K. D. Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to’grisida


Download 95 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi95 Kb.
#1411063
  1   2   3   4
Bog'liq
Rus pedagog-olimlarining pedagogik g’oyalari. K. D. Ushinskiy pe


Rus pedagog-olimlarining pedagogik g’oyalari. K.D.Ushinskiy pedagogic nazariyasi va didaktik ta’limoti.
Reja:

  1. Rus pedagog-olimlarining pedagogik g’oyalari

  2. K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to’grisida

  3. Jahon pedagogoka fanining rivojlanish tarixi va bayoni

  4. Pedagogika tarixi” kursiga kirish


988-yilda xristian dinini qabul qilingan Krill va Mefodiylar grek alfabiti asosida kirill alifbosini ishlab chiqdilar. Sharqiy slavyan tili rus yozuvi uchun asos qilib olindi. Kiev Rusiga xristan dini bilan birga vizantiya madaniyatining ayrim elementlari ham kira boshlagan.
U vaqtlarda maktablar cherkov va monastor qoshida ochilar edi. Rus knyazlarning maslahati bilan 988-yilda knyaz Vladimir cherkov binosini qurib poplar tayinladilar va nomdor kishilarning, o'z mulozimlarining bolalarini yig'ib o'qitdi.
1028 yilda knyaz Yaroslov Novgorod shahrida “oqsoqollar va poplarning” bolalaridan 300 ga yaqinnini to’plab kitob o'qitgan.
Yuqoridagi ikki faktdan ma`lum buo’ishicha Rossiyada maktablar X asr oxiri XI asr boshlarida ochilgan. Rossiyadagi dastlabki maktab cherkovlar va monastorlar huzurida ochilgan va kutubxonalar tashkil etilgan.
XI-XII asrlarda Kiev davlatining madaniyati g'arbiy Yevropadagi yirik davlatlarning madaniyatidan ancha kuchli edi. Rus knyazlari va boyarlari orasida o’qimishli, madaniyatli kishilar bo'lgan. Knyaz Yaroslov birinchi marta kutubxona ochgan, uning tashubbusi bilan grek timlidagi kitoblar rus tilida tarjima qilingan.
Knyaz Svyatoslov ma`lumotli kishilarni o'z atrofiga to’plagan. Svyatoslav o'z zamonasining eng ma`rifatli kishisi edi. XI asr oxirida “Svyatoslav to’plami” nashr qilingan.
Kiev rusning madaniyati – rus, ukrain va belarus xalqlari madaniyatining o'sishiga asosiy manba bo'lgan. Bu kabi faktlar shuni kursatadiki, XI-XII asrlar qadimgi rusda madaniyat va maorif rivojlangan. Ana shunday davrda rus pedagogik to’plamlari vujudga keldi: “Izmagarad” (zumrad) “Izbornik Svetoslava”,”Zlatuystroy”, “Zlatoust” kabilar. Bu to'plamlarda bola tarbiyasi haqidagi fikrlar tavsiya qilingan “Vladimir Monamaxning bolalarga nasihati” asari juda katta ahamiyatga ega. U bu asarida bolalarni Vatanni sevishga, Vatanni dushmanlardan himoya qilishga, harakatchan mehnatsevar, va botir kishilar bo'lishiga chaqiradi. U bolalarni insonparvar, kattalarni hurmat qiladigan, kichiklarni izzat qiladigan bo'lib tarbiyalashlarini talab qiladi.
XVI asrning ikkinchi yarimida cherkovlar qoshida maktablar ochila boshlaydi. Lekin bu maktablar rus ma`rifatining talabini qondira olmas edi. Natijada “Savod ustalari” tashkil qilingan.
Iogann Genrix Pestalotsining didaktika va boshlang’ich ta’lim metodikasiga qo’shgan hissasi
Iogann Fridrix Gerbart Germaniyada tug`ildi. Gerbart dastlab lotincha klassik maktabda, so`ngra esa Iyen universitetida o`qidi.
Gerbart universitetni tamomlagach, shveytsariyalik bir aristokrat oilasida tarbiyachi bo`lib ishladi. 1800 yilda u Pestalotssining Burgdorf institutiga bordi. Lekin u ulug` pedagogning demokratik qarashlarini o`zlashtira olmadi.
1802 yildan boshlab Gerbart Gyottingen va Kenigsberg universitetlarida professor bo`lib ishladi. Gerbart bu universitetlarda o`zining pedagoglik faoliyatini kengaytirib yubordi: psixologiya va pedagogikadan leksiyalar o`qidi, o`qituvchilar tayyorlash seminariyalariga rahbarlik qildi. U seminariya huzurida tajriba maktabi ochib, o`zi bu maktabda matematikadan dars berdi.
Gerbart o`zining «Tarbiya maqsadlaridan kelib chiqqan umumiy pedagogika» (1806), «Psixologiya darsligi» (1816), «Psixologiyani pedagogikaga tatbiq qilish to`g`risidagi xatlar» (1831), «Pedagogikaga doir leksiyalar ocherki» (1835) degan kitoblarida pedagogikaga doir g`oyalarini keng bayon qilib berdi.
Tarbiyaning mohiyati, maqsadi va vazifalari. Gerbart tarbiya maqsadini belgilab olishga katta ahamiyat berdi. U tarbiyaning maqsadi yaxshi fazilatli kishini tarkib toptirishdan iborat, deb hisoblaydi. Gerbart shu maqsadni abadiy va o`zgarmas deb hisoblab, odamlarni mavjud munosabatlarga moslasha oladigan, o`rnatilgan huquq tartibini hurmatlaydigan, shu tartibga itoat qiladigan kishilar qilib tarbiyalashni ko`zda tutdi.
Pedagog o`zi tarbiyalayotgan bolaning oldiga shunday maqsad qo`yishi lozimki, bola ham o`sib katta bo`lganidan keyin o`z oldiga shunday maqsadlar qo`ya bilsin. Mana shu bo`lajak maqsadlar: 1) ro`yobga chiqishi mumkin bo`lgan maqsadlar va 2) zarur maqsadlar deb ikkiga bo`linishi mumkin.
Odam bir vaqti kelib muayyan ixtisos sohasida o`z oldiga qo`yishi mumkin bo`lgan maqsadlar ro`yobga chiqishi mumkin bo`lgan maqsadlardir. Zarur maqsadlar deb shunday maqsadlarga aytiladiki, bu maqsadlar odamga o`z faoliyatining har qanday sohasida kerak bo`ladi. Tarbiya ro`yobga chiqishi mumkin bo`lgan maqsadlarni o`z oldiga qo`ygach, u odamda xilma-xil, har tomonlama idrok qilish qobiliyatini o`stirishi, qiziqish doirasini kengaytirishi va to`laroq qilishi lozim, mana shuning o`zi ichki erkinlik g`oyasiga, takomillik g`oyasiga muvofiq bo`lib tushadi. Zarur maqsadlarga kelganda tarbiya bo`lajak arbobning axloqini xayrixohlik g`oyasi, huquq va adolat g`oyasi asosida tarkib toptirishga yoki Gerbartning so`zi bilan aytganda, bu arbobda barqaror axloqiy xarakter vujudga keltirishga majburdir. K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to’grisida. K.D.Ushinskiy 1824 yil 19 fevralda Tula shahrida tug'ildi. Ushinskiy bolalik va o'smirlik davrlarini Chernigov gubernasiga qarashli Novgorod-Seversk shahri yaqinida bo'lgan ota-onasining katta bo'lmagan erida o'tqazadi. 22 yoshdan boshlab Ushinskiy Yaroslovldagi adliya liseyida ensiklopediya, qonun-shunoslik, davlat huquqi va moliya fanlari kafedrasida professorlik vazifasida ishlay boshladi.
K.D.Ushinskiy o’qituvchilik va professorlik faoliyati davrida hamma bilimini tаlаbаlarga berishga, ularda ilm-fanlarni qunt bilan, jiddiy suratda o’qish havasini to’g’dirishga, ularda xalqqa muhabbat, unga xizmat qilish uchun tayyor turishi hissasini tarbiyalashga intiladi. Ushinskiyning taraqqiyparvarlik faoliyatini ko’rolmagan reaksion kayfiyatdagi professorlar, lisey rahbarlari, ichki ishlar vazirligining xodimlari uning ustidan hukumatga chaqiq xati yozdilar, K.D.Ushinskiyning fikri mavjud tuzumga noto’g'ri, buzuq, xavfli kishi deb tuhmat toshi otilgan.1884 yilda Yevropada bo'lib o'tgan inqiloblar podsho hukumatini chuchitadi. Podsho hukumati shubhali kishilarni ta`qib ostiga ola boshlaydi. Shu jumladan Ushinskiy ham 1849 yilda liseydan “yomon otliq” qilib ishdan bo'shatiladi. Shundan so'ng u moddiy jihatdan qiynaladi. Shu yillari o'z zamonasi uchun mashhur bo'lgan “Zamondosh (“Sovremennik”)” va “O’qish uchun kutubxona” (“Biblioteka dlya chiteniya”)” jurnallarida adabiy xodim bo'lib ishlaydi, chet tillarini (ingliz tili) o'rganadi. Chet tillardagi asarlarni rus tiliga tarjima qiladi.
1859 yilda Ushinskiy Smolniy aslzoda qizlar institutida o'qituvchi va inspektorlik vazifasida ishga o'tadi. Bu o’rta ma`lumot beradigan maktab yopiq o'quv yurti bo'lgan, bunda qizlar ta`lim va tarbiya olganlar. Ushinskiy institutga ishga borgach tubdan islohotlar o'tkazadi. 1860-61 yillarda «Xalq maorifi ministrligi» jurnaliga rahbarlik qildi, quruq, kishilarni qiziqtirmaydigan umumiy jurnalni ilmiy pedagogika jurnaliga aylantirdi.
K.D.Ushinskiyning tarbiya nazariyasi falsafa, filologiya, pedagogika, psixologiya, anatomiya, fiziologiya, tarix fanlari qonuniyatlariga asoslanadi. Uning fikricha, tarbiyaning vazifasi yoshlarni har tomonlama rivojlantirishdan iborat: tarbiyachi va o'qituvchilar tarbiyaning prinsipini, qoidalarini o'rganishlari kerak va shu bilan birga ana shu qoida va qonunlarni amaliyotga qo'llay bilishlari kerak. Ushinskiy “Inson tarbiya predmeti sifatida” nomli asarida tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqdi. Bu asar pedagogik-psixologik asardir. Chunonchi, sezgilarning fiziologik asoslari: xotira, idrok, nutq, tafakkur kabi psixik jarayonlar va ularning rivojlanishi yoritilgan. Bu asarda psixik hodisalarning ro'y berishi haqida xulosalar chiqariladi. K.D.Ushinskiy pedagogik tizimga xalqchillik prinsipini asos qilib olgan. Ushinskiy tarbiyaning xalqchilligi degan iborani xalqning barcha bolalarini maktabda o'qitish, ona tilini ta`limning asosi qilib olish, bolalarga o'z vatanlari tarixidan, geografiyasidan, tabiatidan keng bilim berish deb bildi. Xalq ruhi bilan sug'orilgan tarbiya bolalarga vatanga muhabbat, vatan oldidagi burchlarini sezish hissini o'stirish va butun kuchlarini vatan, xalq xizmatiga qaratilgan bo'lishi lozim.
Har bir avlod o'z xis tuyg'ularini, tarixiy voqialar, diniy e`tiqod, maslak natijalarini, boshidan kechirgan qayg'u va xursanchiliklarini ona tili xazinasiga qo'shadi. Xalq butun ma`naviy xayoti natijalarni ehtiyot qilib o'z tilida saqlab keladi. Til bor ekan, xalq ham bor, xalqning hayot ekanligini til orqali bilish mumkin.

Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling