Kurs ishi mavzu: Aniqmas integrallar


Download 172.37 Kb.
bet1/7
Sana07.07.2023
Hajmi172.37 Kb.
#1658490
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
[31.01.2023 10 59] ХАЗАРАСП МАРГИЛАН


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMLI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
SIRQTI BO‘LIM
Matematika va informatika yo‘nalishi 312-guruh talabasi
Daypaliyeva Dildoraning
Matemaktik analiz fanidan tayyorlagan

KURS ISHI
Mavzu: Aniqmas integrallar.
Ish rahbari: Qo’shoqov Xolmurod


Andijon-2023

Mundarija


Xulosa 20
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 21


KIRISH.
Mustaqil, rivojlanishda kun sayin ildamlab borayotgan yurtda, ma’nan, ruhan, jismonan sog‘lom barkamol avlodning davrga mos ravishda milliy xususiyatlarini shakllantirish, ma’naviyatini, ta’lim-tarbiyasini yuksak darajaga ko‘tarishday zalvarli ish bilan pedagogika fani shug‘ullanadi. Shuning uchun ham pedagogika fani va amaliyotining bugunga kelib, maqsadi tamomila o‘zgardi. U mafkura iskanjasidan xalos bo‘lib, o‘ziga xos milliy qonuniyatlar asosida rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lganligi tufayli bilim berish, mutaxassis tayyorlashni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan pedagogikadan, milliy g‘ururi baland, o‘zbek millatga xos bo‘lgan yuksak fazilatli barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayonga aylanib borayotganligi ko‘rinib turibdi.
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, usullari va qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat, insonning ma’rifiy va ma’naviy komillikka erishishi tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangan sari etuk, barkamol shaxslarni tarbiyalab etishtirish ehtiyoji ortib, o‘zgarib, yangilanib borgan.
Prezidentimiz Mirziyoyev Sh.M. o‘z nutqida: “Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir”1-deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, xalqimiz ulkan ma’naviy me’rosga ega. Ushbu tarixiy merosdan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish, yoshlarda ajdodlar an’analariga sodiqlik va munosib bo‘lish hissini shakllantirish mutaxassislar oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Hozirgi kunda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish nafaqat ijtimoiy yoki iqtisodiy sohalar, balki, siyosiy sohada ham foydalanish, uni davlat boshqaruvi, davlat va jamiyat munosabatlari hamda fuqarolarga davlat xizmatlari ko’rsatish kabi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlar uchun qo’llash ayni muddao hisoblanadi.
Darvoqe, har bir jamiyatning bugungi kuni va kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.
Shuni ta’kidlaymizki, ,,Matematik analiz’’ fani oliy ta’limda asosiy tayanch fan ekanligi, uning usullari ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, informatika, chiziqli va nochiziqli dasturlash, makro va mikro iqtisod, ekonometriya, iqtisodiy tahlil, moliyaning miqdoriy metodlari, logistika va boshqa fanlarning asosiy bilimlarini egallashda muhim qurol sifatida ishlatilishi e’tiborga olinadi. Men ushbu kurs ishida ,,Matematik analiz’’ fanining “aniqmas integrallar” mavzusini yoritib beraman, o‘qitish- o‘rgatish haqida fikr yuritaman.

Download 172.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling