Jinoyat huquqi va kriminologiya


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana11.06.2020
Hajmi0.73 Mb.
#117119
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
bezorilik jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalari.


 

  O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI 



TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI

 

   


  

“JINOYAT HUQUQI VA KRIMINOLOGIYA” 

KAFEDRASI 

 

Bezorilik jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalari 

mavzusida yozilgan 

 

 



BITIRUV MALAKAVIY ISH 

 

 



 

 

Bajardi: 

4-kurs 

Jinoyat-huquqiy 



faoliyat” yo`nalishi talabasi  

Ibrohimov Abrorbek Akromjon o`g`li  



Ilmiy 

rahbar: 

“Jinoyat 

huquqi 

va 


kriminologiya” kafedrasi kata o`qituvchisi 

Kamalova Dildora  

   

 

 

 

 

 

ТОШКЕНТ – 2016

 

 



 

 



 

MUNDARIJA 

KIRISH

 ........................................................................................................................... 3 



I BOB. BEZORILIK JINOYATINING UMUMIY TAVSIFI

............................ 7 

1.1. Bezorilik jinoyati tushunchasi va uning jinoyat-huquqiy belgilari ........... 7 

1.2.  Bezorilik  uchun  javobgarlik  belgilangan  jinoyat  qonuni  normalarining 

rivojlanish tarixi ................................................................................................... 12 

II BOB. BEZORILIK JINOYATINING YURIDIK TAHLILI

........................ 15 

2.1. Bezorilik jinoyatining obyektiv belgilari ............................................... 15 

2.2  Bezorilik jinoyatining subyektiv belgilari .............................................. 25 



III  BOB.  JAVOBGARLIKNI  OG’IRLASHTIRUVCHI  HOLATLARIDA 

SODIR ETILADIGAN BEZORILIK JINOYATINI KVALIFIKATSIYA QILISH 

VA JAZO TAYINLASH MASALALARI

 ....................................................................... 34 

3.1.  Javobgarlikni  og`irlashtiruvchi  holatida  sodir  etiladigan  bezorilik 

jinoyatining umumiy tavsifi.................................................................................. 34 

3.2. Bezorilik jinoyati uchun jazo tayinlash masalalari ................................. 46 

XULOSA

....................................................................................................................... 51 



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

 ........................................... 54 



ILOVA

........................................................................................................................... 59 

 

 

 


 

KIRISH 



 

Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  dolzarbligi.  O`zbekiston  jamiyati 

rivojlanishining  hozirgi  zamon  bosqichida  inson,  uning  qadr-qimmati,  huquq  va 

erkinliklari oliy qadryat sifatida tan olingan. Inson huquqlari ustuvorligi jamiyatda 

yashash qoidalariga rioya etishda fuqarolar o`rtasida xayrixoh munosabatlar yo`lga 

qo`yilishini,  voyaga  yetib  kelayotgan  avlodni  tarbiyalashda  g`amxo`rlarcha 

munosabatda  bo`lishni,  aholi  salomatligini  ta’minlovchi  shart-sharoitlar  yaratib 

berishni  zaruratga  aylantiradi.  Bu  esa,  o`z  navbatida,  fuqarolar  tomonidan 

jamiyatdagi  xulq-atvor,  xavfsizlik  qoidalariga  va  aholi  salomatligini  saqlashga 

qaratilgan qoidalarga rioya etilishini taqozo qiladi. 

Darhaqiqat,  o`z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo`liga  ega  bo`lgan  yurtimizda  inson 

huquqlarini  kafolatlovchi  ko`plab  me’yoriy  hujjatlar  qabul  qilinib,  amalda  o`z 

ijrosini topmoqda. Shu bilan bir qatorda, sud-huquq sohasidagi islohotlarning ham 

asosiy    maqsadi,  inson  huquq  va  erkinliklarni  mustahkamlashga  qaratilgandir.

 

Prezidentimiz  ta’kidlaganidek,  “Mamlakatimizni  demokratik  yangilashning 



bugungi  bosqichidagi  eng  muhim  yo`nalishlaridan  biri  bu – qonun  ustuvorligi  va 

qonuniylikni  mustahkamlash,  inson  huquqi  va  manfaatlarini  ishonchli  himoya 

qilishga 

qaratilgan 

sud-huquq 

tizimini 

izchil 

demokratlashtirish 



va 

liberallashtirishdan  iboratdir”

1

.  Shu  o`rinda  aytish  mumkinki,



  sud-huquq  tizimini 

isloh  qilish  o`z  navbatida,  jinoyat  qonunchiligini  takomillashtirish  va 

liberallashtirishga  qaratilgan  bir  qancha  vazifalarni  amalga  oshirishni  ham  taqozo 

etadi.  Bu  vazifalar  qatoriga  jinoyat  qonunchiligida  belgilangan  jamoat  tartibi 

jinoyatlar  uchun  javobgarlik  asoslari  va  uning  o`ziga  xos  xususiyatlarini 

oydinlashtirish ham kiradi. 

Birinchidan,  O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksidagi  “Jamoat  tartibiga 

qarshi  jinoyatlar”  qatorida  bezorilik  jinoyati  ijtimoiy  xavfli  jinoyatlar  turkumiga 

                                                

1

 Karimov  I.А.  Demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  – 



mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. T.19. –Toshkent: O’zbekiston, 2011. – 360 b. 

 15-16. 


 

kirgan  bo`lib,  ushbu  jinoyatni  oldini  olish  choralari  ishlab  chiqilgan  bo`lsa-da,  bu 



jinoyatni jiddiy kamaytirishga haligacha erishilgani yo`q.  

Bezorilik  jinoyati  ham  jamiyatdagi  umume’tirof  etgan  huquq  va  axloq 

meyorlariga  asoslangan  munosabatlarga  bepisand,  surbetlarcha  munosabatda 

bo`lib,  bu  ham  o`z  navbatida  insonning  hayotiy  muhim  huquq  va  erkinliklariga 

putur yetkazadi. Binobarin, “Bezorilik” jinoyati sud-tergov amaliyotida ko`p sodir 

etiladigan jinoyatlardan biri hisoblanadi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Oliy 

sudi  statistik  ma’lumotlarga  ko`ra,  2011-yilda  3461  ta,  2012-yilda  2951  ta,  2013-

yilda  2774  ta,  2014-yilda  2473  ta,  2015-yilda  2159  ta  bezorilik  jinoyati  sodir 

etilgan  bo`lib,  uning  katta  qismi  16  yoshdan  25  yoshgacha  bo`lgan  shaxslar  sodir 

etadilar.  Voyaga  yetmaganlar  tomonidan  2014-yilda  126  ta,  2015-yilda  116  ta 

bezorilik jinoyati sodir etilgan.   

Ikkinchidan, bezorilik jinoyati  motiv  va  maqsadi turlicha bo`lib, bu jinoyatni 

sodir  etishda  aybdorning  motiv  va  maqsadini  to`g`ri  aniqlanishi,  jinoyatni  to`g`ri 

kvalifikatsiya qilish  va aybdorga  nisbatan  jazoni to`g`ri tayinlashning asosi  bo`lib 

xizmat  qiladi.  Chunki,  amaliyotda  bezorilik  jinoyatini  noto`g`ri  kvalifikatsiya 

qilish  holatlari  uchramoqda.  Bu  xato  va  kamchiliklardan  biri  bezorilik  motivini 

noto`g`ri  talqin  qilishdir.  Bezorilik  jinoyatini  to`g`ri  kvalifikatsiya  qilishda, 

bezorilik motivini to`g`ri belgilash muhim vazifa hisoblanadi.  

Uchinchidan,  bezorilikning  obyektiv  va  subyektiv  belgilarini  bezorilik 

jinoyatiga bog`lagan holda, chuqur tahlil qilish talab etiladi. Biz tadqiq qilayotgan 

jinoyat  moddiy  tarkibli  jinoyat  bo`lib,  O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat 

Kodeksining  277-moddasida  ko`rsatilgan  jinoiy  oqibat  yuz  berishi  bilan 

tugallangan hisoblanadi.  

Yuqorida bayon etilgan tushunchalar hamda fikr-mulohazalar jamuljam holda 

tanlangan  mavzuning  dolzarbligini,  shuningdek,  uni  chuqur  o`rganish  zaruratini 

belgilaydi. 



Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsad  va  vazifalari.    Tadqiqotning  maqsadi 

bezorilik  jinoyatining  jinoyat-huquqiy  belgilarini  to`liq  tahlil  qilish  va  bezorilik 

jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalari hamda ushbu jinoyat uchun jazo tayinlash 


 

muammolarini  yoritish  orqali  bezorilik  jinoyatining  huquqiy  normasini  jinoyat 



qonunchiligi  va  sud-tergov  amaliyotini  takomillashtirishga  qaratilgan  takliflar    va 

tavsiyalar berishdan iborat.  

Ushbu  maqsadga  erishish  uchun  bitiruv  malakaviy  ishi  doirasida  quyidagi 

vazifalar belgilanadi: 

- bezorilik jinoyatining tushunchasi va belgilarini yuridik tahlil qilish; 

- bezorilik  jinoyati  uchun  jinoiy  javobgarlik  masalalarining  tarixiy 

bosqichlarini qiyosiy tahlil qilish yordamida o`rganish; 

- bezorilik jinoyati tarkibini yuridik tahlil qilish yordamida uning obyektiv va 

subyektiv tomonlarini boshqa jinoyatlardan farqlash; 

- bezorilik  jinoyati  uchun  jinoiy  javobgarlik  masalalarini  tahlil  qilish  hamda 

shu xusisida ayrim muammolarni o`rganib chiqish; 

- bezorilik jinoyatidagi og`irlashtiruvchi holatlarini aniqlash va tahlil qilish; 

- javobgarlikni  og`irlashtiruvchi  holatlarida  bezorilik  jinoyatini  sodir  etgan 

shaxsga nisbatan jazo tayinlash masalalarini yoritish; 

- O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksi  sohasidagi  qonunchilikni 

takomillashtirish masalalarini yoritish; 

Tadqiqot  obyekti.  Tadqiq  qilinayotgan  mavzuning  obyekti  jamiyatda 

o`rnatilgan  axloq-odob  qoidalari  va  shu  qoidalar  zamirida  vujudga  keladigan 

ijtimoiy munosabatlar hamda shaxsning sog`lig`i hamda uning mulk huquqiga oid 

munosabatlar hisoblanadi. 



Tadqiqot  predmeti.  Tadqiq  etilayotgan  bezorilik  jinoyatiga  oid  qonun 

normalari, ilmiy maqola, ushbu turdagi jinoyatga oid sud hujjatlari, arxiv hujjatlari, 

xorijiy  mamlakatlarning  shu  turdagi  jinoyatni  tartibga  soluvchi  qonun  hujjatlari 

hamda shunga o`xshash huquq normalari tadqiqot predmetini tashkil etadi. 



Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Bezorilik jinoyatining O`zbekiston Rspublikasi 

Jinoyat  kodeksi  277-moddasiga  kiritilmagan  obyektiv  hamda  subyektiv  tomon 

belgilarini  amaliy  va  nazariy  tahlil  qilish.  Shuningdek,  O`zbekiston  Respublikasi 

qonunchiligi  doirasida  bezorilik  jinoyatini  kvalifikatsiya  qilish  bilan  bog`liq 

muammolarni  amaliy  va  nazariy  jihatdan  bitiruv  malakaviy  ishi  darajasida 


 

o`rganish,  ushbu  jinoyatni  kvalifikatsiya  qilishda  uning  jinoiy-huquqiy 



belgilarining  ahamiyatini  yoritgan  holda  amaldagi 

qonun 


hujjatlarini  

takomillashtirishga,  sud-tergov  amaliyotini  yanada  yaxshilashga  harakat 

qilish. 

Tadqiqot  natijalarining  ilmiy  va  amaliy  ahamiyati.  Mazkur  tadqiqotning 

nazariy  va  amaliy  ahamiyati  shu  bilan  belgilanadiki,  unda  bezorilik  jinoyatini 

kvalifikatsiya  qilish  masalalarining  umumiy  shartlarini  o`rganish  doirasida 

O`zbekiston  Respublikasining  Jinoyat  kodeksi  va  shu  turdagi  jinoyatlarni  tartibga 

soluvchi    qonunchilikdagi  normalarni  takomillashtirishda,  shuningdek,  mazkur 

tadqiqotda  berilgan  takliflar  va  xulosalardan  yuridik  oliy  o`quv  yurtlarida  jinoyat 

huquqi bilan bog`liq fanlarni o`qitishda foydalanish mumkin. 

Mavzuning  o`rganilganlik  darajasi.  Bezorilik  jinoyatini  kvalifikatsiya  qilish 

masalalarining  ayrim  jihatlari  doimo  olimlarning  diqqat  markazida  bo`lib  kelgan. 

Respublikamiz olimlaridan M.H.Rustamboyev., F.Taxirov, P.Bakunov, L.G.Alimov 

va  boshqalar bezorilik jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalarining ayrim  jihatlarini 

tahlil qilishgan. 

Bezorilik  jinoyatini  kvalifikatsiya  qilish  masalalari  oid  ilmiy  izlanishlar  olib 

borgan  va  olib  borayotgan  olimlar  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo`stligida  ko`pchilikni 

tashkil etadi. Ulardan R.D Sharapov, N. Ivanov, Ye.V Bezruchko., Ye.V Tiщenko, 

V.N.Titov,  S.V.Borodin,  G.N.Borzenkov,  Utanov  M.A,  S.V.Rastoropov, 

M.I.Galyukova, S.R.Bobushev, G.Yu.Karimova va boshqalarni ko`rsatish mumkin.  



Bitiruv  malakaviy  ishining  tuzilishi  va  hajmi  tadqiqotning  maqsadi  va 

vazifalaridan  kelib  chiqqan  bo`lib,  mavzuni  o`rganish  mantig`iga  mos  keladi. 

Bitiruv malakaviy ishi kirish, oltita paragrafni o`z ichiga olgan uch bob, xulosa va 

foydalanilgan adabiyotlar  ro`yxati  hamda  ilovalardan tashkil topgan.  Ish  hajmi 58 

bet.  

 

 



 

I BOB. BEZORILIK JINOYATINING UMUMIY TAVSIFI 



1.1. Bezorilik jinoyati tushunchasi va jinoyat-huquqiy belgilari 

 

O`zbekiston  Respublikasining  1994-yil  22-sentabrda  qabul  qilingan  Jinoyat 



kodeksi Maxsus qismida jinoyatlarning qat’iy ro`yhati berib o`tilgan. Bu jinoyatlar 

o`zining  ahamiyati  va  ijtimoiy  xavflilik  darajasi  bilan  bir-biridan  farqlanadi.  Shu 

jinoyatlar qatorida bezorilik jinoyatining ijtimoiy xavliligi alohida ahamiyatga ega 

hisoblanadi.  Chunki,  bezorilik  jinoyati  ko`plab  boshqa  jinoyatlarni  vujudga 

kelishiga turtki bo`ladi.  

Jinoyat  kodeksi  54-moddasida  sud  jazo  tayinlashda  sodir  etilgan  jinoyatning 

xususiyati  va  ijtimoiy  xavflilik  darajasini,  qilmishning  sababini,  yetkazilgan 

zararning  xususiyati  va  miqdorini,  aybdorning  shaxsini  hamda  jazoni 

yengillashtiruvchi  va  og`irlashtiruvchi  holatlarni  hisobga  oladi,  deb  belgilab 

qo`yilgan. 

Jamiyatda  sodir  etilgan  istalgan  jinoiy  qilmish  o`zining  ijtimoiy  xavflilik 

darajasi va hususiyatidan kelib chiqib bir-biridan farqlanadi. Ijtimoiy xavli qilmish 

jinoyat  huquqida  insonning  ijtimoiy  munosabatlariga  zarar  yetkazuvchi  tashqi 

dunyodagi  g`ayriqonuniy,  ongli,  faol  yoki  passiv  xulq-atvoridir.  Qilmish  har 

qanday jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanadi. Har qanday jinoiy qilmish ijtimoiy 

xavflidir,  qilmishning  bunday  xavfliligi  uning  qonun  bilan  muhofaza  etiladigan 

ijtimoiy  munosabatlarga  zarar  yetkazishda  namoyyon  bo`ladi.  Ijtimoiy  xavfli 

qilmishning  darajasi,  eng  avvalo,  yetkazilgan  zararning  hajmi  va  tajovuz  qilingan 

obyektning qiymati bilan belgilanadi.

1

 



  Ijtimoiy  xavflilik  jinoyatning  qonun  chiqaruvchi  va  huquqni  qo`llovchi 

organlar  erki  bilan  bog`liq  bo`lmagan  obyektiv  belgisidir.  Lekin  bu  toifanining 

qonun  chiqaruvchi  va  huquqni  qo`llovchi  organlar  uchun  ahamiyati  shundaki,  bu 

toifa orqali qanday ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat ekanligi belgilanadi. 

                                                

1

 



Ametov.A.J,  Bezorilikning  ijtimoiy  xavfliligi  //  “Jinoyat  qonunchiligini  takomillashtirish  muammolari”  ilmiy 

amaliy konferensiya materiallari to‘plami. Toshkent, 2010. –B 312-315.

 

 


 

  Ijtimoiy xavflilik quyidagilarga ko`ra belgilanadi: 



a)   jinoyat  qonuni  bilan  qo`riqlanadigan  ijtimoiy  munosabatlarning 

muhimligi; 

b)  yetkazilgan zararning xajmi, xususiyati(xususiyati) va darajasi; 

c)  ijtimoiy xavfli qilmishning xususiyatlari; 

d)  ayrim holatlarda – jinoyat sodir etgan subyektning xususiyatlari.

1

  



Bezorilik  jinoyati  ancha  keng  tarqalgan  jinoyat  hisoblanib,  u  turli-tuman 

ko`rinishlarda  namoyyon bo`ladi. Yuqorida qilmishni  ijtimoiy  xavflilik  darajasiga 

berilgan  ta’riflarda  kelib  chiqib  aytish  mumkinki,  bezorilikning  ijtimoiy  xavfliligi 

shundaki, u jamoat tartibiga jiddiy zarar yetkazadi, og`ir jinoyatlar sodir etilishiga 

imkon  yaratadi.  Bezorilik bilan bog`liq  holda  ba’zan boshqa  og`ir jinoyatlar sodir 

etiladi.  Shuning  uchun  bezorilikni  “jinoyatchilik  maktabi”

2

  deb  atashlari  bejiz 



emas. O`g`rilik, talonchilik, odam o`ldirish va nomusga tegish uchun jazoga hukm 

qilingan  shaxslarni  o`rganish  ularning  yarmidan  ko`pi  o`z  jinoiy  yo`lini  bezorilik 

va  ichkilikbozlikdan boshlanganini ko`rsatadi.  Bezorilik  harakatlarining qariyb 90 

foizi  mast  holda  sodir  etiladi

3

.  Demak,  bezorilikning  vujudga  kelishiga 



ichkilikbozlik  ham  ma’lum  miqdorda  ta’sir  ko`rsatar  ekan.  Shundan  xulosa 

qilishimiz  mumkinki,  mastlik  holatida  bezorilik  sodir  etilsa  Jinoyat  kodeksining 

277-moddasining  og’irlashtiruvchi  holati  deb  baholanishi  maqsadga  muvofiq 

bo’ladi.  

Demak, bezorilik jinoyatining  ijtimoiy  xavfliligi, bezorilik  jinoyati  natijasida 

jamiyatda  o`rnatilgan  tartib-qoidalarning  buzilishi  hamda  fuqarolarning  sog`lig`i 

hamda  mulkiga  zarar  yetishida  ko`rishimiz  mumkin.  Boshqacha  qilib  aytganda 

bezorilik  jinoyatini  sodir  etgan  shaxsning  jamiyatdagi  huquqiy  himoya 

obyektlariga  zarar  yetkazishi  yoki  zarar  yetkazishga  real  xavf  tug`dirishi  uning 

ijtimoiy xavflilik darajasini belgilaydi. 

                                                

1

  Ветров.Н.И,  “Угаловное  право”.  Обшая  часть:  Учебник  для  вузов.  –  М.:  Юнити  –  Дана,  Закон  и  право, 



1999. – С. 48.

 

2



 Н.Иванов, Проблемии квалификации хулиганство // пресс-Москва 2001 г 

3

 М.O’razaliyaev, Mastlik holatida sodir etilgan jinoyatlar: ularning huquqiy tabiati. //  Huquq va burch № 1(109) 



/2015 B.12 

 

Jinoyat  kodeksi  Maxsus  qismida  joylashgan  jinoyatlar  ko`p  qismi  bezorilik 



oqibatida  sodir  etiladi.  Bezorilik  jinoyatining  dispozitsiyasi  Jinoyat  kodeksi  277-

moddasining  1-qismida  ko`rsatib  o`tilgan  bo`lib,  unga  ko`ra  “Bezorilik,  ya’ni 

jamiyatda  yurish-turish  qoidalarini  qasddan  mensimaslik,  urish-do`pposlash, 

badanga  yengil shikast  yetkazish  yoki o`zganing  mulkiga shikast  yetkazish  yohud 

nobud  qilish  ancha  miqdorda  zarar  yetkazish  bilan  bog`liq  holda  sodir  etilgan 

bo`lsa”.  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2002-yil  14-iyunidagi 

“Bezorilikka  oid  ishlar  bo`yicha  sud  amaliyoti  haqida”gi  qarorining  1-bandida: 

“Tushuntirilsinki,  bezorilik  jamoat  tartibiga  qarshi  qaratilgan  bo`lib,  jamiyatda 

yurish-turish  qoidalarini  qasddan  mensimaslikda  ifodalangan  harakatlar  shaxsni 

urish-do`pposlash,  unga  yengil  tan  jarohati  yetkazish  yoki  o`zganing  mulkiga 

ancha  miqdorda  shikast  yetkazish  yohud  ancha  miqdorda  nobud  qilish  bilan 

bog`liq holda sodir etiladi”

1

. Bezorilik jinoyatiga bir qancha adabiyotlarda turlicha 



ta’riflar berib o`tilgan.  

  Huquqshunos  olim  P.Bakunovning  ta’kidlashicha,  “bezorilik  uchun 

jamiyatda  o`rnatilgan  axloq-odob  qoidalarini,  inson  sha’nini  mensimaslik  xosdir. 

Unda  o`ta  xudbinlik,  zo`rlik  ishlatish  orqali  o`zining  haqligini  qo`pol  ravishda 

buzadigan sifatlar mujassamlashadi.”

2

  



  Darhaqiqat,  bezorilik  jamiyatga  ochiqdan-ochiq  hurmatsizlik  bo`lib,  u 

shaxsning  o`zini  atrofdagilarga  g`ayriqonuniy  qarshi  qo`yish,  o`zining  alohida 

shaxsiyatini, dag`al kuchini namoyish etishida aks etadi

3



Bezorilik  jinoyatiga  berilgan  yuqoridagi  ta’riflarda  ushbu  jinoyatning 

hususiyatlarini  to`liq  qamrab  olmagan.  Bizning  fikrimizga  ko`ra  bezorilik 

jinoyatiga  quyidagicha  ta’rif  berilsa  maqsadga  muvofiq  bo`lar  edi  ya’ni  bezorilik 

bu  shaxsning  o`zi  atrofidagi  odamlarning  sha’ni,  qadr-qimmatini  oyoq  osti  qilish 

natijasida  ularning  sog`lig`i  va  mol-mulkiga  ma’lum  miqdorda  zarar  yetkazish, 

shuningdek,  jamiyatda  o`rnatilgan  axloq-odob  qoidalarini  mensimaslik  hamda 

                                                

1

 O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari to’plami: (2001-2006-yillar)- O’zbekiston Respublikasi Oliy 



sudi. –T.: “Adolat”, 2014-yil.  

2

 Bakunov.P. Qasddan badanga og`ir shikast yetkazish jinoyati. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2010. B. 42 



3

 Rustamboyev M.H. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi. 5-tom. Toshkent. 2011.  B.163 



10 

 

ularni qasddan buzishga qaratilgan faol hatti-xarakatdir. 



O`zbekiston  respublikasi  Jinoyat  kodeksi  14-moddasi  2-qismida  “Ushbu 

kodeks  bilan  qo`riqlanadigan  obyektlarga  zarar  yetkazadigan  yoki  shunday  zarar 

yetkazish  real  xavfini  keltirib  chiqaradigan  qilmish  ijtimoliy  xavfli  qilmish 

hisoblanadi”

1

,-deyilgan.  



Bundan  ko`rinib  turibdiki,  jinoyatga  berilgan  ta’rifdan  kelib  chiqib, 

qilmishda  jinoyatning  barcha  belgilari  bo`lsagina  u  jinoyat  deb  topiladi.  Agar 

muayyan  zararli  oqibatning  kelib  chiqishida  shaxsning  aybi  bo`lmasa,  bunday 

qilmish  jinoyat  hisoblanmaydi.  Jinoyat  huquqida  bunday  harakatlar  qilmishning 

jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb aytiladi.  

Yuqorida  jinoyatga  berilgan  ta’rifdan  kelib  chiqqan  holda  jinoyatning 

quyidagi belgilarini ajratib ko`rsatish mumkin: 

1)   qilmishning ijtimoiy xavfliligi; 

2)   qilmishning huquqqa xilofliligi; 

3)   qilmishda aybning mavjudligi; 

4)   qilmishning jazoga sazovorligi. 

Birinchi  navbatda  qonunda  jinoyatning  belgisi  sifatida  “qilmishning  ijtimoiy 

xavfliligi”ni belgilab qo`yilgan. 

Bezorilik  jinoyatining  ijtimoiy  xavflilik  hususiyati  shundaki,  ushbu  jinoyat 

jahonning  barcha  mamlakatlarida  mavjud  bo`lib,  ushbu  jinoyat  boshqa 

jinoyatlarning yuzaga kelishi uchun asosiy mezon vazifasini bajaradi. 

Bezorilik jinoyatining keyingi belgisi uning huquqqa xilofligi bo`lib, huquqqa 

xiloflilik  –  ijtimoiy  xavfli  qilmishning  jinoyat  qonuni  bilan  taqiqlanganligini 

ifodalaydi  ya’ni  bezorilik  jinoyati  O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining 

277-moddasi bilan tartibga solinishini bildiradi. 

Huquqqa  xiloflik  jinoiy  qilmish  tufayli  huquqiy  normalarning  buzilishini 

ifodalaydi.  Huquqqa  xiloflik  shaxs  tomonidan  Jinoyat  kodeksi  Maxsus  qismida 

ko`rsatilgan normalarning buzilishi demakdir. 

                                                

1

 Ikromov.Sh.T, Jinoyat huquqi (darslik). O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014-yil. 89-bet. 



11 

 

Demak, xulosa qiladigan bo`lsak, bezorilik jinoyatiham huquqqa xilof bo`lib, 



uning  oqibatida  Jinoyat  kodeksi  Maxsus  qismi  bilan  qo`riqlanadigan  ijtimoiy 

munosabatlarni buziladi. 

Bezorilik  jinoyati  qasddan  sodir  etiladigan  ijtimoiy  xavfli  qilmish  bo`lib, 

ushbu  qilmish  Jinoyat  kodeksi  Maxsus  qismi  bilan  tartibga  solinadi.  Bezorilik 

jinoyatida  qasdning  mavjudligi  ushbu  qilmishda  aybning  mavjudligini  bildiradi. 

Chunki jinoyat qasdi aybning shakllaridan hisoblanadi. 

Aybning  mavjudligi  (aybdorlik)  belgisi  –  qonun  chiqaruvchi  tomonidan 

Jinoyat  kodeksida  jinoyat  tushunchasiga  aybga  jinoyat  belgilaridan  biri  sifatida 

ta’rif  berilgan.  Aybning  mavjudligi  belgisi  jinoyat  huquqining  “ayb  uchun 

javobgarlik prinsipi”dan kelib chiqadi.  

Jinoyatning  jazoga  sazovorlik  belgisi  –  har  qanday  jinoyat  uchun  jazo 

tayinlanishining  muqarrarligini  bildiradi. Jazo esa sud  hukmi bilan  tayinlanadigan 

davlatning  majburlov  chorasidir.  Jinoyat  kodeksi  42-moddasiga  ko’ra  jazoga 

quidagicha ta’rif berilgan:  

“Jazo  jinoyat  sodir  etishda  aybli  deb  topilgan  shaxsga  nisbatan  davlat 

tomonidan sud  hukmi bilan qo`llanadigan  va  mahkumni qonunda nazarda tutilgan 

muayyan  huquq  va  erkinliklardan  mahrum  qilish  yoki  ularni  cheklashdan  iborat 

majburlov chorasidir. 

Demak,  jazoga  sazovorlik  jinoyatning  belgisi  sifatida  jinoyat  qonuniga  xilof 

qilmish uchun jazo mavjudligini hamda jinoyat va jazo tushunchalari bir-biri bilan 

doimo  o`zaro  aloqadorlikda  ekanligini  bildiradi.  Jazoga  sazovorlik  Jinoyat 

kodeksiga  tegishli  moddalari  dispozitsiyasida  ko`rsatilgan  belgilarning  mavjudligi 

ijtimoiy  xavfli  qilmishni  sodir  etan  shaxsga  nisbatan  jinoiy  jazo  qo`llash 

lozimligini ko`rsatadi. 

Xulosa  qilib  aytganda,  jinoyat  belgilari  qilmishning  jinoiyligini  belgilovchi 

asosiy  mezon  bo`lib,  jinoyatning  moddiy  (tashqi)  belgisi  –  “ijtimoiy  xavflilik” 

bo`lsa,  jinoyatning  formal  belgisi  –  “huquqqa  xiloflilik”  deb  hisoblanadi, 

shuningdek,,  jinoyatning  “aybning  mavjudligi”  va  “jazoga  sazovorlik”  belgilari 

huquqqa xiloflilik belgisidan kelib chiqadi. 


12 

 

Demak,  yuqorida  sanab  o`tilgan  to`rtta  belgining  barchasi  qilmishda    bir 



vaqtning  o`zida  mavjud  bo`lsagina,  qilmish  jinoyat  deb  topiladi,  va  aksincha  ana 

shu belgilardan bittasi bo`lmasa, qilmish jinoyat deb hisoblanmaydi. 




Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling