Kirish I. Bob. Jinoyat psixologiyasining to’rt roli


Download 221.24 Kb.
bet1/13
Sana30.04.2023
Hajmi221.24 Kb.
#1415336
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
jinoat psixologiyasi


MUNDARIJA


KIRISH……………………………………………………………...…….. 3
I. BOB. Jinoyat psixologiyasining to’rt roli……………... 6
1.1.Tergov jarayonlarida psixologiyaning o’rni …………………………………………………... 9
1.2. O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi moddalari……….………………………………………………15
1.3. Psixologiya va jinoyatning mutanosibligi………….………….……………………… 19
II BOB. Ommaviy psixologiya
2.1 Ijtimoiy psixologiya va jinoyat…………………………18
2.2. Jinoyat javobgarlikda oilaning va muhitning o’rni……………………………………………… 23
2.3Jinoyat, huquq va psixologiya munosabatlari……………………………29
Xulosa……………………………………………………………………… 31
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….. 32

Kirish
Mavzuni dolzarbligi. Yurtimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng yuridik psixologiya fanini taraqqiy ettirish uchun keng ufqlar ochildi. Bu fan o‘z taraqqiyotining shartli ravishda yangi bosqichiga ko‘tarildi. Hozirgi kunda yuridik psixologiya predmetining zamonaviy tarzdagi ifodasi ilmiy-amaliy fanga asoslangan bo‘lib, "inson-huquq" tizimidagi psixologik qonuniyatlarni urganish va shu tizimning samaradorligini oshirish uchun kerakli bo‘lgan tavsiyalar ishlab chiqish ma’noeini bildiradi. Psixologiya fani jamiyatimiz rivojlanib borayotgan sari o‘z ahamiyatiga ega bo‘lib, insoniyat hayotida zarur bo‘lgan muhim ilm sohalaridan biriga aylanib bormoqda. Bugun psixologiya ilmi kirib bormagan fan va ishlab chiqarish sohasini deyarli uchratib bo‘lmaydi. Yuridik psixologiya uchun eng muhim kerakli bo‘lgan ma’lumot va dalil isbotlarni sudpsixologik ekspertizasi bera oladi. Ushbu tarkibiy kismlar turli ilmiy-tadkikot usullar bilan tasdiklanadi. XIX asrning oxiri – XX asrning boshi kriminologik bilimning ijtimoiylashuvi bilan xarakterlanadiki, bunda ijtimoiy hodisa sifatidagi jinoyatchilik sabablarini burjua sotsiologlari J.Ketle, E.Dyurkgeym, P.Dyupoti, M.Veber, L.Levi-Bryul va boshqalar o‘rgana boshlagan, ular ijtimoiy statistika metodini qo‘llanib, jinoiy xulq-atvor tabiatini tushuntirishdagi antropologik yondashuvga barham berishgan, chekinuvchan xulq-atvorning jamiyatning faoliyat ko‘rsatishining ijtimoiy shart-sharoitlariga bog‘liq ekanligini ko‘rsatishgan. Jumladan, Jan Ketle, Emil Dyurkgeym tomonidan muayyan tarixiy muddat davomida o‘tkazilgan turli nonormal ko‘rinishlarning (jinoyatchilik, o‘zini o‘zi o‘ldirishlar, fohishabozlik) salmoqli statistik tahlili shuni ko‘rsatdiki, odamlarning xulq-atvoridagi nonormal holatlar shuni ko‘rsatadiki,buni kelib chiqishining asosiy sababini ijtimoiy muhitdagi iqtisodiy qiyinchiliklar, ijtimoiy muhitning yaxshi emasligidan deyishadi. Tartibga solib turadigan turli ijtimoiy-psixologik mexanizmlar va fenomenlar hisobiga delinkvent xulq-atvor tabiatini tushuntirishga nisbatan turli-tuman yondashuvlar taqdim etilgan. Jinoyatchilik haqidagi turli burjua ijtimoiy-psixologik nazariyalarning xarakterli belgisi – yagona metodologik platformaning yo‘qligi, jinoyatchilik va boshqa salbiy ijtimoiy hodisalarning ijtimoiy-iqtisodiy determinizatsiyalashuvini hisobga olmaslikdan iboratdir. Jinoyatlarning ijtimoiy – psixologik teoriyasi haqidagi faktlarni amerikalik ijtimoiy-psixologiya yo‘nalishi vakillari – R.Mertona, J. Starlenda, D. Matsa, T.Sayksa, E. Glyuka va boshqalar taxlil etib berishgan. Zamonaviy kriminologik bilimning ajralib turadigan o‘ziga xos xususiyati – bu chekinuvchan xulq-atvor sabablari va omillarini ko‘rib chiqish va o‘rganishga nisbatan bir tizimli yondashuv, muammoning ayni bir vaqtda fanning turli tarmoqlari vakillari: yuristlar, sotsiologlar, psixologlar, mediklar tomonidan ishlab chiqilishidir. Bu o‘z navbatida jinoyatlarning oldini olish amaliyotiga nisbatan kompleks yondashish imqonini beradi. Bunda amaliyotda huquqni muhofaza qilish, preventiv, penitensiar faoliyatni amalga oshiradigan ijtimoiy institutlarning psixologo-pedagogik jihozlantirilishi katta rol o‘ynaydi. Hozirgi biologizator kriminologik nazariyalar jinoiy xulq-atvor tabiatini Lombrozo singari juda soddalik bilan izohlamaydi. Ular o‘z dalillarini zamonaviy fanlar: genetika, psixologiya, psixoanaliz yutuqlari asosida to‘zadilar. Masalan, jumladan, Klaynfelter sindromi degan nom olgan kashfiyot: 74XVV tipidagi xromosomli bo‘zilishlar erkaklarda 46XU xromosomlari majmui normal bo‘lganida jinoyatchilar o‘rtasida 36 marta ko‘proq uchrashi 70-yillardagi shov-shuvlardan biri bo‘lgan edi.


  1. Download 221.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling