Jamiyatning axborot resurslari, axborot bozori va jamiyatning axborot


Download 105.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana02.01.2022
Hajmi105.94 Kb.
#185497
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Samsung Notes



JAMIYATNING AXBOROT RESURSLARI, AXBOROT BOZORI VA JAMIYATNING AXBOROT

POTENSIALI

1. Axborotlashgan jamiyat va uning axborot resurslari

O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonuni 15-

moddasida Milliy axborot tizimiga davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot

tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari kiradi.

Milliy axborot tizimi uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining xalqaro axborot tizimlari bilan bir-

biriga mosligini hisobga olgan holda yaratiladi.

Hozirgi davrda fan va texnikada ko’p qullaniladigan tushunchalardan biritizimdir. Axborot tizimini

ishlab chiqarishdan maqsad – tashkiliy loyihalashtirish, texnologik va hakozo jihatlarini hisobga

olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir.

O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari,

axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy

jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Ta’kidlash

joizki, milliy axborot tizimiga davlat organlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslar, tarmoq

va hududiy axborot tizimlari kiradi. Axborot tizimi esa axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga

ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami

axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridir. Axborot tizimi tarkibidagi elektron

shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi axborot resurslarini tashkil etadi.

O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonuni (




Download 105.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling