Kirish. Asosiy qism. Sinf jamoasini tashkil etish va uni tarbiyalash


Download 180 Kb.
bet1/6
Sana20.09.2023
Hajmi180 Kb.
#1682755
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TARBIYA MUSTAQIL ISH


MUNDARIJA:



  1. KIRISH.

  2. ASOSIY QISM.

  1. Sinf jamoasini tashkil etish va uni tarbiyalash.

  2. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda sinf rahbarining pedagogik mahorati.

  3. Jamoani rivojlanishida tarbiya usullari.

  4. Jamoada shaxsni tarbiyalash.

  1. XULOSA.

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.



KIRISH

Jamoa(lotincha «kollektivus” so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha aʼzo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa” tushunchasi ikki xil maʼnoda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.


Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi hozirgi kunda ancha to‘liq va mukammal ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kursida bayon etilgan, jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo‘yish; faollarni aniqlash, o‘quv mehnat, ijtimoiy siyosiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish ijobiy anʼanalarni yaratish, va ko‘paytirish.
Taʼriflangan bu qoidalar har qanday jamoa (maktab, sinf jamoasi, maktabdan tashqari bolalar birlashmasi va hokazolar)ni shakllantirish va rivojlantirish uchun qo‘llanma bo‘lib hisoblanadi.
Sinf rahbari ishining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o‘quvchilar jamoasini shakllantiradi. O‘quvchilarning asosiy vazifasi o‘qishdan iborat. Shuning uchun sinf rahbari dastavval bolalarning o‘qishga qanday munosabatda ekanliklarni, o‘zlarini darsda qanday tutishlarni, uy vazifalarni sidqidildan bajarishlarni yoki bajarmasliklarni aniqlaydi.
O‘quvchilar o‘rtasida salbiy holatlar ro‘y bermasligi uchun jamoaning rivojlanish usulini aniqlab olishimiz kerak buning eng ishonchli usuli – o‘quvchilarni ular bilan darsda, darsdan tashqarida o‘zaro faol hamkorlik qilish jarayonida ko‘zatishdan iboratdir. Maxsus diagnostik usullar. Masalan: anketa, tarqatish, pedagogik vaziyatlarni vujudga keltirish, boshqalardan ham foydalanish mumkin.



Download 180 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling