Korporativ boshqaruv


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana23.11.2020
Hajmi0.55 Mb.
#150487
  1   2   3   4
Bog'liq
Курс иши Синдор


 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  



OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI 

 

“KORPORATIV BOSHQARUV” KAFEDRASI 

 

“KORPORATIV MOLIYA” FANIDAN 

 

KURS ISHI 

 

Mavzu:  Joriy aktivlarni boshqarish muammolari va ularni yechimi 

 

Bajardi:________________________________ 

fakulteti, ____ guruhi talabasi _______________ 



_______________________________________ 

Tekshirdi: 

______________________________________ 

 

 

 

TOSHKENT – 2020 

 

 

__________________________

_fakulteti 

 

 



___________________________

kafedrasi 

 

Ro‘yxatga olindi № __________   



Ro‘yxatga olindi № __________ 

“______” ___________2020 y.   

“______” ___________2020 y. 

Kurs ishi taqrizga  

topshirilgan sana 

“____” _______2020 y. 

 

 

Kurs ishi taqrizdan  



qaytarilgan sana 

 “____” _______2020 y. 

Kurs ishi himoya qilingan 

sana 


 “____” _______2020 y. 

 

Baho  “_____” _________ 



 

___________ 

(imzo) 

___________ 



(imzo) 

     ___________ 

           

 (imzo) 


Komissiya a’zolari: 

__________________ 

 

__________________ 



 

__________________ 

 


 

 



 

MUNDARIJA 

 

Kirish ......................................................................................................................... 3 



1. Joriy aktivlar iqtisodiy kategoriya sifatida va uning tarkibi ................................. 5 

2. Joriy aktivlar tahlilining maqsadi va vazifalari ................................................... 12 

3. Korxonaning joriy aktivlari va ularni boshqarish ............................................... 16 

4. Joriy aktivlarning tarkibi va uni takomillashtirish yo'llari .................................. 24 

5. Joriy aktivlarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi ....................................... 34 

Xulosa va takliflar ................................................................................................... 40 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ......................................................................... 42 

 

 



 

 

Kirish 



Mavzuning  dolzarbligi.  Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoev  ta’kidlaganlaridek 

“Islohotlarning  qay  darajada  samara  berayotganini  ko’rsatadigan  maqsadli 

dasturlarni  amalga  oshirish  natijadorligi.  Bular  qatorida  sanoat  va  boshqa 

tarmoqlarni  rivojlantirishning  quyidagi  iqtisodiy  va  moliyaviy  ko’rsatkichlarini 

keltirish mumkin: ishlab chiqarish quvvatlarining ahvoli, xarajatlarni va tannarxni 

pasaytirish, mahalliylashtirish va rentabellik darajasini, mahsulot raqobatdoshligini 

so’zsiz  oshirish.      Tarmoqlar  bo’yicha  tannarx  o’rtacha  10  foizga    qisqartirilgan 

bo’lsa-da, kimyo va yengil sanoat, avtomobilsozlik, qurilish materiallari  va boshqa 

bir  qator  tarmoqlarning  ayrim  mahsulotlari  qimmatligi  sababli  tashqi  bozorlarda 

raqobatdosh  bo’la  olmayapti.    Ayrim  korxonalar  zarar  bilan  ishlamoqda.”

1

  deb 


ta’kidlaganlar. Shuningdek,

 

2017 yil 7 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 



Sh.M.Mirziyoevning  PF-4947  sonli  farmoni  bilan

2

  2017-2021  yillarda 



O’zbekistonni  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo’nalishi  bo’yicha  harakatlar 

strategiyasi  tasdiqlandi.  Ushbu  xarakat  strategiyaning  uchinchi  ustivor  yo’nalishi



 

“Iqtisodiyotni  rivojlantirish  va  liberallashtirishning  ustuvor  yo’nalishlari”da: 

tarkibiy  o’zgartirishlarni  chuqurlashtirish,  milliy  iqtisodiyotning  yetakchi 

tarmoqlarini 

modernizasiya 

va 


diversifikasiya 

qilish 


hisobiga 

uning 


raqobatbardoshligini 

oshirish 

bandida 

respublikamizda 

kelgusida 

milliy 


iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, 

xizmat  ko’rsatish  sohasi,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  ulushini 

ko’paytirishning  ustuvor  vazifalari  belgilab  berildi.  Shu  sababli,  iqtisodiyotni 

yanada rivojlantirish sharoitida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulot 

ishlab 

chiqarishda 



tejamkorlik 

tizimini 

joriy 

etish, 


investisiyalarning 

samaradorligini  ta’minlash,  korxonalarning  raqobat  mavqeini  mustahkamlash  va 

mahsulotning  raqobatdoshligini    oshirish,  asosiy  vositalarni  yangilash  va  ulardan 

 

1



 

Mirziyoev  Sh.M.  Tanqidiy  tahlil,  qat’iy  tartib-intizom  va  shaxsiy  javobgarlik  –  har  bir  rahbar  faoliyatining  kundalik  qoidasi 

bo’lishi kerak. –T. : O’zbekiston.  2017. 

2

 



O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  7  fevraldagi  “O’zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo’yicha 

Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi PF-4947-sonli Farmoni. “Halq so’zi gazetasi”. 2017 yil 8 fevral’.. 

 

 


 

samarali foydalanish, texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishda samaradorlikni 



ta’minlash  va  boshqa  vazifalarni  amalga  oshirishga  tobora  ko’proq  ehtiyoj 

sezilayotganligi ma’lum bo’lmoqda.  



Kurs  ishining  maqsad  va  vazifalari.  Kurs  ishining  maqsadi  korxonada 

buxgalteriya hisobi va auditni tashkil qilish, joriy mablag’larning harakatini hisobi, 

tahlili  va  auditini  bozor  iqtisodiyoti  talablariga  mos  uslubiy  hamda  tashkiliy 

tamoyillarini yaratishdan iboratdir. Ushbu maqsadga muvofiq kurs

  

ishning asosiy 



vazifalari quyidagilardan iborat: 

–  korxonada joriy aktivlar harakatini tahlilini tashkil etish hamda uni 

takomillashtirish; 

–  debitorlik qarzlarini tahlil qilish va tavsiyalar berish; 

–  joriy aktivlar holatini tahlil qilish va takomillashtirish bo’yicha takliflar 

berish; 


–  tovar-moddiy zahiralar harakati bilan bog’liq muomalalar auditini 

takomillashtirish bo’yicha takliflar berish; 

–  pul mablag’lari va hisob-kitob muomalalari auditini takomillashtirish 

bo’yicha takliflar berish; 



Kurs ishining predmeti. Korxonada hisob siyosati tashkil qilishning uslubiy 

asoslari,  boshlang’ich  hisob  hujjatlarini  takomillashtirish,  joriy  aktivlar  hisobi, 

tahlili hisoblanadi. 

 

 



 

 

 



 

 

1. Joriy aktivlar iqtisodiy kategoriya sifatida va uning tarkibi. 

 

Nufuzli Jahon iqtisodiy forumi reytingiga muvofiq, O’zbekiston 2018 — 2019 



yillarda  iqtisodiy  o’sish  prognozlari  bo’yicha  dunyodagi  eng  tez  rivojlanayotgan 

beshta  mamlakat  qatoridan  joy  olgan.  2019  yilda  O’zbekiston  Respublikasining 

yalpi  ichki  mahsuloti  (YaIM)  58,3  mlrd.  dollar  dan  oshdi  va  2018  yilning  shu 

davriga  nisbatan  5,4  foizga  o’sdi.  O’zbekiston  Davlat  statistika  qo’mitasi 

ma’lumotlariga  ko’ra,  YaIM  indikatori  2018  yilgi  narxlarga  nisbatan  18,9%ni 

tashkil  etdi.  2019  yil  yakunlari  bo’yicha  aholi  jon  boshiga  YaIM  1741  dollar  ni 

tashkil etdi, bu o’tgan yilga nisbatan 13,6%ga ko’p

3

. Iqtisodiy o’sish sur’ati milliy 



iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari ijobiy o’sishiga bog’liqdir. Milliy iqtisodiyotning 

barcha tarmoqlari tomonidan yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat (YaQQ) umumiy 

YaIM 89,8 foizini tashkil etdi va 5,3 foizga o’sdi.Mahsulotlarga sof soliqlar YaIM 

tarkibida  10,2%ni  tashkil  etdi  va  5,3%lik  shunga  o’xshash  o’sishni  ko’rsatib 

berdi.Yalpi  ichki  mahsulotning  o’sishiga  eng  katta  hissa  xizmat  ko’rsatish  sohasi 

tomonidan qo’shildi, u o’tgan yilga nisbatan 6,9%ga ko’p. Shu jumladan, turar-joy 

va oziq-ovqat xizmatlari 3,9%ga (YaIM tarkibidagi ulushi - 11,5%), olib o’tish va 

saqlash, axborot va aloqa - 8,9% (11,0%) hamda boshqa xizmatlar - 7,3%ga (24,8%) 

o’sdi.  2019  yilda  YaIM  tarkibida  mulkchilik  shakllari  bo’yicha  iqtisodiyotning 

nodavlat sektoriga umumiy hajmning 81,0%, davlat sektoriga 19,0% to’g’ri keldi.

4

 

Xo’jalik  sub’ektlari  moliya-xo’jalik  faoliyatini  amalga  oshirishlari  uchun 



ma’lum darajada mablag’larga ega bo’lishi kerak. Bu mablag’lar xo’jalik jarayonida 

turli xil funksiyalarni bajarishi bilan bir qatorda mablag’larning holati va harakatini 

to’g’ri amalga oshirilishida buxgalteriya hisobining harakati alohida ahamiyat kasb 

etadi. Ushbu xo’jalik mablag’lari buxgalteriya balansida aktivlar deb nomlanadi.     

Korxona aktivlari (boshqacha aytganda mol-mulki)–– korxona egalik qiladigan 

va ular yordamida o’zinig moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshiradigan xo’jalik 

vositalarining xilma-xil turlaridir. 

 

3



  https://mineconomy.uz/uz/news/view/3022  -  O‘zbekiston  Respublikasining  2019  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanishining asosiy tendensiyalari 

4

 

http://mineconomy.uz/ 



 

Korxonaning  aktivlari  quydagicha  uchta  talabga  javob  berganda  moliyaviy 



hisobotga kiritiladi: 

–  korxona bu mulkning egasiga deb hisoblanganda; 

–  u uchun muayan qimmatiga ega bo’lganda ; 

–  qandaydir qiymatga va kelgusida korxona uchun iqtisodiy foyda        keltirish 

qobiliyatiga ega bo’lganda. 

Korxona  aktivlari  ikki  turga  bo’linadi:  uzoq  muddatli  va  joriy  (aylanma) 

aktivlar         

                                                   

                          

 

 



 

 

1-chizma. Korxona aktivlarining tarkibi. 



Uzoq muddatli aktivlarga foydali ishlatish muddati bir yildan ortiq bolgan mol-

mulk  kiradi.  Mol-mulkdan  foydalanish  korxonaga  daromad  yoki  iqtisodiy  naf 

keltiradigan davr, uning foydali ishlatish muddatidir.        

Joriy  aktivlar  o’z  ichiga  pul  mablag’lari  va  korxonaning  normal  ish  yoki 

buxgalteriya  balansi  sanasidan  bir  yil  davomida  (qaysi  biri  uzunroq  bo’lishiga 

bog’liq holda)  pul mablag’lariga aylantirilishi, sotilishi yoki sarflanishi kutiladigan 

boshqa aktivlarni oladi. Korxonaning normal ish sikli-tovar va xizmatlar uchun pul 

xarajatlari  (yoki  to’lanadigon  schyotrlarni  tuzish)  bilan  pul  mablag’lariga 

aylantirilgan tovar va xizmatlar sanasining o’rtacha vaqt muddatidir. Joriy aktivlarni 

turkumlash nisbatan yengil, lekin bu yerda ham muammolar kelib chiqishi mumkin, 

sababi normal ish sikli va pul mablag’lariga aylantirish uchun korxona kutiladigon 

davr kabi iboralar har xil mulohazalar keltirib chiqaradi. Xalqaro amaliyotda ushbu 

mablag’lar  turlicha:joriy  aktivlar,  harakatdagi  aktivlar,  aylanma  aktivlar  deb 

yuritiladi.  

Korxona       aktivlari 

Uzoq muddatli 

aktivlar 

Joriy (aylanma) aktivlar 



 

Joriy aktivlarga eng likvidli mablag’lar kiradi (lotinchadan– suyuq, oquvchan), 



chunki ular majburiyatlarni to’lash uchun doimo pul mablag’lariga aylanish siklida 

bo’ladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo’jalik sub’ektida aktivlar iqtisodiy 

naf  keltiruvchi  resurs  sifatida  e’tirof  etiladi.  Aktivlar  xo’jalik  sub’ektlarning 

faoliyatini  kengaytiradi  va  kelgusida  rivojlanish  uchun  zarur  bo’lgan  foyda  olish 

imkonini yaratadi. Aktivlar iqtisodiy kategoriyalardan biri bo’lib, tayyorlash, ishlab 

chiqarish  va  sotish  jarayonlarida  bevosita  ishtok  etadi.  Professor  A.Sotivoliev, 

D.Sotivolieva,  D.Shodibekovalarning  fikrlariga  ko’ra  “Aktiv–  ma’lum  bir  sanaga 

pul  ko’rsatkichiga  korxonaning  mablag’lari,  ularning  tarkibi  va  joylanishi  aks 

ettiruvchi buxgalteriya balansining qismi” hisoblanadi. 

I.Ismanovning fikricha “Xo’jalik yurituvchi sub’ektni faoliyatida ishtrok etadi 

resurslar bugungi buxgalteriya hisobi amaliyotida aktivlar deb e’tirof etilib, ularni 

shartli ravishda uzoq muddatli   ( asosiy kapital va joriy aktivlar (aylanma kapital) 

kabi  guruhlarga  bolinadi.Ishlab  chiqarishni  amalga  oshirishda,  mahsulot  sifatini 

yaxshilashda,  rakobatbardoshligini  oshirishda  va  ishlab  chiqarish  jarayonining 

qo’lamini  ko’paytirishda  xo’jalik  sub’ektlar  faoliyatida  uzoq  muddatli  aktivlar 

mavkeyini  yanada  oshirishda  xizmat  qiladi

5

.    Ular  tarkibiga  asosiy  vositalar, 



nomoddiy aktivlar, kapital qo’yilmalar, uzoq muddatli investitsiyalar, o’rnatiladigan 

asbob-uskunalar,  kapital  qo’yilmalar,  uzoq  muddatli  debitorlik  qarzlari  va 

kechiktirilgan xarajatlar kiradi. Xo’jalik sub’ektlarining jami aktivlari tarkibida joriy 

aktivlar  yuqori  mavqenitiklaydi.  Joriy  aktivlar  o’zining  harakatchiligi,  tez  pulga 

almashuvchanligi  bilan  xo’jalik  sub’ekti  faoliyatida  yuqori  samara  korsatuvchi 

mablag’lardan    bo’lib  hisoblanadi.  Xo’jalik  sub’ektlarning  joriy  aktivlari  uzoq  

muddatli aktivlardan farq qilib, bir ishlab chiqarish  siklida to’la iste’mol qilinadi, 

o’z qiymatini tayyor mahsulotga  o’tkazadi va ashyoviy-natura ko’rinishida ham, 

qiymat tavsifida ham tiklanadi va shu yo’sinda uzluksiz harakatda bo’ladi. Xo’jalik 

sub’ektlarining  joriy  aktivlari,  pul  mablag’lari  ,  ularningkavalentlari  va  oladigan 

schyotlar bo’lib, xo’jalik muomolarining ushbu aktivlari quydagilarga bo’linadi: 

 

5



Uzok  mudatli  aktivlarning  buxgalteriya  xisobi  va  audit  metodologiyasini  jamlashtirish  masalalari  .i.f.d.  ilmiy 

darajasini olish uchun yozilgan avtoreferati.T.:2008.-19 b.   

 


 

– tovar-moddiy  zahiralari; 



– oladigan schyotlar; 

– oldindan to’langan sarflar (berilgan bo’naklar); 

– debitorlik qarzlari; 

– pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari; 

Joriy  aktivlar  to’g’risida  xorijlik  iqtisodchi  olim  V.V.Kovalev  qo’yidagi 

fikrlarni bayon etgan: “Aylanma kapital –odatda aktivlar deb nomlanib, bir yildan 

ortiq  bo’lmagan  davrda  xo’jalik  sub’ekti  qo’llamalarida  ishtirok  etuvchi 

mablag’lardir. Aylanma mablag’lar xo’jalik sub’ektining harakatlanuvchi aktivlari 

sifatida namoyon bo’ladi va bir ishlab chiqarish jarayonida yoki bir yil davomida 

ishlatiladigan pul mablag’lari tushuniladi. 

Yo.Abdullaev,  A.Ibrohimov  va  M.Raximovlarning  fikrlariga  ko’ra,  “Joriy 

aktivlar  tarkibiga  xo’jalik  sub’ektining  moddiy  aylanma  mablag’lari,  pul 

mablag’lari, qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar hamda qarshi tomonga bo’lgan 

debitorlik majburiyatlari  kiritiladi” deb tariflangan.  Ammo, bu yerda ham  “qarshi 

tomonga  bo’lgan  debitorlik  majburiyati  “  tushunchasi  tahrir  etish  hamda  muddati 

kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismini qo’shish maqsadga muvofiq. 

Amaldagi  1-sonli  “Hisob  siyosati  va  moliyaviy  hisobot  “  nomli  BHMS

6

ning 



69.2.-bandiga  asosan  joriy  aktivlarga  quydagicha  ta’rif  etilgan:”Asosan  qayta 

takroriy  sotish  maqsadida  yoki  qisqa  muddatda  ushlab  turilgan  bo’lsa  va  undan 

hisobot vaqtidan keyngi 12 oy mobaynida foydalanish kutilayotgan bo’lsa, bunday 

hollarda  u  joriy  aktiv  sifatida  taklif  etilishi  lozim  “  deb  izohlangan  .  Bizningcha, 

joriy  aktivlarga  berilgan  mazkur  ta’rif  ham  uning  mohiyatini  to’la  ochib  bera 

olmagan. 

Ishlab  chiqarish  uzluksizligini  ta’minlash  uchun  xo’jalik  sub’ekti  tasarrufida 

bor bo’lgan resurslar zahirasiga, shuningdek, ularning normadan ortiqcha to’planib 

qolmasligiga  ahamiyat  berish  lozim.  Aks  xolda  mablag’larning  aylanuvchanligi 

sekinlashadi va ishlab chiqarish jarayoni buziladi. 

 

6

www.fmc.uz 



 

Joriy  aktivlarni  ishlab  chiqarishda  ishtrok  etish  xarakteri  va  unga  ta’sir  etish 



darajasiga ko’ra, shuningdek, hosil bo’lish manbalari bo’yicha tarkiblash mumkun. 

Joriy  aktivlarning  tasniflanishi  keltirilgan  bo’lib,  ular  quydagicha  tarkib  bo’yicha 

ajratiladi. 

I. Likvidlik darajasiga ko’ra : 

II.Joriy aktivlarning ishlab chiqarishdagi qatnashish o’rni va darajasiga ko’ra. 

III.Joriy aktivlarning me’yorlashtirish darajasiga ko’ra: 

IV.Joriy aktivlarni shakllanish manbasiga ko’ra: 

V.  Joriy  aktivlarning  to’lovga  layoqatligini  baholashga  tavakkalchilik  

darajasiga ko’ra esa. 

Iqtisodiyot  sub’ektlarining  faoliyatida  xo’jalik  aloqalari  muhim  o’rin  tutadi. 

Chunki  bu  aloqalar  orqali  ta’minot,  ishlab  chiqarish  ,  mahsulotlarni  jo’natish  va 

sotish jarayonlari amalga oshiriladi. Xo’jalik sub’ektlar faoliyatida joriy aktivlardan 

samarali foydalanish evaziga mahsulot tannarxi kamayishi, foydaning ko’payishi va 

rentabellik darajasining ortishiga erishiladi.  

Xo’jalik  sub’ektining  joriy  aktivlari  ishlab  chiqarish  va  hisob-kitob 

funksiyalarini bajarishi bo’yicha tavsiflanishi lozim. 

Mablag’larning  me’yordan  ortiqcha  saqlanishi  esa  ulardan  samarasiz 

foydalanishga  olib  keladi.  Joriy  aktivlar  yukoridagi  singari  tasniflanishi  bilan  bir 

katorda  ularning  tarkibiy  tuzulishi  Moliya  vazirligi  tomonidan  2002  yil  27 

dekabrdagi 104 – sonli buyrugiga asosan kabul kilingan <

(1-shakl) kuydagi kurinishda bulishni tavsiya etamiz (2-chizma). 

Ishlab 


chikarish 

boskichining 

kiskartirilishi 

aylanma 


mablaglar 

aylanuvchanligini kiskartiradi va faoliyatiga kuyida xolatlada ta’sir etadi: 

- zahiralar aylanish davrini kiskartiradi; 

- tugallanmagan ishlab chikarish aylanish davrini kiskartiradi; 

- tayyor maxsulotlar aylanish davrini kiskartiradi; 

Ishlab 


chikarish 

boskichining 

kiskartirilishi 

aylanma 


mablaglar 

aylanuvchanligini kiskartiradi va faoliyatiga kuyida xolatlada ta’sir  etadi: 

- zahiralar aylanish davrini kiskartiradi; 


10 

 

- tugallanmagan ishlab chikarish aylanish davrini kiskartiradi; 



- tayyor maxsulotlar aylanish davrini kiskartiradi; 

Xujalik sub’ektlaridagi joriy aktivlarda asosiy urinni tovar-moddiy zahiralari 

egallaydi. 

 

JORIY AKTIVLAR 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

2-chizma. Joriy aktivlarning takomillashtirilgan  tarkibi.

7

 

 



7

 Chizma muallif tomonidan ishlab chikilgan. 



Tovar-moddiy  

zaxiralari, jami 

Debitorlar, jami 

Pul mablag’lari, 

jami 

Boshqa joriy 

aktivlar, jami 

Ishlab chiqarish 

zaxiralari 

Tugallanmagan 

ishlab chiqarish 

Tayyor maxsuot 

Tovarlar 

shundan; muddati 

o’tgan 

Харидор ва буюрт-



мачиларнинг карзи 

Ajratilgan bo’l-

inmalarning qarzi 

Sho’’ba 


va 

qaram 


xo’jalik 

jamiyaat 

larning qarzi   

Xodimlarga berigan 

bo’naklar 

Boshqa pul 

mablag’lari va 

ekvivaletlari     

Chet el valyuta-

sidagi pul 

mablag’lari    

Xisob-kitob 

schyotidagi pul 

mablag’lari    

Kassadagi pul 

mablag’lari  

Kelgusi  davr 

xarajatlari  

Kechiktirilgan 

xarajatlar 

Qisqa mudatli 

investitsiyalar  

Mol yetkazib 

beruvchilar va 

pudrvtchilarga 

berilgan 

bo’naklar 

Byudjetga 

soliq va 

yig’imlar 

bo’yicha 

bo’nak 


to’lovlari 

Maqsad davlat 

jamg’armalariv

a sug’urtalar 

bo’yicha 

Ta’sischilar-

ning ustav 

kapitaliga 

ulushlar 

bo’yicha qarzi 

Xodimlar-

ning boshqa 

operasiyalar 

bo’yicha 

qarzi 

Boshqa 


debitorlik 

qarzlari 



11 

 

Chunki, bu bandda xojalik sub’ekti ishlab chikarishni yuritishga zarur bolgan 



xom-ashyo va materiallar jamlanadi. Unda xom-ashyo va materiallar, sotib olingan 

yarim tayyor maxsulotlar va butlovchi buyumlar, konstruksiyalar va detallar, urug, 

yem – xashak, yokilgi, idishlar va idishbob materiallar, extiyot kismlar, kayta ishlash 

uchun chetga berilgan materiallarning xakikiy tannarxi ( sotib olish va olib kelish 

bilan boglik xarajatlar) kursatiladi.           

1-jadval 

Foydalanishning iqtisodiy mazmuniga ko’ra 

Tovar - moddiy zahiralari guruhlari 

Tovar- moddiy zahiralarning 

nomlari 

Iqtisodiy mazmuni 

1 Xom-ashyo  

Maxsulotning moddiy asosini tashkil etadigan mexnat  ashyolaridir   

2 Materiallar  

Xom-ashyoga ta’sir etish uchun kullaniladigan va maxsulotga ma’lum iste’mol 

xususiyatini berishda foydalaniladigan vositalardir     

3  Sotib  olingan  yarim  tayyor 

maxsulotlar va butlovchi kismlar  

Ma’lum  darajada  ishlov  boskichidan  utgan,  lekin  xali  provard  maxsilot 

darajasiga yetkazilmagan maxsulotlar  

4 Yokilgi  

Kumir, benzin, torf, gaz va neft’ maxsulotlari     

5 Extiyot kismlar 

Mashina  va  jixozlarni  tuzatishda,  ishdan  chikkan  kismlarni  almashtirishda 

kullaniladigan mashina va mexanizmlarning detal’ agregat va kismlar   

6 Kurilish materiallari  

Bevosita  kurilish  va  montaj  ishlari  jarayonida,  kurilish  kisimlarini 

tayyorlashda,  bino  va  inshootlarning  aloxida  konstruksiya  va  kurilmalarni 

kutarishda va kurib tugatishda foydalaniladi  

7 Idish va idish materiallari 

Turli material va maxsulotlarni urash, joylashtirish, tashish xamda saklashda 

ishlatiladigan buyuumlar  

8 Inventar’ va xujalik anjomlari  

Xujalik faoliyatida ishlatiladigan inventar’ buyumlar, kiradi 

9      Boshka  tomonga  kayta 

ishlashga berilgan materiallar  

Xojalik  sub’ekti  balansida  turgan,  kayta  ishlash  uchun  boshka  xujalik 

sub’ektiga berilgan materiallar   

10 Boshka materiallar 

Yukorida kursatib utilmagan boshka materiallar 



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling