6-Mavzu: Innovasion iqtisodiyotda inson omilini faollashtirish
Download 43.74 Kb.
|
6-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson omilining tarkibiy-tashkiliy tuzilmasi
6-Mavzu: Innovasion iqtisodiyotda inson omilini faollashtirishO‘quv maqsadi: Korxonalarda “inson omili” haqida tushuncha uning tarkibiy tashkiliy tuzulmasini, baholash mezonlarini va inson resurslarini boshqarish konsepsiyasini hamda kadrlarni tanlash, qayta tayyorlash hamda baholash masalalarini o‘rganishdan iborat Tayanch iboralar: Inson omili, tarkibiy-tashkiliy tuzilma,inson omilining faollik darajasi,inson omilining baholash mezonlari,inson resurslari, inson resurslarini boshqarish, inson resurslarini konsepsiyasi, personalni boshqarish, kadrlarni boshqarish strategiyasi, kadrlarni boshqarish turlari, inson omili strategiyasi, kadrlarni tanlash, kadrlarni baholash, kadrlarni tayinlash, moddiy rag‘batlantirish, ma’naviy rag‘batlantirish, kadrlarni qayta tayyorlash. Inson omilining tarkibiy-tashkiliy tuzilmasiHar qanday demokratik davlatning rivojlanishidan asosiy maqsadi insondir. Jamiyat taraqqiyoti esa, nafaqat mamlakat iqtisodiy salohiyatining kattaligi bilan, balki bu salohiyat har bir insonning kamol topishi va uyg‘un rivojlanishiga qanchalik yo‘naltirilganligi bilan ham o‘lchanadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlanish dasturiga ko‘ra o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida jahon hamjamiyati ega bo‘lgan boylikning 64,0 foizi inson salohiyati hissasiga to‘g‘ri kelishi aniqlangan. Tabiiy resurslar va jahondagi mavjud barcha ishlab chiqarish-texnologik infratuzilma ulushiga esa jahon umumiy boyligi hajmining atigi uchdan bir qismi to‘g‘ri keldi. Inson salohiyati darajasi Shimoliy Amerikada 76,0 foizni, G‘arbiy Evropada 74,0 foizni, Janubiy Amerikada 74,0 foizni Yaqin Sharqda 43,0 foizni, Sharqiy Osiyoda 77,0 foizni tashkil etadi. Yaqin Sharq mamlakatlarining asosiy boyligi esa tabiiy resurslar bo‘lib, bu davlatlarda inson salohiyati eng past darajadadir. XXI asrda inson salohiyati milliy boylikning asosiy qismi va har bir mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omiliga aylanganligini tasdiqlash mumkin. O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 fevraldagi PQ- 4168-sonli “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda inson omilini faollashtirishga xizmat qiladi. Download 43.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling