Koreys va O’zbek tillarida qo’shma gaplarning qiyosiy tahlili 한국어와 우즈베크어 복합문의 비교 분석


Download 96.88 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi96.88 Kb.
#1504937
  1   2   3
Bog'liq
sh.2 5386465549888796307


Bakalavr bitiruv ishi



Koreys va O’zbek tillarida qo’shma gaplarning qiyosiy tahlili


한국어와 우즈베크어 복합문의 비교 분석

Ilmiy rahbar : Abbosova Dilfuza Karimbek qizi


2023 yil 4 oy




Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti

Koreys filologiyasi

Sayfullayeva Shodiya

Mundarija :





  1. Kirish

    1. Tatqiqodning maqsadi va zaruriyati

    2. Tatqiqot doirasi va tatqiqot usuli



  1. O’zek tilidagi nazariy ma’lumot

    1. Qo’shma gap tushuchasi va turlari

    2. O’zbek tilidagi qo’shma gaplar



  1. Koreys tilidagi nazariy ma’lumot

    1. Koreys tilidagi qo’shma gaplar

    2. Koreys tilidagi qo’shma gaplarni ishlatilishi



  1. Koreys va O’zbek tillarida qo’shma gaplarning qiyosiy tahlili

    1. O’zbek va Koreys tillarida qo’shma gaplarning ishlatilishi

    2. O’zbek va Koreys tilidagi qo’shma gaplarning qiyosiy tahlili



  1. Xulosa

I Bob. Kirish
O’zekiston taraqqiyotining asosiy shartlaridan biri xalqning boy intellektual me’rosi va umumbashariy qadriyatlarini o’z ichiga olib zamonaviy madaniyat va san’at, iqtisodiyot, fan va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirishdir. Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan barcha bilimlarni o’rganish va o’zlashtirish kabi muhim vazifa turadi. Ayiqsa, ilm bobidagi izlanishlar insonni ma’naviy, axloqiy – estetik va ma’nan yuksalish sari yetaklaydi.
Shuning uchun ham O’zekiston Respulikasining sobiq Prezidentining “Biz mamlakatimizni modernizatsiya qilish, …dunyodagi taraqqiy etgan davlatlar qatoriga kirishni o’z oldimizga buyuk maqsad qilib qo’ygan ekanmiz, ta’lim tarbiya sohasini aslo bo’shashtirmasdan, yangi va yuqori bosqichlarga ko’tarishni talab etmoqda”1, - degan fikri ta’limni tarixiy qadriyatlar va an’analarga yangicha yondashib, texnologiyalarni tashkil etish asosida takomillshtirishga undaydi.

Yuqorida ta’kidlagaidek hozirgi kunda fan-texnika, iqtisod, xalqaro munosabat va xalqaro madaniyatlarning rivojlanishi uchun bir qancha rivojlangan mamlakatlarning tarixi, madaniyati, iqtisodiyoti va siyosatini chuqurroq tushunib tahlil qilishga imkon yaratib kelyapdi. Shuning uchun marhum birinchi prezidentimiz I.A. Karimov chet tillarini mukammal o’rganish va o’rgatish kabi ma’suliyatli vazifani ilgari surgan. Bu borada prezidetimizning ” Bugun jahon hamjamiyatidan o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir”2 degan jumlalari ham yaqqol misol bo’la oladi. Hozirgi vaqtda xorijiy tillarni har tomonlama chuqur tadqiq etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo’lmoqda.


Mamlakatimizni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish fan va texnika yutuqlaridan foydalanishga asoslanadi. Shu sababdan mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq respublikamizda fan va ta’lim sohasidagi islohotlarga, malakali kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratilgan. Qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” misoldir.

Shu jumladan, ayniqsa, Koreys tilini o’rganishga bo’lgan talab ortib boryotganligi sir emas. Chunki XX-asrning oxirgi o’n yilligida ko’plab sohalarda yutuq va muvaffaqiyatlarga erishgan Koreya Respublikasi bilan turli sohalarda hamkorlik qilib kelayotgan yoki endigina hamkorlik qilish istagidagi davlatlar talayginaligina.


Shu bilan birga, ushbu ajoyib mamlakatning tarixi, madaniyati hamda urf-odatlarini o’rganish barobarida, Koreya Respublikasining mustaqillikka erishgandan boshlab bugungi kunga qadar qisqa fursat ichida qo’lga kiritgan yutuq va muvaffaqiyatlarining asosi bilan ham tanishishni hoxlaydilar.
Ammo, ko’pchilikning koreys tilini bilmasligi, yuqoridagi hoxish-istaklarning amalga oshishida qandaydir ma’noda to’siq bo’lib kelyapti. Aynan shuning uchun ham, xozirgi kunda koreys tilini yuqori qiziqish bilan o’rganishni hoxlagan insonlarning soni jadal sur’atlar bilan oshishi ajablanarli xol emas.

Hozirgi kunga qadar O’zbekiston bir qancha horijiy davlatlar bilan birgalikda ko’pgina soxalarda o’zaro hamkorlik qilib kelyapdi. Ayniqsa, ta’lim soxasida juda ko’p va ko’rinarli hamkorliklar olib borilmoqda. Bu davlatlar ichida etnik kelib chiqishi, madaniyat va urf-odatlar jihatida bir biriga juda o’xshash Koreya davlati alohida ajralib turadi. Mustaqillikka erishkanimizdan boshlab shu vaqtga qadar ta’limda balki, iqtisodiyot va texnologiyalar soxasida ham ko’zga ko’rinarli ishlar olib borilmoqda. Shu sababdan davlatimizda koreys tiliga bo’lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida koreys tilini o’rganishni hohlovchi yoshlar sonini ortishiga olib keladi.


Tilni o’rganishni esa kitoblarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ayni damda bunday kitoblar soni minglab bo’lishiga qaramay ishonchli manbalar soni sanoqli darajada kam. Ayniqsa gramatika haqida yozilganlari.

Men bu bitiruv malakaviy ishimni ham gramatika mavzusiga atab yozishga qaror qildim. Gramatika mavzusi keng qamrovli va murakab bo’lganligi sababidan, aynan bitta tarmoqchasinigina tanlab oldim. Mening bitiruv malakaviy ishim “ O’zbek va Koreys tilidagi qo’shma gaplarning qiyosiy tahlili ” haqida kengaytirib va osonlashtirib yozishga harakat qildim.


Ushbu bitiruv malakaviy ishim 5 bobdan tashkil topganbo’lib,


bular :

Birinchi bobda tatqiqotning maqsadi va nima sababdan yozilganligi hamda tatqiqot doirasi va tatqiqotning olib borish usullari haqida ma’lumotlar berilgan.


Ikkinchi bobimda tanlangan tatqiqot mavzusi haqida nazariy tushuncha, ayniqsa o’zbek tilidagi tahlili yanada kengroq ochib berilgan.


Uchinchi bobda esa ikkinchi bobda keltirilgan nazariy ma’lumotlarning koreys tilidagisi va tanlangan mavzuning koreys tilida tutgan o’rni haqida yetarlicha ma’lumotlar keltirilgan.


To’rtinchi bob mazmuni esa tatqiqot mavzuyimning asosiy g’oyasi hamda mazmuni yoritib berilgan. Unga qo’shimcha qilib yoki dolzarbliginimoshirish maqsadida o’zbek tili bilan taqqoslangan.


Va so’nggi beshinchi bobda xulosa keltirilgan. Va o’quvchilarga yanada tushunarli bo’lishi uchun foydalanilga adabiyotlar nomlari ham keltirib o’tilgan.



Download 96.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling