Jizzax davlat Pedagogika Universiteti Xorijiy til va adabiyot fakulteti ingliz tili yo’nalishi 749-20-guruh talabasi To’laganova Irodaning 2022-yil 7-sentabrdan
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Jizzax davlat Pedagogika Universiteti Xorijiy til va adabiyot fakulteti ingliz tili yo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20__ __-_________gacha Jizzax viloyati Zarbdor tumani 13-maktabdagi HISOBOTI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI Xorijiy til va adabiyoti fakulteti ingliz tili yo’nalishi 749-20-guruh talabasi To’laganova Irodaning o’tagan amaliyoti HISOBOTI Qabul qildi: _________________ JIZZAX-2023 Jizzax davlat Pedagogika Universiteti Xorijiy til va adabiyot fakulteti ingliz tili yo’nalishi 749-20-guruh talabasi To’laganova Irodaning 2022-yil 7-sentabrdan 20__ __-_________gacha Jizzax viloyati Zarbdor tumani 13-maktabdagi HISOBOTI Men To’laganova Iroda Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi 13-maktabga 7- sentabrdan amaliyot o’tashga bordim. Birinchi navbatda maktab direktori Baxtiyor Turg’unov ustozga uchrashdim. Direktor meni Xonto’rayeva Shaxnoza o’qituvchiga biriktirdi. Maktab, o’quv xonalar, o’qituvchilari bilan tanishtirdi. Men asosan 2 va 3 sinflarga kira boshladim. Ularning o’qituvchisi Toshboyeva Charos edi. Uning darslaridan ko’p tajribalar o’rgandim. Qanday dars o’tishni, o’quvchilar bilan qanday muomala qilishni, darsni qiziqarli o’tishni va boshqalarni o’rgandim. Sentabrni oxirlariga borib 1-oktabr “O’qituvchi va Murabbiylar” kuniga tadbir rejalashtirdik. Bunda xamma o’quvchilarga she’rlar va ashulalrni yodlashga berdik. 2-sinflar o’qituvchilar to’g’risida saxna ko’rinishini namoyish etishdi. Tadbir juda ajoyib va qiziqarli o’tdi, tadbir so’ngida director so’zga chiqib, xamma o’qituvchilarga sovg’a berdi. Keyin choraklik nazorat boshlandi, Xonto’rayeva Shaxnoza ustoz o’zlari ingliz tili faniga oid to’rt choraklikka yetadigan qo’llanmani bolalarga tarqatdi. Nazorat ishlari tugagach o’quvchilarga ta’til berildi. Ta’tidan qaytgach ingliz tili va rus tili oyligi o’tkazildi. Bu oylikda xamma sinflardan “Spelling Bee” olindi. Xonto’rayeva Shaxnoza ustoz xamma sinflarga kirib tanlov o’tkazdi, bu tanlovdan o’tgan o’quvchilar maktablar orasida o’tkaziladigan musobaqada ishtirok etishlari mumkin edi. Bu tanlovda o’quvchilar faxrli o’rinni egallashdi. Keyin shu fan oyligida o’qituvchilar o’rtasida musobaqa o’tkazishdi, bunda boshqa fan o’qituvchilarini ingliz tilini qay darajada bilish yoki bilmasligini bilib olishdi. Bu musobaqada xam judayam qiziqarli shartlar bo’lib o’tdi. Ikkinchi chorak xam boshlandi. Bu chorakda davlatimizning milliy bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan katta tadbir o’tkazildi. Bu tadbirga xam katta tayyorgarlik ko’rildi. Birinchi navbatda sinf xonalar bayrog’imiz rangidagi sharlar bilan bezatildi, oynalariga bayrog’imizni rasmi chizildi, xamma xonalar juda chiroyli qilib bezatildi. Kichkina sinf o’quvchilari davlat bayrogimiz xaqida she’rlar aytishdi, ajoyib qo’shiqlarga raqsga tushishdi. Yuqori sinflar o’quvchilari xam o’zlarining she’r-u-qo’shiqlari bilan xamma diliga xush kayfiyat ulashishdi. Undan keyin eng katta bayramimiz 8-dekabr davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilin kun munosabati bialn tadbir o’tkazildi. Bu tadbir xam ko’tarinki ruhda o’tkazildi. Xonto’rayeva Shaxnoza ustoz o’tadigan sinflardagi o’quvchilar ingliz tilini o’zlashtirishga qiynalishar edi, lekin o’qituvchisi ularni darsdan keyin qo’shimcha to’garakka olib qolib, qayta tushuntirb berebdi. Uchinchi chorak 23 yanvardan darslar boshlandi. O’quvchilar ta’tildan qaytgandan keyin darslarni boshlab oldik. Turli xil maczular berilgan workbooklarda qiziqarli dars mashqlari bor ish reja asosida dars o’tildi. Bu chorakda 14- fevral Zahriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlab maktabda tadbir o’tkazildi. Hamma sinfdan Bobur ijodiga mansub uning hayoti va ijodi haqida g’azallar aytishdi va tadbir juda yaxshi bo’ldi.Bahorning birinchi kuni 1- mart Zulfiyaxonim tavalludiga bag’ishlab tadbir bo’ldi bunda ham o’quvchilarimiz tayyorgarlik ko’rishgan ekan.Keyingi tadbirimizdan bo’lmish 21-mart “Navro’z” bayrami keng nishonlandi. Maktabimizda 17-mart kuni bayramga atab navro’z sayli o’quvchilar bilan o’tkazildi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling