft kuch qo’yish.
Texnologik amalni bajarish vaqtida, zagotovkaga ma’lum holat berishdan tashqari, uni moslamada qimirlamasligini ham ta’minlash talab etiladi.
O’rnatish tushunchasi. O’rnatish deb tanovorni yoki buyumni bazalash va mahkamlash jarayoniga aytiladi.
Tanovorga mexanik ishlov berish jarayonida bazalash deb tanovorga dastgohning kesgich asbobiga nisbatan talab etilgan holat berilishiga aytiladi.
Texnologik amalni bajarish vaqtida tanovorga talab etilgan holat berishdan tashqari, uni moslamada siljimasligini ham ta;minlash talab etiladi.
Bu ikki masala har xil bo’lishiga qaramasdan ular nazariy jihatdan bir xil usul bilan yechiladi, ya’ni fazodagi biron bir harakatni ma’lum darajada cheklab qo’yish bilan yoki erkinlik darajasidan mahrum etishlik va mahkamlash bilan amalga oshiriladi.
Ma’lumki, qattiq jismning fazodagi harakatini tо’la chegaralab (tо’xtatib) qо’yish uchun,uni oltita erkinlik darajasidan mahrum etish kerak; uch koordinata о’qlari bо’ylab ilgarilanma va shu о’qlar atrofida aylanma xarakatlaridan. Absalyut qattiq jism deb qaraladigan har bir detalning holati, tanlangan uchta koordinata tekisligiga nisbatan aniqlanadi.
Masalan detal prizma shaklida bo’lgan holda (1-rasm). detalning pastki tekisilgi xoy ni koordinat tekisligi XOY bilan bog'lovchi uch koordinalaning berilishi bir vaqtda detalni uchta erkinlik darajasidan mahrum etib, Z o'qi bo'yalab siljish va X, Y o'qlariga parallel bolgan o'qlar atrofida burilish imkoni detalni, ushbu tekislikning uch nuqtaga tegishli masofasini aniqlaydi. Umumiy holda esa har qanday detalning koordinat tizimi xohlagan holatni egallashi mumkin. Uni albatta asosiy bazalarga joylashtirish osondir.

Detal prizma shaklida bo’lgan holda. 1-rasm

Yuzalaridan bin yoz ni YOZ koordinat tekisligiga nisbatan ikki nuqtasining masofasi bir vaqtda uning X o'qi bo'ylab siljishi va Z o‘qiga parallel o‘q atrofida burilish imkonidan, ya’ni detalning yana ikkita erkinlik darajasidan mahrum etadi. Oltinchi koordinat xoz tekisligi detal holatini XOZ koordinat tekisligiga nisbatan aniqlab, uni qolgan oxirgi erkinlik darajasidan mahrum etadi. Shunday qilib, koordinatlarning har biri detalning bittadan erkinlik darajasidan mahrum etar ekan va o‘zaro perpendikulär uch tekisliklarning bitta nuqtasi bilan bog’langanligini bildiradi. Agar prizmatik detalni uch tekislikka yaqin keltirilib tutashtirilsa 6 nuqtaning har biri, detalning baza sirtlarini tirab turuvchi tayanch nuqtaga aylanadi (2-rasm).


2-rasm
DETALLARNI BAZALASHDA, ISHLOV BERISHDA DETALLARNI DASTGOHLARGA O‘RNATISH
Ishlov berilayotgan detalning yuzalari va bazalari
Detallami dastgohlarda o‘rnatib ishlov berishda quyidagi yuzalar va bazalar mavjud:
a) ishlov berilayotgan yuza, bu yuzadan ishlov berish natijasida ma’lum qatlamdagi metall olib tashlanadi;
b) bazaviy yuzalar, bu yuzalar ishlov berish jarayonida detalning holatini belgilaydi;
v) ishlov berishda ta’minlanadigan o‘lcham uchun o ‘lchov boshi yuzasi',
g) mahkamlashda qisish kuchini qabul qiluvchi yuza;
d) ishlov berilmaydigan yuza, Baza vazifasim yuzalachiziqlar, nuqtalar va ulaming yig'indisi bajarishi mumkin.
Bazalarning nimaga mo‘ljallanganligiga ko‘ra quyidagicha bo‘lishi mumkin.
Texnologik bazalar o‘matish va o‘lchov bazalariga bo‘linadi. O‘rnatish bazasi deb detalning ishlov berish uchun dastgohga yoki kesuvi asbobga nisbatan. o‘matishda foydalanilgan yuzaga aytiladi. O‘matish bazasi sifatida ishlov berilgan va ishlov berilmagan yuzalar qo’llaniladi. Mexanik ishlov berilmagan yuza qora, ishlov berilgani esa toza baza deb yuritiladi.
O‘rnatish bazalari asosiy va yordamchi bo‘ladi. Asosiy o‘rnatish bazasi deb detaining ishlov berish jarayonida o‘maydigan va boshqa yuzalar bilan tutash hamda tutash yuzalar bilan yig‘ilgan masbinada birgalikda xizmat bajaruvchi detallar yuzasiga aytiladi. Masalan, tishli g‘ildirakni markaziy teshigi.

Download 312.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling