Kimyodan yozilgan birinchi darsliklarni ayting?


Download 21.79 Kb.
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi21.79 Kb.
#1035166
TuriKompozisiya
  1   2   3
Bog'liq
7-mavzu (1)


Kimyodan yozilgan birinchi darsliklarni ayting? (Javob:Shu davrda kimyodan birinchi darsliklar paydo bo’la boshladi. Bular Mark Grenning “Olov haqida” (1250 yilda Konstantinopol) va Robertning “Alkimyo kompozisiyasi haqida” gi asarlardir).Metallarning klassifikasiyasidan tajribada qo’llanilish boshlandi.
35. Evropada salb yurishi haqida nimalarni bilasiz? (Javob:Keyingi rivojlanish davri rim katolik cherkovi Yevropada asosiy kuch bo’lib xalq orasida sexlar, savdogarlik uchun xonalar qurishi, katta shaharlarda esa yoshlarning Universitetlarda o’qiy boshlashlari bilan xarakterlanadi. Bu davr Yevropada “Salb yurishi” deb ataladi. Ularning maqsadi Quddusdagi xudoning qabrini egallamoq bo’ladi. Bunda asosan savdo rivojlandi va ular alkimyogarlarning asarlarini o’rganib - metallarning transmutasiyasi (tarqalishi) bilan shug’ullanish hamda Yevropada(XII – XV asr) ham tadqiqot izlanishlarni boshladilar).
36. Evropaning birinchi alkimyogari Buyuk Albert haqida gapirib bering? ( Javob:Ђarbiy Yevropadagi birinchi alkimyogar Buyuk Albert - filosofdir (1193-1260y) (Germaniya). U “Alkimyo haqida”, ”Metallar va minerallar haqida besh kitob” "Malыy alximicheskiy svod" (Libellus) asarlarini yozadi bu kitobida alximiklar ma’naviyati haqida yozadi (alximik kam gapiradigan va kamsuqum bo’lib, o’zlari olgan ilmiy natijalarni boshqalarga aytmasliklari kerak,ular uyidan va odamlardan aloxida yashashlari kerak). Metallarning xossalarini va rangini aytadi, oltin va kumushning zichliklari bir-biridan tarkibidagi suvi bilan farq qiladi deydi. U oltinni olovda yoqib nodir bo’lmagan metallardan ajratadi va pechlarning tuzilishini taklif qiladi.
37. Rodjer Bekon ishlari haqida gapirib bering?(Javob:Yana bir ulug’ alkimyogar - Rodjer Bekon (1214-1293y) ingliz filosofi va tabiatshunosi, Parij va Oksford universitetlarida dars bergan. U alkimyoni nazariy (metall va minerallarning kelib chiqishi va tarkibini o’rganish) va amaliy (olinishi, tozalash, ranglar olish)ga bo’ladi va alkimyo medisina uchun juda ahamiyatli deydi. U ”Alkimyo oynasi”, ”Tabiat va sanat sirlari, sehrgarlar ishlari haqida” kitoblarini yozib qoldirgan.
Psevdo-Djabir kim bo’lgan? ( Javob: Psevdo-Djabir(XIV asr. Ispaniya) -mineral kislotalar ( nitrat kislotasini va birinchi marta zar zuvini ) taklif qildi).

Download 21.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling