Kirish I. Bob. O’zbekiston "Qizil kitobi"


Download 1.27 Mb.
bet1/9
Sana07.03.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1247528
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbekiston qizil kitobiga kiritilgan o\'simliklar va ularni ahamiyati


Mundarija:


KIRISH……………………………………………………………………….…3
I. Bob. O’zbekiston “Qizil kitobi”………………………………….6
1.1.O`zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” haqida umumiy tushuncha..6
I.2. O’zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan o’simliklar………………….9
II.Bob. O’zbekston “Qizil kitobi”ga kiritilgan o’simliklar ahamiyati……………………………………………….12
2.1. O’simliklarni himoya qilish va ulardan foydalanish huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari……………………………………………..12
2.2. Yo'qolib ketish xavfi ostida turgan o'simliklar……………………..18
2.3.O’zbekiston “Qizil kitobi”, muhofazaga muhtoj o’simlik turlari…...22
2.4. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni……………………………..29
Xulosa………………………………………………………………………32
Foyndalanilgan adabiyot………………………………………...33

KIRISH
Kurs ishi dolzarbligi: Qizil kitob xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayğu-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob - harakatga chaqiruvchi kitobidir.
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklarni yoki ularning yashash faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ildizlari, piyozboshlari, tanalari, poyalari, novdalari, po‘stlog‘i, barglari, g‘unchalari, gullari, urug‘lari, mevalari, sharbatini (yelimini) va boshqa mahsulotlarini o‘zboshimchalik bilan yig‘ish Maʼmuriy huquqbuzarlikni keltirib chiqaradi. Qoʻriqxonalarda muhofaza etiladigan flora va fauno dunyosi hanuzgacha xavf ostida qomoqda. Aholining notoʻgʻri munosabati sababli tabiatdagi kamyob oʻsimlik va hayvonlar turi va soni kamayishni davom etmoqda.
Yer yuzida hozirgi kunda 670 ming (shundan 500 mingi gulli oʻsimliklar) oʻsimliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud boʻlib, ularning 93 foizi uchun quruqlik va 7 foizi uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil boʻlishi va ularning yoʻqolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni boʻlib, yerda geologik sharoitlarning oʻzgarishiga ham bogʻliqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzilib, hayvon va oʻsimliklarning inson faoliyati taʼsirlari natijasida yoʻqolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi gʻorlarning, orollarning va kontinentlarning oʻzlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda. Shuning uchun ham keyingi paytda atrof-muhitni himoya qilish qilish bilan bogʻliq talablar jahon hamjamiyati tomonidan qattiq nazoratga olingan.
Oʻsimlik dunyosi tabiat obyektlari ichida eng bebaho boyliklardan biri boʻlib, u tabiiy muhitni sogʻlomlashtirish, inson yashash sharoitini yasxshilash, yer va suv resurslarini muhofaza qilish, atmosfera havosining musaffoligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Atrof-muhitni muhofaza qilishga va tabiiy resurslardan foydalanish asosan Konstitutsiya va qonunlarda oʻz ifodasini topgan tamoyillar orqali amalga oshiriladi. Ularning ijrosi esa taʼminlashi shart. Oʻzbekistonda oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishni tartibga soluvchi, oʻsimlik dunyosi obyektlarining huquqiy holatini oʻrnatuvchi huquqiy meʼyor ham Asosiy qonunimizning 55-moddasida oʻz ifodasini topgan.
Mazkur norma asosida bir qator qonunlar qabul qilingan. „Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida“gi  „Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida“gi, „Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida“gi, „Oʻrmon toʻgʻrisida“gi qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir. Ayniqsa ushbu munosabatda Qizil kitobning oʻrni beqiyos.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling