Jarohatlar va asab tizimi kasalliklari


Download 81.5 Kb.
bet1/7
Sana21.06.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1637590
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jarohatlar Va Asab Tizimi Kasalliklari


JAROHATLAR VA ASAB TIZIMI KASALLIKLARI


Reja:



  1. Jarohat va jarohat kasalligi to’g’risida tushuncha.

  1. Jarohatning klinik belgilari.

  1. Nevrozlar, kelib chiqish sabablari, klinik manzarasi, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, oldini olish choralari.

  2. Epileptik tutqanoq etiologiyasi, klinik belgilari,birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
















































1. Jarohat turlari ko’p bo’lib, ular veterinariya amaliyotida tez – tez uchrab turadi. Ulardan kelib chiqadigan iqtisodiy zarar sut, jun, go’sht mahsuldorligining kamayishi, dorilarga qilingan sarf – harajotlar va boshq..
G. Abishev ko’rsatishicha, umumiy shikastlardan 64,4 % jarohatlarga to’g’ri keladi. G.S. Kuznetsov ma’lumotiga binoan yirik sutchilik xo’jaliklarda tuyoq kasalliklaridan 12 % barmoqlararo yorig’i, 3 % tuyoq aylanasi, 18 % shoxsimon kaft va yumshoq tovon jarohatlariga to’g’ri keladi.
M.V. Plaxotin bo’yicha jarohat – teri, shilliq pardalar va chuqur joylashgan to’qimalarning ochiq mexanik shikastlanishi bo’lib, og’riq, qon ketishi, jarohat chetlarining ochilishi va faoliyatlar buzilishidir.
Yuqorida aytib o’tilgan belgilarning kuchli yoki kuchsiz bo’lishi jarohat turi va joylashishi bilan bog’liq.
Jarohatlanish mexanizmi: mexanik kuch va unga qarshilik ko’rsatadigan to’qimaning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan: kuch qancha katta, to’qimaning zichligi va elastikligi esa past bo’lsa, jarohat shuncha xavfli (yirik) bo’ladi.
Epidermis yoki shilliq pardaning kuchsiz buzulishi tirnalish yoki sidirilish, jarohat joyida terining yo’qligi terining nuqsoni deb ataladi.
Jarohat chetlari, devorlari, tubi va jarohat bo’shlig’idan tashkil topgan.
Jarohat chetlari – teri yoki shilliq pardadan hosil bo’ladi.
Jarohat devorlari – mushaklar, fassiyalar va oralarida joylashgan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan.
Jarohat tubi – jarohatning eng chuqur joyi.
Jarohat bo’shlig’i – jarohat devorlarining oralig’i.
Jarohat chetlarining oralig’i jarohat teshigi deb ataladi va u turli shaklda bo’lishi mumkin.

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling