Islomda sunniylik, shialik, xorijiylik yo'nalishlari paydo bo'lishi va qarashlari reja


Download 23.15 Kb.
bet1/8
Sana09.05.2023
Hajmi23.15 Kb.
#1448969
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ISLOMDA SUNNIYLIK, SHIALIK, XORIJIYLIK YO\'NALISHLARI PAYDO BO\'LISHI VA QARASHLARI




ISLOMDA SUNNIYLIK, SHIALIK, XORIJIYLIK YO'NALISHLARI PAYDO BO'LISHI VA QARASHLARI


Reja:

  • 1.Musulmonlar orasidagi ixtifiloflar.Sunniylik.Xorijiylik.Shialik.

  • 2.Islomdagi oqim va yo`nalishlarining hozirgi kundagi ko`rinishlari.

  • 3.Mazg`ablari paydo bo`lishi:xanifalik,molikiylik,shofeylik va xanbaliylik.
  • Shialik (arabcha: — guruh, tarafdorlar) — islomdagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri. Oʻzining tarqalishi va tarafdorlarining miqdori jihatidan sunniylikdan keyingi oʻrinda turadi. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 7% Shialikka mansub (2004). Sh. 7-asr oʻrtalarida islom jamoasi ichida oliy hokimiyat masalasida paydo boʻlgan ixtilof natijasida vujudga kelgan. Shia soʻzining toʻliq shakli "shi’at Ali" ("Ali partiyasi") boʻlib, bu nom Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlariga ergashganlarga nisbatan berilgan. 7-asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil yoʻnalishga aylangan. Sh. avval faqat siyosiy harakat sifatida shakllangan boʻlsada, keyinchalik aqidaviy va fiqhiy masalalarda turli oʻziga xos jihatlar paydo boʻldi.

  • Islomda yo‘nalishlarning vujudga kelishi. 632 yilda Payg‘ambar (alayhis-salom) vafotidan so‘ng hokimiyat xalifalikka saylanganlar tomonidan boshqarildi. Birinchi Abu Bakr, ikkinchi Umar ibn Xattob saylandi, so‘ng Usmon ibn Affon va Ali ibn Abi Tolib xalifa bo‘ldi. Avvalgi ikki xalifa davrida xalifalikda ichki nizo va firqalanish bo‘lmadi. Usmon xalifaligi davrining so‘nggi yillarida ichki nizolar paydo bo‘lib, xalifaga qarshiliklar kuchaydi. Oxir-oqibat bir to‘da odamlar Hazrati Usmonning uyiga bostirib kiradilar va uni o‘ldiradilar. Uning o‘ldirilishi xalifalikda urushni keltirib chiqardi va Ali ibn Abi Tolib xalifaligi davrida bunday nizolar yanada kuchaydi. SHom voliysi Muoviya xalifaga qarshi chiqib tezroq xalifa Usmon qotillarini topib jazolash talabini qo‘yadi. Xalifa bu paytda avval ichki nizolarni tugatish bilan ishni boshlagan bo‘ladi. Bu ixtilof qurolli to‘qnashuvga olib keladi. Bu to‘qnashuv 657 yili Iroqning Siffin degan joyida bo‘lib o‘tgani uchun jangning nomi Siffin deb atalgan. SHunda davlat tuzumi masalasida Payg‘ambardan keyin xalifalik kimga o‘tishi kerak degan masalada uch toifaga bo‘linish yuz berdi.


Islomda yo‘nalishlarning vujudga kelishi. 632 yilda Payg‘ambar (alayhis-salom) vafotidan so‘ng hokimiyat xalifalikka saylanganlar tomonidan boshqarildi. Birinchi Abu Bakr, ikkinchi Umar ibn Xattob saylandi, so‘ng Usmon ibn Affon va Ali ibn Abi Tolib xalifa bo‘ldi. Avvalgi ikki xalifa davrida xalifalikda ichki nizo va firqalanish bo‘lmadi. Usmon xalifaligi davrining so‘nggi yillarida ichki nizolar paydo bo‘lib, xalifaga qarshiliklar kuchaydi. Oxir-oqibat bir to‘da odamlar Hazrati Usmonning uyiga bostirib kiradilar va uni o‘ldiradilar. Uning o‘ldirilishi xalifalikda urushni keltirib chiqardi va Ali ibn Abi Tolib xalifaligi davrida bunday nizolar yanada kuchaydi. SHom voliysi Muoviya xalifaga qarshi chiqib tezroq xalifa Usmon qotillarini topib jazolash talabini qo‘yadi. Xalifa bu paytda avval ichki nizolarni tugatish bilan ishni boshlagan bo‘ladi. Bu ixtilof qurolli to‘qnashuvga olib keladi. Bu to‘qnashuv 657 yili Iroqning Siffin degan joyida bo‘lib o‘tgani uchun jangning nomi Siffin deb atalgan. SHunda davlat tuzumi masalasida Payg‘ambardan keyin xalifalik kimga o‘tishi kerak degan masalada uch toifaga bo‘linish yuz berdi.

Download 23.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling