Kelishildi” Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Hududiy o‘quv muassasalari bo‘yicha prorektori


Download 54.02 Kb.
bet1/7
Sana23.04.2023
Hajmi54.02 Kb.
#1390326
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TATU Urganch filiali


KELISHILDI”
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Hududiy o‘quv muassasalari bo‘yicha prorektori:
________________ SH. To‘rayev
____” _____________ 2023 yil






TASDIQLAYMAN”
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori
________________ B. Maxkamov
____” _____________ 2023 yil





Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialini
2023-2026-yillarda strategik rivojlantirish
DASTURI



T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mablagʻ va
moliyalashtirish manbalari


Masʼul ijrochilar

I. Oʻquv jarayoni boʻyicha

1.1.

Axborot texnologiyalari boʻyicha dunyoning yetakchi ilmiy-taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, oʻquv jarayoniga ilgʻor xorijiy tajribalarini joriy etish, taʼlim-tarbiya va ilmiy-tadqiqotlar sifati va samarasini oshirish maqsadida filial tarkibiy tuzilmasini takomillashtirib borish.

Xorijdagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik shartnomalarini tuzish;
har oʻquv yilida xorijdagi yuqori salohiyatli 3 nafardan kam boʻlmagan professor-oʻqituvchilarni taʼlim jarayoniga jalb etish.

2023-2026-yillarda

Filialning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Direktor,
direktor oʻrinbosarlari, fakultet dekani, oʻquv-uslubiy boʻlim, xodimlar boʻlimi

1.2.

Filialda yangi yoʻnalish va mutaxassisliklar ochish

Har yili hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va iqtisodiyot tarmoqlaridan kadrlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish;
hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va iqtisodiyot tarmoqlaridagi oʻrganilgan kadrlarga boʻlgan ehtiyoj va Filialdagi professor-oʻqituvchilar salohiyatini eʼtiborga olgan holda yangi yoʻnalish va mutaxassisliklarni ochish boʻyicha takliflar berish

2023-2026-yillarda

-

Direktor,
direktor oʻrinbosarlari, marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi

1.3

Filial kafedralarida professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar ish faoliyatini samaradorligini oshirish maqsadida ularni ragʻbatlantirish mexanizmini ishlab chiqish

Professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarni ish faoliyatini obyektiv baholash mezonlarini ishlab chiqish va KPI tizimini ishlab chiqish;
Professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarning filialni rivojlanishiga qoʻshgan hissalarini KPI tizimi asosida baholab ragʻbatlantirish

2023-2026-yillarda

Filialning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Direktor,
direktor oʻrinbosarlari, fakultet dekani, oʻquv-uslubiy boʻlim, xodimlar boʻlimi, ilmiy tadqiqot ishlar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash boʻlimi

1.4

Mahalliy va xorijiy universitetlar bilan talabalar almashinuvini tashkil etish

Nufuzli mahalliy va xorijiy universitetlar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish;
Shartnoma imzolangan mahalliy va xorijiy universitetlar bilan talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2023-2026-yillarda

Filialning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Direktor,
direktor oʻrinbosarlari, fakultet dekani, oʻquv-uslubiy boʻlim, xalqaro hamkorlik boʻlimi

1.5

Real iqtisodiyot va isteʼmolchilar talablarini eʼtiborga olgan xolda Davlat taʼlim standartlari tuzilmasi va mazmuni boʻyicha loyihalar tayyorlash.

Real iqtisodiyot va isteʼmolchilar talablari asosida Davlat taʼlim standartlari,malaka talablari, oʻquv reja va fan dasturlarining loyihalarini ishlab chiqish.

Muntazam

-

Oʻquv ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Ishchi guruh

1.6

Oʻquv jarayoni va mustaqil taʼlimda yetuk olim va mutaxassislarni taklif etgan holda:
muammoli va munozarali ochiq maʼruzalar, muloqot va taqdimotlar, master-klasslar, maxsus seminarlar,
debat va disput klublar, konferens-muloqotlar tashkil etish.

Filial oʻquv jarayonini tashkil etishga kiritilgan oʻzgarishlarni eʼtiborga olgan holda auditoriya darslari salmogʻini xalqaro meʼyorlar darajasida boʻlishini taʼminlash va mustaqil taʼlim komponentini keskin oshirish, interaktiv muloqotlarga eng taniqli, malakali va iqtidorli olim va mutaxassislarni jalb etishga ustuvor masala sifatida qarash va taʼminlash

2023-2026-yillarda

Filialning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Oʻquv ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, oʻquv-uslubiy boʻlim, fakultet dekani, kafedra mudirlari

1.7

Kafedralar xususiyatidan kelib chiqqan holda “Kafedralar reytingi” mezonlarini yaratish va uni muntazam tizimli takomillashtirib borish, har yil yakuni boʻyicha uni aniqlash.

Kafedralarda oʻquv jarayonini, oʻquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy tadqiqot ishlarini sifatli va samarali tashkil etish, filialning xalqaro va milliy taʼlim va tadqiqotlar maydonidagi nufuzini yanada kuchaytirish hamda uning axborot-resurs va moddiy-texnik salohiyatini rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasini hisobga olgan holda “Kafedralar reytingi”ni yaratish.

2023-yil

-

Direktor oʻrinbosarlari, oʻquv-uslubiy boʻlim, dekan, kafedra mudirlari, xodimlar boʻlimi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, monitoring va ichki nazorat boʻlimi

1.8

Professor-oʻqituvchilarni rivojlangan xorijiy mamlakatlar universitetlariga malaka oshirishga yuborish.

Har oʻquv yilida 5-7 nafar professor-oʻqituvchilar xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish yoki stajirovkaga yuboriladi.

2023-2026-yillarda

El-yurt umidi jamgʻarmasi, xalqaro grantlar,filialning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Direktor oʻrinbosarlari,
Oʻquv-uslubiy boʻlim,
fakultet dekani,
kafedra mudirlari.

1.9

Professor-oʻqituvchilarning amaliy koʻnikmalarini oshirish maqsadida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalari bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida stajirovkalarini tashkil etish.

Professor-oʻqituvchilar uchun kadrlar buyurtmachilari boʻlgan tashkilot va korxonalarda shuningdek, xorijiy ilmiy markazlar va oliy taʼlim muassasalarida stajirovkalar tashkil etish.

2023-2026-yillarda

-

Direktor oʻrinbosarlari,
Oʻquv-uslubiy boʻlim,
fakultet dekani,
kafedra mudirlari.


Download 54.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling