Konstruktsiya holatini aniqlash


Download 357.83 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi357.83 Kb.
#1344031
Bog'liq
6,7 -ma\'ruza Konstruktsiya holatini aniqlash.


KONSTRUKTSIYA HOLATINI ANIQLASH.
Reja:

  1. Konstruktiv elementlarning eskirganlik darajasi bo‘yicha turkumlash.

  2. Zamin va poydevorlarni tekshirish.

Tayanch so‘z va iboralar: umumiy tekshirish, tashxislash usuli, zamin, poydevor, o‘tiruvchanlik koeffitsienti, notekis cho‘kish, chegaraviy holat, yuk ko‘tarish qobiliyati, darz, element, tayanch qism.


Konstruktiv elementlarning eskirganlik darajasi bo‘yicha turkumlash. Bino va inshootlarning tekshirilayotgan qurilish konstruktsiyalari ko‘rinishi, tavsifi, yuk ko‘tarish qobiliyatiga bo‘lgan tahsir darajasiga ko‘ra turli-tuman, nuqsonlarga va shikastlanishlarga ega bo‘lishlari mumkin. Bu omillarni baholash uchun tekshirilayotgan konstruktsiyani aniqlangan tavsifi deformatsiya va nuqsonlari bo‘yicha tizimga tushirish va bu ma’lumotlarni ro‘yxatga kiritish yo‘li bilan turkumlash maqsadga muvofiqdir. Qurilish konstruktsiyalari elementlarining shikastlanishini tahlil qilib va boshqa mehyoriy chekinishlarga ko‘ra ularni kuchaytirish bo‘yicha birinchi navbatdagi tadbirlar aniqlanadi.
Qurilish konstruktsiyalarining ayrim turlari (temir beton, po‘lat, toshli va boshqa) o‘zlarigagina xos bo‘lgan nuqson va shikastlanishlarga ega bo‘lishlari mumkin, shunga ko‘ra umumiy tekshirish va tashxis qo‘yish usullari ham alohida xususiyatga ega bo‘ladi.
Zamin va poydevorlarni tekshirish. Rekonstruktsiya qilinishi lozim bo‘lgan bino va inshootlarni tekshirishda zamin va poydevorlarning yuk ko‘tarish qobiliyati o‘rnatilishi lozim. Tekshirish bo‘yicha ishlar qurilish maydonining injenerlik-geologik va gidrogeologik tadqiqodi, zamin gruntini injenerlik-geologik tekshirish va poydevorlar holatini injenerlik tekshiruvdan o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Zaminni tekshirish QMQ 2-02.01-98 asosida bajarilishi lozim. Zamin va poydevorlar gruntini injenerlik-geologik tekshiruvini ishchi chizmalar bo‘lmagan holda, hamda zaminda notekis cho‘kish sababli bino va inshootning yer usti konstruktsiyalarida deformatsiyalar to‘ilganda o‘tkaziladi.



6.1 rasm. Ochilgan shurflardan namunalar


Bu tekshiruvlarni soni va joylanish o‘rni har bir muayyan holda aniqlanadigan ochiq shurflar yordamida amalga oshiriladi. Bir-ikki shurflar har bir turdagi konstruktsiya yonida ko‘’roq yuklangan va yuklanmagan qismlarda, tashqi va ichki devorlar yonida ustun, qurilma osti poydevorlari yonida amalga oshiriladi. SHurflarni albatta deformatsiyalangan konstruktsiyalar yonidan, hamda binolarga loyihalashtirilgan qo‘shimcha binolarga ustqurma ajratilgan uchastkalarda va yuklari sezilarli oshirilishi ko‘zda tutilgan joylarda ochiladi.
SHurflarning chuqurligi odatda poydevor ostidan kamida 0,5-1,0 m ‘astroq olinadi(6.1 rasm).
poydevorning turi va konstruktsiyasi, o‘lchamlari va joylanish chuqurligi, gidroizolyatsiyaning borligi va turi aniqlangandan keyin mahlum usullar yordamida uning materialini fizik-mexanik va fizik-ximiyaviy tavsiflari o‘rnatiladi. Bunda nuqsonlar, shikastlanishlar va loyihadan chekinishlar aniqlanadi. Qoziqli (svayli) poydevorlarni tekshirishda ularning diametrlari, soni va chuqurligi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlarni shurf ochish yoki geofizik usullar bilan aniqlash mumkin.
Laboratoriya sinovlarini buzilgan va buzilmagan tizimli gruntlarning fizik-mexanik tavsiflarini: nisbiy og’irligi, zichligi, namligi, gruntning kesishga qarshiligini, siqiluvchanlikni, o‘tiruvchan gruntlar uchun – o‘tiruvchanlik koeffitsientini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

6.2. rasm.


Eks’luatatsiya qilinayotgan binolarning zaminini tekshirish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, gruntning turi va uning namligiga ko‘ra zaminni shibbalash hisobiga gruntnig mehyoriy qarshiligi 25% gacha oshadi: zamin va poydevorlarni tekshiruv natijalarini tahlil etishda QMQ 2.02.01-98 «Bino va inshootlarning zaminlari», QMQ 3.02.01-96 «Zamin va poydevorlar» QMQ 2.02.03-97 «Qoziqli poydevorlar» ko‘rsatmalariga asoslanishi lozim (6.2 rasm).
Download 357.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling