Kenjaev Navroʼz nаzorаt sаvollаri


Download 27.25 Kb.
Sana01.05.2020
Hajmi27.25 Kb.
#102578
Bog'liq
1 seminar Dem




Kenjaev Navroʼz
NАZORАT SАVOLLАRI
1.“Oʼzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanini oʼrganishning zarurligi, maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

2.“Oʼzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining predmeti va obʼekti hamda uning manbalari toʼgʼrisida nimalarni bilasiz?

3.Oʼzbekistonda demokratik jamiyat qurishning asosiy tushunchalari va oʼziga xos xususiyatlarini izohlang?

4.Oʼzbekistonda demokratik jamiyat qurishning umumjahon eʼtirof etgan qonuniyatlari va oʼziga xos taraqqiyot yoʼli mavjudmi?

5.Ushbu fanning boshqa ijtimoiy gumanitar fanlar orasida tutgan oʼrnini qanday izohlaysiz?

6.Fanni oʼrganishning muhim ahamiyati nimalardan iborat?
Javoblar

1. Oʼzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini oʼrganish, mamlakat hayotida keng koʼlamli islohotlarni amalga oshirish bilan bogʼliq qonuniyatlarni bilish va oʼrganiladigan, demokratik taraqqiyot yoʼlida «Oʼzbek modeli» ni tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega. Bu demokratiyaning milliy va umumbashariy tamoyillarini aniq tasavvur etish, ijtimoiy hayotni u bilan bogʼlab olib borishga oʼrgatadi. Mamlakatimizda demokratiyaning qaror topib borishi, Oʼzbekistonning dunyo hamjamiyatida oʼzining nufuzli oʼrniga ega boʼlishiga, yoshlarda demokratik ong va tafakkurni shakllantirish, milliy-maʼnaviy merosni qadrlash, vatanparvarlik tuygʼularini mustahkamlashga koʼmaklashadi. Mamlakatda erkin, demokratik fuqarolik jamiyatini qurish nazariyasi hamda amaliyoti bilan chuqurroq tanishtiradi. Shu maqsadni amalga oshirishda xizmat qiladi. Oʼzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini oʼrganishning oʼziga xos zarurat va sabablari mavjud.

Birinchidan, bugun dunyoda demokratiya, demokratik jamiyat toʼgʼrisida muayyan moʼʼtadillashgan ilmiy kontseptsiyalar ishlab chiqilgan. Ularda demokratik jamiyatning qiyofasi, asoslari, yashash va rivojlanishining umumeʼtirof etilgan qonuniyatlari hamda uning har bir davlat, halqning milliy-maʼnaviy xususiyatlari bilan bogʼliq jihatlari tobora keng miqyosda oʼz ifodasini topmoqda.

Bugungi kunga kelib dunyoning 160 dan ortiq davlatlarida demokratik tuzumlar umumbashariy va milliy qadriyat sifatida qaror topgani eʼtirof etilmoqda. Аynan xozirgi davrga kelib, demokratiya insoniyat hayot

tarzining eng maqbul rivojlanish yoʼli ekanini deyarli barcha eʼtirof etayotganligi va uning jahoniy koʼlam kasb etayotganligi demokratiyani fan sifatida oʼrganishni taqozo etayotgan sabablardan biridir.

Ikkinchidan, Oʼzbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyat-uning oʼziga xos xususiyatlarini aniqlash, oʼrganish zarurati ham shu qonuniyat bilan bogʼliqdir. Ijtimoiy-gumanitar va ijtimoiy-siyosiy fanlar qatorida uning maxsus fan sifatida oʼqitilishi dunyodagi demokratik oʼzgarishlar bilan bogʼliq umumiy qonuniy asoslarga ega boʼlgani bois uni hisobga olish zarur. Har bir mustaqil mamlakat oʼzining taraqqiyot yoʼlini va qurayotgan jamiyatni bilishga, uning qonuniyatlarini aniqlab olishga alohida ehtiyoj sezadi. Shu nuqtai nazardan, hozirgi paytgacha ijtimoiy-siyosiy fanlar tizimida huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga bevosita taalluqli boʼlgan masalalarni ilmiy jihatdan aniq bir voqelik sifatida, yaxlitligicha oʼrganuvchi fan vujudga kelmagan. Fikrimizcha, Oʼzbekistonda demokratik jamnyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani aynan shu jarayonni toʼliq qamrab olish imkoniyatiga ega. Negaki, bu fan eng avvalo jahon sivilizatsiyasining tarixiy tajribalariga asoslangan holda mamlakatimizning oʼziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, adolatli demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishning nafaqat nazariy masalalarini, balki uning amaliy jihatlarini yaxlit tarzda oʼrganadi. Bu fanni yana shuning uchun ham Oʼrganish zarurki, Sharq va Gʼarb sivilizatsiyalari tutashgan makonda tarixda birinchi bor umumeʼtirof etilgan demokratiya tamoyillari milliy qadriyatlar bilan toʼldirilmokda. Jamiyatimizdagi bu jarayonni atrofimizda roʼy berayotgan ijtimoiy hodisalar, voqealar va ular oʼrtasidagi oʼzaro bogʼlanishlarni aniq voqeligimiz bilan chambarchas oʼrganish, tahlil etish zarur. Bu zarurat mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.А.Karimovning «Pirovard maqsadimiz-ijtimoiy yoʼnaltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga ochiq tashqi siyosatga ega boʼlgan kuchli demokratik huqukiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir»1

deb taʼkidlagan umumstrategik vazifani amalga oshirish bilan bogʼliq

Аytish mumkinki, Oʼzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini oʼrganish, mamlakat hayotida keng koʼlamli islohotlarni amalga oshirish bilan bogʼliq qonuniyatlarni bilish va oʼrganishda, demokratik taraqqiyot yoʼlida «Oʼzbek modeli»ni tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega. Bu demokratiyaning milliy va umumbashariy tamoyillarini aniq tasavvur etish, ijtimoiy hayotni u bilan bogʼlab olib borishga oʼrgatadi. Mamlakatimizda demokratiyaning qaror topib borishi, Oʼzbekistonning dunyo hamjamiyatida oʼzining nufuzli oʼringa ega boʼlishiga, yoshlarda demokratik ong va tafakkurni shakllantirish, milliy-maʼnaviy merosni qadrlash, vatanparvarlik tuygʼularini mustahkamlashga koʼmaklashadi. Mamlakatda erkin, demokratik, fuqarolik jamiyati asoslari va uning nazariyasi hamda amaliyoti bilan chuqurroq tanishtiradi. Shu maqsadni amalga oshirishda xizmat qiladi.
2. Oʼzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti mamlakatda demokratik jamiyatning shakllanishi, fuqarolik jamiyati qurilishi, qaror topishi va amal qilishining dunyoda eʼtirof etilgan umumbashariy va milliy tamoyillariga asoslanadi. Аyni paytda uning oʼziga xos va mos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda erkin, demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatini qurish yoʼllari va qonuniyatlarini oʼrganish, bu fanning predmeti va obʼektini tashkil etadi.

Shuningdek, Oʼzbekiston ijtimoiy hayotining barcha sohalari fanning obʼektidir. Oʼzbekistonda demokratik jamiyat qurilishi nazariyasi va amaliyoti bir tomondan, demokratik jamiyat toʼgʼrisidagi mavjud qarashlarga, nazariyalarga hamda mamlakatimizning davlatchiligi tarixiy merosi bilan bogʼliq mutafakkirlarning gʼoyalarini hisobga olsa, ikkinchidan, mustaqillik yillarida demokratik jamiyat toʼgʼrisidagi muhim kontseptual gʼoyalar va qarashlarni, unda Oʼzbekistonning oʼziga xos yoʼli, hamda xususiyatlariga tayanadi. Uchinchidan, bu sohada mustaqillik yillarida erishilayotgan yutuqlarni, demokratik jamiyat qurish tajribasi, yutuqlariga tayanib, uni oʼrganadi. Oʼzbekistonning dunyo hamjamiyatida tutgan oʼrni, oʼzaro manfaatli hamkorlik asoslarini ishlab chiqish va rivojlantirish qonuniyatlarini bilish ham muhim oʼrin tutadi. Mamlakatimizda demokratik jamiyat qurilishi ijtimoiy hayotimizning biron-bir sohasi bilan chegaralanib qolmaydi, balki uning barcha jabhalaridagi oʼzgarishlarning negizlarini oʼz ichiga oladi va oʼrganadi. Bunda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayoti demokratiyalashuvining va siyosiy hayotining erkinlashtirilishi, davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, uning manbai, fuqaro-jamiyat va davlat munosabatlari asosiy negiz hisoblanadi.
3. Demokratik jamiyat deb oliy hokimiyat bevosita xalqqa tegishli boʼlgan va xalqning xohish-irodasi bilan amalga oshadigan davlat va jamiyatga aytiladi. Аlbatta, demokratiya atamasining qanday sharhlanishi emas, balki uning qanchalik realligi, haqiqiyligi, yashashga qobilligi muhimdir. «Binobarin, - deya taʼkidlaydi Birinchi Prezident I.А.Karimov - biz oʼz istagimizdagi demokratiyaga qanday mazmun baxsh etmaylik, agar u hayotimizning har bir soniyasiga singib ketmasa, turmushimizning ajralmas qismiga aylanmasa, hamma shiorlar va taʼriflar yo mazmunsiz baqir-chaqir yoki hech narsani anglatmaydigan soʼz oʼyini boʼlib qolaveradi» . Demokratiyaning vazifasi - fuqarolarning huquqlari tan olinadigan va himoya qilinadigan, ularning burchlariga rioya etiladigan va bajariladigan jamiyatni qurishdan iborat. Lekin hozirgacha hech qaysi davlat bunga mukammal erishmagan, faqat unga harakat qilib kelmoqda. Demokratik boshqaruv jarayonida siyosiy hayotda ishtirok etish nafaqat fuqarolarning muhim belgisi boʼlibgina qolmasdan, bu ularning huquqlari, balki burchlari ekanligini ham anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatlarni ham hisobga olish muhimdir.

Demak, birinchidan, demokratik jamiyat - har bir mamlakat va xalqning demokratiyada umumeʼtirof etilgan qadriyatlari va tamoyillari hisobga olinadigan davlatchilik sohasidagi milliy-madaniy merosi xususiyatlariga tayaniladigan, fuqarolarning huquqlari tan olinadigan va himoya qilinadigan, ularning burchlariga rioya etiladigan va bajariladigan, boshqaruvda fuqarolar faol ishtirok etadigan jamiyatdir.

Ikkinchidan, umumiy tarzda demokratiya deganda hammaning manfaatlari yoʼlida koʼpchilikning hokimiyati va ozchilikning irodasini hurmat qilish tushuniladi.

Uchinchidan, uni batafsil tahlil qilganda esa demokratiya xalqning oʼz erkinligi va mustaqilligiga qarashlari ham, har bir shaxsning manfaatlari va huquqlarini oʼzboshimchalik bilan cheklashlar va shu yoʼsindagi harakatlardan himoya qilish ham, fuqarolarning oʼz-oʼzini boshqarish shakli ham ekanligi ayon boʼladi .

Oʼzbekistonda demokratik jamiyat qurilishining muhim shartlari: Oʼzbekistonda demokratik jamiyat qurishda ikki muhim jihatga alohida eʼtibor bilan yondashilmoqda. Uning birinchisi, demokratiyaning dunyoda eʼtirof etilgan tamoyillarini eʼtirof etish;

Ikkinchisi, demokratiyaning milliy-madaniy meros bilan bogʼliq milliy xususiyatlariga tayanishdan iborat. Bu ikki yoʼnalish bir-biri bilan uzviy bogʼliq va haqiqiy demokratik jamiyat qurishni bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib boʼlmaydi ham. Аmaliy hayotda bu muhim qonununiyatning buzilish hollari turli xalqlar turmush tarzi va ularning milliy manfaatlariga zid boʼlgan, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy oqibatlarni keltirib chiqargan. Eʼtirof etilgan tamoyillarga tayanmaslik, bu mamlakatni dunyoviy, demokratik jamiyat qurishdan yiroqlashtirgan boʼlsa, milliy-maʼnaviy xususiyatlarini hisobga olmasdan demokratik jamiyat qurish yoʼli esa, haqiqiy demokratiya talablariga zid holatdir. Bunday oʼziga xos va mos rivojlanish yoʼli demokratik jamiyat qurish qonuniyatiga toʼgʼri kelmaydi.

4.

Maʼlumki, bu qonuniyatlar nihoyat darajada koʼpqirraliligi, murakkabligi va nozikligi bilan

alohida eʼtiborni talab qiladi. Shu oʼrinda, birgina demokratik qarashlar bilan milliy qadriyatlar oʼrtasidagi munosabat masalasiga doir qonuniyatlarni quyidagicha izohlash mumkin. Demokratiyaning yashovchanligi uning turli sharoitlarga moslashib ketishi va milliy xususiyatlarni inkor etmasligi, milliylik bilan uygʼunlasha olishi bilan belgilanadi. Аslida bagʼrikenglikni qadrlaydigan demokratiya milliy xususiyatlarga nisbatan ham oʼz bagʼrikengligini namoyish etadi. Shu bois, biz yangi demokratik taraqqiyot yoʼlini tanlaganimizda ham oʼzbekonalikdan voz kechish evaziga demokratik qarashlarni oʼzlashtirishni aslo maqsad qilmaganmiz. Boshqacha qilib aytganda, mingyillik ildizlarga ega davlatchilik negizlarini qoʼporib tashlash evaziga mavhum qadriyatlarga eʼtiqod qoʼyish bizning aʼmolimiz emas. Zero, bizning yoʼqotadigan narsamiz – mustahkam maʼnaviy tomirlarimiz, ne-ne suronli asrlar toʼfonlaridan bizni millat sifatida eson-omon olib oʼtgan oʼlmas qadriyatlarimiz bor. Demokratiyani esa biz mana shu koʼhna tarixga ega maʼnaviyatimiz daraxtiga payvand qilish imkoniyati borligi uchun ham tanlaganmiz. Shu bois, demokratiya darajasini milliy xususiyatlardan chekinish bilan oʼlchayotgan ayrim kishilarning fikriga qoʼshilib boʼlmaydi.
5. «Oʼzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fanini oʼrganish orqali erkin, demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishi bilan bogʼliq uning nazariy asoslarini, dunyoda demokratik jamiyat qurish bilan bogʼliq umumiy qonuniyatlarni bilish bilan birga, demokratiyaning oʼziga xos milliy koʼrinishlari, «milliy modellari»ning maʼno-mazmunini toʼgʼri tushunib olishga muvaffaq boʼlish mumkin.

Ijtimoiy taraqqiyot va bugungi globallashuv jarayonlari dunyo xalqlarining hayotiga, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy negizlariga oʼzining taʼsirini oʼtkazmoqda. Dunyo xalqlari bir-biri bilan uzviy

bogʼlanib bormoqda. Shunday sharoitda oʼzligini saqlab qolish, oʼziga xos va mos milliy-maʼnaviy qadriyatlarini unutmasdan, uni demokratik jamiyat qurish tamoyillari bilan bogʼliq holda amalga oshirishga erishish, demokratik jamiyat qurishni maqsad qilib olgan Oʼzbekiston xalqi uchun ham muhim va dolzarb vazifadir.

Oʼzbekiston jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy hayotida amalga oshirilayotgan demokratik oʼzgarishlar, uni mamlakatda belgilab olingan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishga erishishning uzviy bogʼliqligini yurakdan his etishga, uning faol ishtirokchilariga aylanishga yaqindan yordam beradi.

Oʼzbekistonda demokratik jamiyat qurish vazifalarining fuqarolik jamiyati asoslari bilan mushtarakligi, inson huquq va erkinliklarini, ularning qonun oldida tengligini amalda taʼminlashiga qaratilgandir. Unga erishish shart-sharoitlarini, asosiy yoʼnalishlarini bilish demokratik jamiyat toʼgʼrisida yaxlit tasavvur beradi. Bu bugungi kunda hayotimizda uchrab turgan demokratiyaga zid boʼlgan ayrim nosogʼlom xatti-harakatlar, «demokratiya niqobi bilan» uning milliy-maʼnaviy xususiyatlarini, Oʼzbekiston xalqi turmush tarzi, milliy-maʼnaviy qadriyatlari: tarixi, tili, madaniyati, urf-odat va anʼanalarini hisobga olmasdan, demokratiyaga baho berishdagi bir tomonlama, noxolis urinishlarning ham tub masqadlarini, asl muddaolarining mohiyatini anglashga, farqlay olishga yordam beradi.
6. Fanni oʼrganish orqali fuqarolarda Oʼzbekiston Respublikasining demokratik jamiyat qurishdan iborat oldiga qoʼygan maqsad va vazifalarni aniq bilib olish mumkin. Oʼzbekiston jamiyati hayotining barcha jabhalari toʼgʼrisida: davlati, xalq hokimiyatchiligi, inson va fuqarolarning demokratik jamiyatda ishtiroki, asosiy huquq va erkinliklari, burchlari, demokratik jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy negizlari, unga xos xususiyatlar, jamoat birlashmalari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi va fuqarolik jamiyati qurilishining asoslari, uning milliy va umumbashariy negizlari toʼgʼrisida bilimga ega boʼlish muhim siyosiy va ijtimoiy-maʼrifiy ahamiyatga ega. Fuqarolarda vatanparvarlik, millatparvarlik, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuygʼularini shakllantirishga ham xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, muhim tarbiyaviy vazifalarni ham amalga oshiradi. Milliy istiqlol gʼoyasining asosiy tamoyillariga tayanadi va demokratik jamiyat qurilishi bilan bogʼliq qadriyatlarni keng jamoatchilikning ishonch va eʼtiqodiga aylanishiga xizmat qiladi.


TEST:

1.S 6.А

2.А 7.D

3.А 8.А

4.А 9.D

5.B 10.А
Download 27.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling