Kirish. Ekologiya kursi, maqsadi, vazifasi, tuzilmasi va tarixi


Download 242.75 Kb.
bet1/3
Sana25.02.2023
Hajmi242.75 Kb.
#1230165
  1   2   3
Bog'liq
EKALOGIYA amaliy 1-MAVZU

Tabiat-inson–jamiyat munosabatlarini anglash, ekologik xavfsizlikka taxdid soluvchi muammolar Ishdan maqsad: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlarini anglash, ekologik xavfsizlikka taxdid soluvchi muammolarni o’rganish. Masalaning qo’yilishi: Talabalar Tabiat-inson-jamiyat munosabatlarini anglash, ekologik xavfsizlikka taxdid soluvchi mahalliy, mintaqaviy, umumbashariy ekologik muammolarni o’rganish va kerakli natijaga erishish.

Ozon qatlamlarining yemirilishi. 1980 yillarda Antarktidada joylashgan ko’pchilik ilmiy-tekshirish stantsiyalarida havoda ozon miqdorining kamayib borayotgani va «ozon teshik»larining paydo bo’lganligi aniqlangan edi. 1987 yilning bahorida Antarktidada Amerika yer yo’ldoshi «Nim-buk» — 7 tomonidan olingan ma’lumotga ko’ra, «ozon teshigi» janubiy materikning 2/3 qismini egallagan. Ozon qatlamining yemirilishining asosiy sababi ko’plab xlor,ftor uglevodlarning ishlatilishidir (ishlab chiqarishda va kundalik turmushda har xil aerozolar va ayniqsa xlor oksidlari ko’plab qo’llaniladi). Bular hammasi ozon qatlamlarini faol ravishda yemiradilar, o’zlari esa juda ham sekin parchalanadilar. Ularning parchalanishi 50 yildan 200 yilgacha davom etishi mumkin.

  • Hozirgi kunda dunyoda 130 ming tonna ozon qatlamlarini yemiruvchi moddalar ishlab chiqariladi. 1989 yilning birinchi yanvarida Monrealda qabul qilingan protokol (hujjat) ga muvofiq 1999 yilda freonlarni ishlab chiqarish dunyo bo’yicha 50 foizga kamaytiriladi. Ana shu tadbirlar amalga oshirilsa, ozon qatlamlarida hosil bo’layotgan «ozon teshiklarini» kamaytirish mumkin, bu esa ozon qatlamini saqlab qolish imkonini beradi.
  • Kislotali yomg’irlar. Keyingi davrlarda texnogen sulfidning havoga ko’plab chiqarilishi biosferada sodir bo’lib turadigan moddalarning aylanma harakatiga katta ta’sir ko’rsatmoqda.

YuNYeSKO ekspertlarining ko’rsatishiga qaraganda, 1980 yilning boshlarida havoga chiqarilgan sulfidlar miqdori 251 mln. tonnaga teng bo’lgan, Shundan Yer kurrasining shimoliy zonasiga — 174, janubiga esa 77 mli. tonnasi to’g’ri kelgan. Bu yomg’irning ta’siri tufayli AQShdagi ko’llarning 80 foizida hayot umuman yo’qolgan.

  • YuNYeSKO ekspertlarining ko’rsatishiga qaraganda, 1980 yilning boshlarida havoga chiqarilgan sulfidlar miqdori 251 mln. tonnaga teng bo’lgan, Shundan Yer kurrasining shimoliy zonasiga — 174, janubiga esa 77 mli. tonnasi to’g’ri kelgan. Bu yomg’irning ta’siri tufayli AQShdagi ko’llarning 80 foizida hayot umuman yo’qolgan.
  • Kanada, Shvetsiya, Norvegiya va boshqa bir qancha davlatlardagi suv havzalari ana shu yomg’irlarning ta’siri tufayli zararlangan, kislotali yomg’irlarning ta’siri natijasida har yili 31 mln. gektarga yaqin yerlardagi o’rmonlar qurib yo’qolib ketmoqda, shuningdek, tuproqdan olinayotgan mineral moddalar miqdori ko’payib bormoqda.

Download 242.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling