Kurs ishi mavzu: ms
Download 0.96 Mb.
|
Kurs ishi KIAT (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT-2020 Reja: I.
Fakultet: Yoqilg’i organik birikmalar kimyosi texnologiyasi Yo’nalish: Neft van eft-gazni qayta ishlash texnologiyasi Kimyoviy Injeneringda Axborot Texnologiyalari fanidan KURS ISHI Mavzu: MS Excel va C++ dasturlarida masala yechish Bajardi: (21-18) Jahongir Ergashev TOSHKENT-2020 Reja: I.Kirish II.Asosiy qism 1.Microsoft EXCEL Dasturi 2. C++ Dasturlash Tili 3. MS Excel electron jadvali imkoniyatidan foydalanib misolni yechish 4. C++ algoritmik tilida masalaning dasturini tuzish III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH
Ushbu fаnni о‘rgаnish nаtijаsidа tаlаbаlаr kimyodаgi аxborot texnologiyalаri, ulаrning imkoniyatlаri vа ulаrni insoniyatning bаrchа fаoliyatlаrigа, shu jumlаdаn ishlаb-chikаrish tо‘g‘risidа mа’lumotgа egа bо‘lishlаri kerаk. Shuningdek, tаlаbаlаr quyidаgilаrni bilishlаri shаrt: turli soxаlаrdа, аyniqsа kimyo аxborot tizimlаridа qо‘llаnilishi bilаn bog‘liq bо‘lgаn аsosiy tushunchаlаrni о‘zlаshtirish; mа’lumotlаrni qаytа ishlаsh аlgoritmlаrini о‘rgаnish vа о‘zlаshtirish, xаmdа turli mа’lumotlаr strukturаlаri bilаn ishlаsh аlgoritmlаrini о‘zlаshtirish; аxborot texnologiyalаridа rо‘y berаdigаn аsosiy аxborot jаrаyonlаri bilаn tаnishish; mаsofаviy tа’lim texnologiyasi vа uning dаsturiy vа texnik vositаlаri bilаn tаnishish. Ushbu fаn, аsosаn, ― kimyo injineringidаgi аxborot texnologiyalаrining fаni bilаn uzviy bog‘liq vа shu fаndаn olingаn bilimlаrgа аsoslаnаdi. Respublikamizda ta’lim jarayoniga berilayotgan e’tiborning kundan-kunga oshib borishi, fanlar mazmunini chet el adabiyotlari bilan boyitish, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini ta’lim jarayoniga qo‘llash, ishlab chiqarish va ilm-fan integratsiyasini jadallashtirish masalalarini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Shundan kelib chiqgan holda, kimyoviy injeneringda axborot texnologiyalari fani tashkil qilinib, bunda hozirgi bosqichda, dastlab dasturlash tillari haqida qisqacha ma’lumot berilgan bo‘lsa, keyingi qismida amaliy dasturiy paketlar yordamida kimyoviy texnologik jarayon masalalarini yechish haqida ma’lumotlar keltirilgan. Darslikda C++, Excel, Matlab, Mathcad, ASPEN dasturlari va amaliy dasturlari haqida qisqacha ma’lumot xamda kimyo injinering masalalarini amaliy dasturlar yordamida yechishga qaratilgan ma’lumotlar keltirilgan. Dasturlar imkoniyatlarini o‘rganish orqali kimyoviy injinering jarayonlarini simulyatsiya qilish va optimallashtirish masalalarini oson va oddiy o‘rganishga dastlabki qadamlar qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ladi. Microsoft EXCEL DASTURI Microsoft Excel Microsoft Office dasturining tarkibiy qismi hisoblanadi. U o’zida elektron jadval, ilova, funksiyalar va grafik yaratish uskunalarni qamrab oladi. MS Excelning afzal tomonlaridan biri sanoat va ilmiy sohada keng qamrovda ishlatishidir. Ushbu elektron jadval nafaqat hisob kitobni bajarish uchun balki turli rejali dasturlar ta’minoti uchun ham ishlatiladi. Shunday qilib foydalanuvchi MS Excelda boshqa dasturlar bilan o’zaro bog`liqlikda foydalanish imkoniyati mavjud. MS EXCEL elektron jadvali hisoblash vositasi sifatida qaralib, iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina qolmay, balki xar kungi xarid qilinadigan oziq-ovqatlar, uy-ro’zg’or buyumlari xamda bankdagi hisob raqamlari hisob-kitobini olib borishda xam yordam beruvchi tayyor dasturlardan biri hisoblanadi. MS Excel elektron jadvali (MS Excel – 2000da 65536) qator (row) va 256 ta ustun (column) dan iborat. Qatorlar 1dan 65536 gacha bo’lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari (A, B , … , Z, AA, AB, …., IV) bilan belgilangan. Asosiy tarkibiy elementi – yacheyka (cell) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator balandligini o’zgartirish ham mumkin. Jadvalning tanlangan yacheykasiga o’tish uchun aniq manzil (adres) ko’rsatilishi kerak. U qator va ustun kesishmasida , masalan A1, B4, F9, AB3 kabi ko’rsatiladi . Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta'minotining tarkibiy qismiga kiruvchi MICROSOFT OFFICE paketidagi asosiy vositalardan biri jadval protsessori deb ataluvchi MS EXCEL dasturidir. MS EXCEL WINDOWS operatsion qobig’i boshqaruvida elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga mo’ljallangan. MICROSOFT EXCEL elektron jadvali hisoblash vositasi sifatida qaralib, iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina qolmay, balki xar kungi xarid qilinadigan oziq-ovqatlar, uy-ruzg’or buyumlari xamda bankdagi hisob raqamlari hisob-kitobini olib borishda xam yordam beruvchi tayyor dasturdir. Formulalar yordamida hisob ishlarni amalga oshirish mumkin. Elektron jadvallar formulalarsiz oddiy matn muxarririga aylanib qoladi. Jadvalga formulani qo’yish uchun uni kerakli yacheykaga kiritish lozim. Formulalarni xam boshqa ma'lumotlar singari o’zgartirish, saralash, ulardan nusxa ko’chirish va o’chirish mumkin. Formuladagi arifmetik amallar sonli qiymatlarni hisoblashda, maxsus funksiyalar matnlarni qayta ishlashda xamda yacheykadagi boshqa qiymatlarni hisoblashda foydalaniladi. Bundan tashqari bir qator vazifalarni bajaruvchi funksiyalar mavjud. Masalan trigonometric (sin, cos, tan va boshqalar) statistika (о‘rta qiymat, о‘rta va boshqalar) algebraic (summ, круглый, log va boshqalar) logik (if, false). Kerakli funksiyadan foydalanish uchun foydalanuvchi f(x) tugmasini bosish kerak. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling