Kurs ishi mavzu: Firdavsiyning “Shoxnoma” asari manba sifatida


Download 417.24 Kb.
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi417.24 Kb.
#1527220
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
TULAGANOVA GULBAHOR 2-OLIY TALIM


CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

IJTIMOIY FANLAR YOʻNALISHI 2-OLIY TALIM TARIX
Tarixshunoslik” FANIDAN




KURS ISHI
MAVZU: Firdavsiyning “Shoxnoma” asari manba sifatida



Bajardi:G.B.Tulaganova



Kurs ishi rahbari:Sa`dullayeva Mahfuza Husenova





Mundarija

Kirish…………………………………………………………………
……...2-5
I BOB. Abdulqosim Firdavsiyning hayoti va ijodi. 

1.1.Abdulqosim Firdavsiyning hikmatlari.…………………………….6-9
1.2. “Shohnoma” asarining tarixiy fakatlar va voqe`lar bilan boyligi haqida. ………………………………………………………….10-14
II BOB. “Rustam va Suxrob” dostoni haqida. 

2.1.Abulqosim Firdavsiyning “Shoxnoma” asarining manba sifatida qo`llanishi…………….………………………………………………….15-21
2.2 Bugungi kunda “Shoxnoma ”asrining o`rganishning ahamiyati…………………………………………………………………22-27
Xulosa…………………………………………………………………….28-33
Adabiyotlar ro’yxati………………………………………………….33-35



KIRISH.

Donolar so‘ziga quloq ilmasang,
Eng nodon sendirsan - bilgil, bilmasang.
Pandu nasihatdan kim o‘girdi yuz,
Zahmati ming bo‘lur, pushaymoni - yuz.

Abulqosim Firdavsiy1
Istiqlol tufayli mumtoz adabiyotimiz sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, nisbatan ijodiy erkinlik darajasi, milliy qadriyatlarimizning qayta tiklanishi mafkuraviy yakkahokimlik asoratlarini bir qadar cheklab qo‘ydi, badiiy izlanishlarning falsafiy-intellektual saviyasini oshirdi hamda shakliy-uslubiy mazmuniy miqyoslarni yanada boyitdi. Zero, jamiyat ma‘naviyatini yuksaltirish har doim ham yetuk mutaxassislar zimmasida bo‘lgan. Birinchi prizidentimiz I.A. Karimov e‘tirof etganlaridek ― Xalqimiz ma‘naviyatining, milliy tafakkurimizning ajralmas qismi bо‘lgan, kerak bо‘lsa, uning о‘zagini tashkil etadigan ona tilimizni, boy tarix va qadimiy an‘analarga ega adabiyotimizning asrab-avaylab, rivojlantirib kelayotgan zahmatkash insonlar, ularning og‘ir va mas‘uliyatli mehnati barchamizning kо‘z oldimizdan о‘tadi

_________1
Х.Шарифов.М.Қаноат.-Душанбе: “ Адиб” 1987-480с.

Ajdodlarimizning boy ilmiy va adabiy merosi ham ma‘naviy–axloqiy, ham ma‘rifiy tomondan o‘z ta‘sirini o‘tkaza boshladi.Xususan Abulqosim Firdavsiyning “Shoxnoma ” asari ko`plab tarixiy asarlar singari ham tarixshunoslik ham mumtoz adabiyotimizning eng sara asarlari qatorida hozirgacha manba sifatida tarixshunoslar tomonidan keng o`rganilib kelmoqda.
«Shohnoma» asari haqida.
Bu asar 30-35 yil mehnat samarasi bo‘lib, 60ming baytdan iborat.
Asar dastlab Abu Mansur Daqiqiy tomonidan «Xudoynoma»(«Gushtasb») degan nom bilan yozila boshlagan.
Biroq uasarning ming baytchasini yozgan paytda quli tomonidan o‘ldiriladi. 
 Bu ishni Firdavsiy davom ettiradi. Asarda qariyb 4000 yil ichida Eron zaminida hukmronlik qilgan 4 ta sulolaga mansub 50 podshoh hayotiga tegishli voqea-hodisalar o‘z aksini topgan. «Shohnoma» dan zolim va qonxo‘r Zahhok («ilonshoh», yelkasidan ilon o‘sib chiqqan) haqida, «Rustam va Suxrob» haqida va shu kabi ko‘pgina dostonlar o‘rin olgan. Asar qahramoni Rustam Shag‘odning makr-hiylasidan o‘ladi. Asardagi Zoli Zar, Rudoba, Suhrob, Gudarz, Gev,Tus, Hojir, Gurdofarid, Humoy, Manija singari qahramonlar ham yer yuzida adolattantanasi uchun kurashadilar. «Zol va Rudoba» hamda «Bijon va Manija» dostonlarida chinakam baynalmilallik g‘oyalari ilgari suriladi. Firdavsiy «Isfandiyr», «O’n shasimuhoraba» dostonlarida, ayniqsa, mamlakatning butunligiga tahdid soluvchi, o‘zaro urush chiqarish uchun bahona izlovchi shohlar, shahzoda va lashkarboshilarni qattiq qoralaydi. Sharq adabiyotida birinchi bo‘lib, Iskandar mavzusini ham Firdavsiy qalamiga olgandir. 
«Shohnoma» da peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va somoniylar kabi sulolalar tarixi haqida so‘z yuritilgan.


Download 417.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling