Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari


Download 103 Kb.
bet1/12
Sana30.01.2024
Hajmi103 Kb.
#1808810
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari hozir org


Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari

KIMYO SANOATINING XOM ASHYOSI VA UNI BOYITISH USULLARI



Xom-ashyo haqida umumiy tushuncha.
Xom-ashyo turlari va ularni sinflanishi.
O‘zbekiston Respublikasining xom ashyo resurslari va ulardan foydalanish
Xom ashyoni boyitish usullari. Qattiq, suyuq va gazsimon xom ashyoni boyitish
usullari.
Tayanch iboralar:
xom ashyo,
dastlabki ashyo, tayyor mahsulot va chiqindi, xom 
ashyo sarfi, xom ashyoning umumiy potensiali, mineral va foydali qazilma xom 
ashyo konlari, xom ashyo topagrafiyasi, xom ashyoni boyitish usullari,
Xom ashyo
Korxonalarda kimyoviy reaktsiyalar yordamida qayta ishlash uchun
keltiriladigan hamma materiallar qanday olinganligidan qat’i nazar, kimyoviy xom
ashyo deb ataladi. Masalan, vodorod ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida
ko`pincha tabiiy yonuvchi gaz, ammiak uchun —vodorod va azot, nitrat kislota
uchun ammiak, suv va havo kislorodi, ammiakli selitra uchun — ammiak va
nitrat kislota ishlatiladi
Xom ashyo deb, iste’mol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalari olish 
uchun sanoatda ishlatiladigan tabiiy moddalarga aytiladi.
Kimyo sanoatida xom
ashyo asosiy omil bo`lib, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tan narxining 60-70
foizini tashkil etadi.
Xom ashyo har bir ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini va tannarxini
belgilab beradi. Har qanday kimyoviy texnologik jarayonlarning asosiy elementlari
xom ashyo va uni qayta ishlash uchun asbob va uskunalar, bu maqsadlarni amalga
oshirish uchun sarflanadigan energiya kiradi
Xom ashyo quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1.
Miqdor jihatdan etarli darajada bo‘lishi;
2.
Oson qazib olinishi va arzon bo‘lishi;
3.
Uni qayta ishlashning texnologik jarayonlari sodda borishi kerak.
Sanoat ishlab chiqarishda xom ashyo tushunchasidan tashqari dastlabki
ashyo, tayyor mahsulot va chiqindi tushunchalari ham qo`llaniladi. Xom ashyo va
dastlabki ashyoni bir – birisidan farq qilish kerak.



Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling