Kurs ishi himoyasi


Download 3.56 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi3.56 Kb.
#1751369
Bog'liq
Kurs ishi himoyasi-fayllar.org


Kurs ishi himoyasi

KURS ISHI HIMOYASI
Kurs ishi(loyixasi) o‘quv jarayonlarinig muhim ko‘rinishi bo‘lib ta’lim yo‘nalishining (mutaxassislikning) o‘quv rejasi asosida talabalar tamonidan bajariladi. Kurs ishi talabaning o‘qutuvchi rahbarligi ostida mustaqil o‘quv-tadqiqot va uslubiy ishi hisoblanadi. Ish muammo, hodisa va voqea, faktlar, ularning tahlili va umumlashtirishga asoslanadi.
Talaba o‘qutuvchi (ilmiy rahbar) bilan birgalikda o‘rganilishi va tajriba asosida tekshirilishi kerak bo‘lgan masalalarni aniqlaydi, tadqiqot rejasini, ish strukturasini, uni bajarish muddatini va bosqichlarini aniqlaydi, adabiyotlar va boshqa kerakli materiallarni belgilaydi.
Ishning mazmuniga(tarkibiga) qo‘yiladigan talablar .
Kurs ishi quyidagi tuzilishga (strukturaga) asoslanishi kerak:
  1. Titul varag‘i.


  2. Mundarija.


  3. Kirish.

  4. Asosiy qism.

  5. Xulosa.

  6. Adabiyotlar ro‘yxati.

  7. Ilovalar


Masalan “Matritsalarni ko‘paytirish algoritmlari” nomli kurs ishining mumkin bo‘lgan mundarijasi quyidagichadir.


Kirish.
1 Bob. Matritsalarni ko‘paytirishning nazariy asoslari.
    1. Matritsa tushunchasi.


    2. Matritsalarni ko‘paytirish.


    3. Matritsalarni ko‘paytirishning standart algoritmi.


    4. Matritsalarni transponirlash asosidagi ko‘paytirish algoritmi.


    5. Matritsalarni ko‘paytirishning blokli algoritmi


    6. Shtrassen algoritmi.


2 Bob. Matritsalarni ko‘paytirishning algoritmlarini ishlab chiqish.


2.1. Programmaning modulli strukturasi
2.2. Programmaning asosiy funksiyalarini yaratish
2.3. Programmani taxlash va testlashtirish.
2.4. Yaratilgan algoritmlarni samaradorligini taqqoslash.
2.5. Foydalanuvchi uchun ko‘rsatmalar.
Xulosa
Adabiyotlar ro‘yxati
Ilovalar
Ilova 1. Modul №1 boshlang‘ich kodi.
Ilova 2. Modul №2 boshlang‘ich kodi.
Ilova 3. Modul №3 boshlang‘ich kodi.
Ishni rasmiylashtirish qoidalari
Kurs ishi kompyuterda (A4 format) qog‘ozining bir tamoniga chop etildi. Shrift 14 pt, Times New Roman, 1 intervalda, abzast- 125 mm. maydon o‘lchovlari: yuqori va pastdan 20 mm, o‘ngdan-10 mm, chapdan-30 mm. ish xajmi 20-30 betli mashinada chop qilingan matn.
Kurs ishining himoyasi.
Kurs ishi kafedrada tuzulgan ishchi komissiyada himoya qilinadi. Talaba himoyaga kurs ishi va ilmiy rahbarning ishni himoyaga ruxsat berish mumkinligi haqidagi xulosasi bilan keladi. Komissiya tarkibi 2-3 o‘qutuvchidan iborat bo‘lib, ularning biri talabaning kurs ishi rahbari bo‘lishi talab qilinadi.
Himoya paytidagi ma’ruzada talaba quyidagilarni 10 daqiqagacha vaqt mobaynida qisqa, aniq va tushunarli shaklda bayon qilishi kerak:
  • Mavzu;

  • Maqsad;

  • Ishning dolzarbligi;


  • Tadqiqot metodikasi;


  • Olingan natijalar va xulosalar;


  • Ishlab chiqilgan taklif va mulohazalar.




http://fayllar.org
Download 3.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling