Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari Rivojlanish yo’li


Download 85.5 Kb.
bet1/2
Sana07.01.2023
Hajmi85.5 Kb.
#1082284
  1   2
Bog'liq
26-Mavzu


26-mavzu. Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari: diktatura va demokratiya. Sovet Ittifoqida islohotlar va inqiroz: imperiyaning tugatilishi.
Reja:

  1. Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari Rivojlanish yo’li.

  2. Sovet Ittifoqida islohotlar va inqiroz sabablari.

  3. Sovet imperiyasining tugatilishi.

Sovet xalqlariga juda katta kulfat olib kelgan Ikkinchi jahon urushi yakun- landi. Urushda 27 mln. sovet fuqarolari halok bo‘ldi, 12,5 mln. kishi nogiron bo‘lib qoldi, mamlakat juda katta moddiy zarar ko‘rdi.Xalqaro miqyosda SSSRning roli keskin oshganligiga, u dunyoning qudratli davlatlaridan biriga aylanganiga qaramasdan, urush sovet xalqi uchun juda qimmatga tushdi. Shunchalar ko‘p hudud vayron qilindiki, ularni tiklash bir necha o‘n yillarga cho‘zilishi mumkin edi. Deyarli har bir sovet oilasi yaqin kishisidan ayrildi.«Marshall rejasi» bo‘yicha AQSHdan yordam olgan G‘arb davlatlari- dan farqli ravishda SSSR iqtisodiyotni to‘liq ichki resurslar hisobiga, o‘z kuchi bilan tikladi. Sovet kishilarining matonatli mehnati tufayli vayron bo‘lgan zavodlar, shaharlar qayta qurildi, infratuzilma tiklandi. Xalqning mehnat ishtiyoqi chin dildan bo‘lib, ular farzandlari uchun tinch va farovon hayotni ta’minlash yo‘lida turmush qiyinchiliklariga ham tayyor edi.Juda katta siyosiy-ma’muriy bosim, yengil sanoat va qishloq xo‘jaligini talash hisobiga hamda mehnatkash ommaning tashabbusini mafkuraviy rag‘batlantirish tufayli 1950-yili sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi darajasidan oshib ketdi. Iqtisodiy sohada sovet davlati tarixida birinchi marta yengil sano- atning, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishning ustuvorligi belgilan- di. Xalq iste’mol buyumlari ishlab chiqarish ko‘paydi, uy-joylar quri- lishi jadallashdi, maoshlar oshirildi. Oziq-ovqat muammosini hal qilish uchun qishloq xo‘jaligi solig‘ini pasaytirish, boqimanda qarzlardan voz kechish, kolxozchilarning tomorqalarini kengaytirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga davlat xarid narxlarini va kolxoz bozori im- koniyatlarini oshirish, shuningdek, qishloqqa texnika yetkazib berish uchun kapital mablag‘larni ko‘paytirish ko‘zda tutildi. Qozog‘iston, Sibir va Volga bo‘yidagi qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish g‘alla yetishtirishni tez ko‘paytirishning muhim omili sifatida qaraldi. Nati- jada 1950-yillarning ikkinchi yarmida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish keskin o‘sib, kolxozlarning pul daromadlari 3 mar- tadan ko‘proqqa oshdi.

Jamiyatni siyosiy liberallashtirish ham boshlandi. 1956-yil fevral- da KPSS XX syezdida N. Xrushchyov «Shaxsga sig‘inish va uning oqibatlari to‘g‘risida» nutq bilan chiqdi. Bu nutq o‘zining barcha kamchiliklariga qaramasdan, sovet totalitar davlatining xarakterini, Stalin va uning sheriklari amalga oshirgan jinoyatlarni ochib tash- ladi, shaxsga sig‘inishning mohiyati va ko‘lamini anglash jarayonini boshlab berdi. Jamiyatda o‘ta ochiq bo‘lmasa-da, bu muammolar keng miqyosda muhokama qilina boshlandi. Stalin davrida qatag‘on qilinganlarni oqlash jarayoni ommaviy tus oldi. Ayni paytda, XX syezd xalqaro kommunistik harakatning inqirozini boshlab berdi va sotsialistik tizim oxirigacha bu inqirozdan chiqa olmadi.Shu tariqa, 1950-yillar o‘rtalariga kelib mamlakatda mavjud totali- tar tuzum bir qadar liberallashtirildi. Ammo bu harakatlar o‘tish davriga xos xarakterga ega edi.1958-yil martda N. Xrushchyov KPSS MK Birinchi sekretari lavozimiga SSSR Ministrlar Sovetining Raisi lavozimini ham qo‘shib oldi. Shu tariqa N. Xrushchyov mamlakatda yagona liderga aylanib qoldi. I. Stalin o‘limidan so‘ng boshlangan mamlakat hayotini de- mokratizatsiyalash jarayoni ham vaqtincha to‘xtatildi.1950-yillar oxiridan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqa- rishning o‘sish sur’atlari ancha susaydi. Oqibatda oziq-ovqat mahsulot- larining taqchilligi yuzaga kelib, SSSR borgan sari chetdan ko‘proq g‘alla sotib olishga majbur bo‘ldi. Qishloq aholisi, birinchi navbatda yoshlarning shaharlarga ko‘chib ketishi kuchaydi. 1980-yillarga SSSR jamiyatning chu- qur inqirozi holatida kirib keldi. N.S. Xrushchyovning 1980-yillarda kommunizm qurish to‘g‘risidagi rejasi barbod bo‘lgan, odamlar endi kommunizm safsatasiga deyarli ishonmay qo‘ygan edi. Shunday holatda 1982-yil 10-noyabrda L. Brejnev vafot etdi. Undan keyin hokimiyatga kelgan Yuriy Andro pov va Konstantin Chernenko keksa, kasalmand kishilar bo‘lib, ularning hokimiyatga kelishi tugab borayotgan sovet tuzumining ramzi edi.Qayta qurish. 1985-yil martda KPSS MK Plenumi Mixail Gor- bachyovni Bosh kotib qilib sayladi. KPSS MKning 1985-yil aprel Plenumida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish kursi yangi rahbariyat va butun sovet jamiyatining maqsadi deb e’lon qilindi. Ilmiy-texnik taraqqiyot, mashinasozlikni texnik qayta qurollantirish va inson omilini faollashtirish, ya’ni mehnat intizomini va ishchilarning tashabbuskorligini oshirish bu kursning asosiy hara- katga keltiruvchi kuchi sifatida qaraldi.




va «oshkoralik» siyosati ommaning siyosiy faolli- gini keskin oshirdi. Oshkoralik tu- fayli o‘zgarishlarning muhim omiliga, g‘oyalar va orzularning ifodachisiga aylangan matbuot jamiyatning ma’naviy ozod bo‘lishida, o‘tmishni va yuz be- rayotgan hodisalarni anglashida juda katta rol o‘ynadi. Ayni paytda, bu hodisalar sovet xalqlarining milliy o‘zlikni anglash, milliy mustaqillikka intilish jarayonini jadallashtirdi, SSSRning tarqalib ketishini tezlashtirdi.

Download 85.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling