Korporativ baholashning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati mavzusi bo’yicha amaliyot darsi topshiriqlari i-topshiriq


Download 19.49 Kb.
Sana15.11.2020
Hajmi19.49 Kb.

Korporativ baholashning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati mavzusi bo’yicha amaliyot darsi topshiriqlari

I-topshiriq.

  1. Korporativ tuzilmalar faoliyati rivojida korporativ baholashni ahamiyatini tushuntiring.

Korporativ tuzilmalar faoliyati rivojida korporativ baholashda albatta birinchi navbatda boshqaruv qarorini qabul qilishda uning kompaniyaning qiymatiga, likvidliligiga va boshqa moliyaviy ko'rsatkichlariga ta'sirini baholash lozim. Bunda kompaniya qiymatini baholash modelini yaratish zarurati yuzaga keladi.


  1. Korporativ baholashning vazifalari nimalardan iborat?

Korporativ baholashning vazifalariga korporativ tuzilmalar bozor qiymatini aniqlash, qimmatli qogʼozlar daromadliligini baholash, xarajatlar samaradorliligini baholash, kapital qiymatini baholash kiradi.

  1. Korporativ baholash prinsiplarini ta’riflang.

O’zbekiston Respublikasining yagona milliy baholash standartiga ko’ra korporativ baholash prinsiplari quyidagilardan iborat:

standart talablariga rioya qilish prinsipi ― Yagona milliy baholash Standarti baholovchilar va baholash tashkilotlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, aktivlar qiymatini baholash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilganda hamda ekspertlar tomonidan baholash obyektini baholash to‘g‘risidagi hisobotning (bundan buyon matnda baholash haqidagi hisobot deb yuritiladi) ishonchliligi tekshirilganida qo‘llash majburiy hisoblanadi.

aktivlar va/yoki majburiyatlarni baholashni o‘tkazishda standartni qo‘llash prinsipi ― Yagona milliy baholash Standarti aktivlar, majburiyatlar yoki aktivlar va majburiyatlar guruhlarining qiymatini baholashda qo‘llaniladi.

xolislik prinsipi ― baholash jarayoni baholovchidan dastlabki ma’lumotlar va farazlarning ishonchliligi yuzasidan xolis mulohazalarni shakllantirishni talab qiladi.

malakalilik prinsipi ― qiymatni baholash tegishli ko‘nikma, tajribaga, baholash predmeti, aktiv aylanadigan bozor (bozorlar) hamda baholash maqsadlari haqida bilimlarga ega bo‘lgan baholovchilar tomonidan bajarilishi kerak.

chekinishlar prinsipi ― baholash standartlaridan chekinishlar bu shunday vaziyatki, unda mazkur Standartning ayrim talablaridan farq qiladigan aniq qonunchilik, normativ yoki boshqa umume’tirof etilgan talablarga rioya etish zarur bo‘ladi.

  1. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda korporativ baholashni amalga oshirishning qanday xususiyatlari mavjud?

Baholash jarayonlarida qimmatli qog'ozlar bozori uchun yopiq yoki yetarli darajada ochiq bo'lmagan, shuningdek mulk egalari turli shaxslar (yuridik, jismoniy, chet el/mahalliy) bo’lgan kompaniyaning bozor qiymatini baholash, shuningdek umuman kompaniyaning mulkiy kompleksini yoki uning ayrim turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bo'yicha mulk komplekslarini baholash korporativ baholashning predmeti bo'lishi mumkin. Baholashda aktivlar xorijda bo’lishi, korxona egasi yagona investor (yoki davlat) bo’lishi hamda yillik sof foydani doimiy reinvestitsiya qilinish sababli mulk real qiymatidagi o’zgarishlar kabi turli sabablar tufayli baholash uchun yetarli ma’lumotlarga ega bo’lishi ahamiyatlidir.


  1. Korporativ baholashni amalga oshirish korxona va investor uchun qanday ahamiyat kasb etadi?

Korporatsiyaning bozor qiymatini baholash korxona hamda investor uchun ko'plab strategik qarorlarni qabul qilish uchun zarur: yangi loyihalarni amalga oshirishni maqsadga muvofiqlini, birlashish (merger) va qo'shib olish (acquisition), yoki uning aktsiyalarini yoki obligatsiyalarini sotib olish orqali investitsiyalarni amalga oshirish. Bunday baholashni amalga oshirish usullaridan biri sifatida erkin pul oqimlariga asoslangan (Free Cash Flow. FCF) korporatsiya qiymatini baholash modelidan (Corporate Valuation Model) foydalanishdir.
II-topshiriq.

Mavzu doirasida o’rganilishi kerak bo’lgan atamalar:



  • baholashning maqsadi – aktiv qiymatining baholashga oid vazifada baholash natijasidan qanday foydalanilishi mo‘ljallanayotganligini hisobga olib belgilangan turini aniqlash. Baholashning umumiy maqsadlari moliyaviy va soliq hisoboti uchun, mijozning manfaatlarini sudda himoya qilish, bitimlarga hamrohlik qilish, garov kreditlari bo‘yicha qarorlarni asoslash uchun baholashni o‘z ichiga oladi.

  • baholash obyektio’rganiladigan, ya’ni qiymati aniqlanadigan ko’char/ko’chmas mulk va biznes. Baholanadigan obyekt sifatida quyidagilarni kiritish mumkin.

  • alohida moddiy obyektlar (ashyolar);

  • shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmui, shu jumladan muayyan turdagi (ko‘char yoki ko‘chmas) mol-mulk;

  • mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;

  • talab qilish huquqlari, majburiyatlari (qarzlar);

  • ishlar, xizmatlar, axborot;

  • intellektual mulk obyektlari va qonun hujjatlariga fuqarolik muomalasida bo‘lishi mumkinligi belgilangan boshqa fuqarolik huquqlari obyektlari.

  • daromad usulida baholash - baholash obyekti qiymatini, baholash obyektidan kelgusida kutilayotgan daromadlarni yagona joriy kiymatga keltirish orkali baholshni nazarda tutadi.

  • aktivlarga asoslangan baholash usuli biznes qiymati korxona barcha aktivlarining qiymatlari va uning majburiyatlari o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.

  • bozor qiymati baholash usuli – biznesni baholashga bozor munosabati raqobatning iqtisodiy tamoyiliga asoslanadi.

  • diskontlash stavkasi- bo’lg’usi pul tushumlarini joriy qiymatga aylantirish uchun foydalaniladigan iqtisodiy samara stavkasi. Diskont stavkasi kapitalning o`lchangan o`rtacha qiymati, pul oqimi diskontlangan, kumulyativ tuzish, kapital aktivlarni baholash kabi usullar yordamida hisoblash mumkin. Shuningdek baholovchi tomonidan baholash to`g`risidagi hisobotda ushbu usullardan birining tanlanishi va hisoblashda olingan qiymatlar va farazlar asoslantiriladi.

  • baholash prinsiplari - Mulkni baholash turli omillarning mulk qiymati miqdoriga ta’sirini aniqlash imkonini beradigan iqtisodiy prinsiplar yig‘indisi asosida amalga oshiriladi.

Boshqa teng sharoitlarda mulk obyekti qiymatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan omillarga qarab, mulkni baholashda qo‘llaniladigan iqtisodiy prinsiplar yig‘indisi quyidagi tarzda tasniflanishi mumkin:

  • bozor muhitiga bog‘liq baholash prinsiplari;

  • mulkdorning mulk haqidagi tasavvuri bilan bog‘liq baholash prinsiplari;

mulkdan foydalanish xususiyati bilan bog‘liq baholash prinsiplari
Download 19.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling