Jizzax davlat Pedagogika Universiteti Xorijiy til va adabiyot fakulteti ingliz tili yo’nalishi 749-20-guruh talabasi To’laganova Irodaning 2022-yil 7-sentabrdan


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1534519
Bog'liq
Jizzax davlat Pedagogika Universiteti Xorijiy til va adabiyot fakulteti ingliz tili yo



 
 
 
 
 
 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
Xorijiy til va adabiyoti fakulteti ingliz tili yo’nalishi
749-20-guruh talabasi To’laganova Irodaning
o’tagan amaliyoti 
 
 
HISOBOTI 
 
Qabul qildi: _________________ 
 
JIZZAX-2023 


 
Jizzax davlat Pedagogika Universiteti Xorijiy til va adabiyot fakulteti ingliz tili
yo’nalishi 749-20-guruh talabasi To’laganova Irodaning 2022-yil 7-sentabrdan 
20__ __-_________gacha Jizzax viloyati Zarbdor tumani 13-maktabdagi 
HISOBOTI 
Men To’laganova Iroda Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi 13-maktabga 7-
sentabrdan amaliyot o’tashga bordim. Birinchi navbatda maktab direktori Baxtiyor 
Turg’unov ustozga uchrashdim. Direktor meni Xonto’rayeva Shaxnoza o’qituvchiga 
biriktirdi. Maktab, o’quv xonalar, o’qituvchilari bilan tanishtirdi. Men asosan 2 va 3 
sinflarga kira boshladim. Ularning o’qituvchisi Toshboyeva Charos edi. Uning 
darslaridan ko’p tajribalar o’rgandim. Qanday dars o’tishni, o’quvchilar bilan qanday 
muomala qilishni, darsni qiziqarli o’tishni va boshqalarni o’rgandim. Sentabrni oxirlariga 
borib 1-oktabr “O’qituvchi va Murabbiylar” kuniga tadbir rejalashtirdik. Bunda xamma 
o’quvchilarga she’rlar va ashulalrni yodlashga berdik. 2-sinflar o’qituvchilar to’g’risida 
saxna ko’rinishini namoyish etishdi. Tadbir juda ajoyib va qiziqarli o’tdi, tadbir so’ngida 
director so’zga chiqib, xamma o’qituvchilarga sovg’a berdi. Keyin choraklik nazorat 
boshlandi, Xonto’rayeva Shaxnoza ustoz o’zlari ingliz tili faniga oid to’rt choraklikka 
yetadigan qo’llanmani bolalarga tarqatdi. Nazorat ishlari tugagach o’quvchilarga ta’til 
berildi. Ta’tidan qaytgach ingliz tili va rus tili oyligi o’tkazildi. Bu oylikda xamma 
sinflardan “Spelling Bee” olindi. Xonto’rayeva Shaxnoza ustoz xamma sinflarga kirib 
tanlov o’tkazdi, bu tanlovdan o’tgan o’quvchilar maktablar orasida o’tkaziladigan 
musobaqada ishtirok etishlari mumkin edi. Bu tanlovda o’quvchilar faxrli o’rinni 
egallashdi. Keyin shu fan oyligida o’qituvchilar o’rtasida musobaqa o’tkazishdi, bunda 
boshqa fan o’qituvchilarini ingliz tilini qay darajada bilish yoki bilmasligini bilib olishdi. 
Bu musobaqada xam judayam qiziqarli shartlar bo’lib o’tdi. Ikkinchi chorak xam 
boshlandi. Bu chorakda davlatimizning milliy bayrog’i qabul qilingan kun munosabati 
bilan katta tadbir o’tkazildi. Bu tadbirga xam katta tayyorgarlik ko’rildi. Birinchi 
navbatda sinf xonalar bayrog’imiz rangidagi sharlar bilan bezatildi, oynalariga 
bayrog’imizni rasmi chizildi, xamma xonalar juda chiroyli qilib bezatildi. Kichkina sinf 
o’quvchilari davlat bayrogimiz xaqida she’rlar aytishdi, ajoyib qo’shiqlarga raqsga 
tushishdi. Yuqori sinflar o’quvchilari xam o’zlarining she’r-u-qo’shiqlari bilan xamma 


diliga xush kayfiyat ulashishdi. Undan keyin eng katta bayramimiz 8-dekabr davlatimiz 
Konstitutsiyasi qabul qilin kun munosabati bialn tadbir o’tkazildi. Bu tadbir xam 
ko’tarinki ruhda o’tkazildi. Xonto’rayeva Shaxnoza ustoz o’tadigan sinflardagi 
o’quvchilar ingliz tilini o’zlashtirishga qiynalishar edi, lekin o’qituvchisi ularni darsdan 
keyin qo’shimcha to’garakka olib qolib, qayta tushuntirb berebdi.




Uchinchi chorak 23 yanvardan darslar boshlandi. O’quvchilar ta’tildan qaytgandan 
keyin darslarni boshlab oldik. Turli xil maczular berilgan workbooklarda qiziqarli dars 
mashqlari bor ish reja asosida dars o’tildi. Bu chorakda 14- fevral Zahriddin Muhammad 
Bobur tavalludiga bag’ishlab maktabda tadbir o’tkazildi. Hamma sinfdan Bobur ijodiga 
mansub uning hayoti va ijodi haqida g’azallar aytishdi va tadbir juda yaxshi 
bo’ldi.Bahorning birinchi kuni 1- mart Zulfiyaxonim tavalludiga bag’ishlab tadbir bo’ldi 
bunda ham o’quvchilarimiz tayyorgarlik ko’rishgan ekan.Keyingi tadbirimizdan 
bo’lmish 21-mart “Navro’z” bayrami keng nishonlandi. Maktabimizda 17-mart kuni 
bayramga atab navro’z sayli o’quvchilar bilan o’tkazildi.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling