Firmani kontseptual strategik


Download 45.08 Kb.
bet1/7
Sana15.01.2023
Hajmi45.08 Kb.
#1094147
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FIRMANI KONTSEPTUAL - STRATEGIK

FIRMANI KONTSEPTUAL - STRATEGIK


BOSHQARISH


REJA:


1.Kontseptual – strategik boshqaruv ahamiyati 2.Strategik boshqaruvni amalga oshirish jarayoni 3.Strategik boshqaruvda marketingning vazifasi 4.Krizisdan chiqishning asosiy mexanizmi


Kontseptual – strategik boshqaruv ahamiyati

Iqtisodiyotning asosiy tarmog’idan biri korxona (firma) hisoblanadi. Keyingi ikkinchi va uchinchi o’n yilliklar ichida firma ichidagi qayta qurish, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda barcha xo’jalik mexanizmini qayta tashkillash-tirishga sabab bo’ldi. Jumladan Janubiy Amerika, Yaponiya, Farbiy Yevropa.


Boshqaruv postulatlarni mamlakatlarda qayta ko’rib chiqish 70 yillar ohirida turli xil qarama-qarshiliklarni engib o’tish yo’lini qidirish sharoitida boshlandi. Ularga: ekstensiv o’sish imkoniyatlarini tugalanganligi, energetik krizis, mehnat unumdorligini o’sish sur’ati tushishini kiritishimiz mumkin.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida bizning mamlakatimizda shu narsa ayon bo’ladiki buyruqbozlik boshqaruv tizimi sharoitida «ishlovchi» barcha boshqaruv postulatlari va amaliy tajribalar nafaqat yaxshi ishlamayapti balki umuman bozor sharoitiga to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun, hozirgi paytda yangi boshqaruv falsafasiga asoslangan xolda, g’arb firmalarining tajribasini hisobga olgan holda ichki boshqaruvni qayta qurish korxonani bankrotlikdan asrash asosiy vazifa bo’lib qoldi. Bugungi kunda g’arb tajribasini o’rgangan holda shuni aytish kerakki, zamonaviy lider firmalari raqobatchilarining tajribalarini o’zlariga oldilar, lekin ularning faoliyatlarini chuqur mantiqiy tahlil qilmadilar.
Bugungi kunda menejmentning asosiy mashhur tushuncha-laridan biri
«noaniqlik» tushunchasi «bilmaslik» emas, balki xarakat sharoitlarining doimiy o’zgarishidir. Shu narsa aniq bo’lmoqdaki, faqat ma’muriy vositalar bilan past samarador-likka erishilmoqda - yangi, boshqacha bir innovatsion boshqaruv talab etilmoqda. Shuni takidlash kerakki, firmani innovatsion boshqaruv kontseptual - strategik bo’lishi mumkin emas.
Yangi boshqaruv falsafasini rivojlanishi bilan quyidagi xatoliklar yuzaga chiqmoqda:
Masalan: qiyin boshqaruv muammolari xal qilishda oddiy usullar orqali amalga oshirilmoqda (misol, korxona boshqa-ruvini almashtirish va kadrlarini qayta joylashtirish) shuning uchun zamonaviy menejment muammoni kontseptual strategik fikrlash orqali xal etishni talab qiladi, jumladan:

  • sistemali yondashuv printsiplardan keng amaliy foydalanish;

  • boshqaruv samaradorligining asosiy kriteriyalarini xamda tushunchalarini ko’rib chiqish;

  • tashkiliy tuzulmani shakllantirishning yangi tamoyil-larini qulash.

70 yillarda rivojlangan Yevropa mamlakatlarida odatiy tashkiliy tuzulmadagi kamchiliklar aniq namoyon bo’la boshlagan edi va bu xolatni ilmiy-texnikaviy sohadagi faoliyatlarda vakolatlarni va mas’uliyatlarni taqsimlash muammolarini yuzaga chiqqanligi bilan bog’lash mumkin.
Bu va boshqa xolatlar tashkilotchilik strukturasini eng samaralisini qidirishga olib keldi.
80 yillarga kelib yangi «jimjit» boshqaruv revolyutsiya» nomini olgan yangi paradigma yuzaga chiqdi.
Ushbu yangi boshqaruv paradigmasiga asosan g’arb menej-mentida ekstirmal qarorlar qabul qilish asosida boshqaruv sistemasini qo’llaydilar. Menejerlar strategik boshqaruvga ko’p murojat qilishadi chunki yangi yondashuvni talab qiladigan zamonaviy iqtisodiy hayotni realligi asosida tashqi muhitdagi birdaniga yuz beradigan o’zgarishlarni ko’rish imkoniyat beradi.



Download 45.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling