Korxona va tashkilotlar moliyasi Korxona moliyasi. Bu korxona daromadlari va xarajatlarining yaxlitligidir. Firmalar, odatda, kommersiya asosida ishlab


Download 18.43 Kb.
bet1/8
Sana28.12.2022
Hajmi18.43 Kb.
#1022943
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Statistika mustaqil ish


Mavzu:Korxona va tashkilotlar moliyasi statistikasi.


Reja:

1.Korxona moliyasi statistikasi.


2.Davlat moliyasi statistikasi.
3.Davlatni idora qilish xarajatlari.


Korxona va tashkilotlar moliyasi
Korxona moliyasi. Bu korxona daromadlari va xarajatlarining
yaxlitligidir. Firmalar, odatda, kommersiya asosida ishlab,
o‘zini o‘zi pul bilan ta’minlaydi. Ular hosil etadigan pul fondlari o‘z
tovarlari va xizmatlarini, ortiqcha mol-mulkini, o‘zi chiqargan
aksiyalarni sotishdan, oldin sotib olgan aksiyalar va obligatsiyalarga
tegadigan pullar(dividend), davlat yoki har xil homiylar tomonidan
yordam sifatida berilgan, bankdan qarzga olingan, sug‘urta
kompaniyalari beradigan pullar hisobidan tashkil etiladi. O‘z puliga
korxona resurs oladi, undan soliq to‘laydi, qarzini qaytaradi, kapitalini
ko‘paytiradi, bankka foiz to‘lovlari to‘laydi va h.k.
Nokommersiya tashkilotlari moliyasi. Bu tashkilotlar ham pul topib,
uni sarflash bilan shug‘ullanadilar. Ular ko‘pincha savobli xayriya


98
ishlarini bajarish uchun pul resursini hosil etadilar. Bu uch manbadan
yuzaga keladi: davlat bergan yordam; homiylar ajratgan pul va xayriyalar;
pulli xizmatlar keltirgan tushum, lekin bu asosiy manba emas.
Yig‘ilgan pul muhtoj kishilarga yordam berish, ommaviy tadbirlar
(bayramlar, tanlovlar, uchrashuvlar va ko‘rgazmalar) o‘tkazishga sarflanadi.
Jamoat tashkilotlari moliyasi. Bunday tashkilotlar jumlasiga kasaba
uyushmasi, turli ittifoqlar, partiyalar, xalq frontlari, kasbiy klublar
va boshqalar kiradi. Bular ham o‘z faoliyatini yurgizish uchun pul
yig‘ib, uni sarflaydilar. Bu pul ta’sischilar ajratgan mablag‘lardan,

Download 18.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling