Labaratoriya ishi


Download 116.79 Kb.
Sana06.12.2020
Hajmi116.79 Kb.
#161381
Bog'liq
BTTL Lab 2 Istam.docx.lnk


O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi

Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti

« Biznes tizimlari tahlili va loyihalash » fanidan

LABARATORIYA ISHI

Mavzu: Tizimning ichki va tashqi talablari

Bajardi: 218 - 17 - gurux talabasi

Abdullayev Istamxon

Qabul qildi: ________________

Toshkent 2020

Labaratoriya ishi – 2



Mavzu: Tizimning ichki va tashqi talablari

Ishdan maqsad: Korxona, tashkilot dastur va tizimdagi turli ichki va tashqi talablarni aniqlash va tahlil qilish ko’nikmasini xosil qilish.



Nazariy ma’lumotlar

«Tizim» tushunchasi tizimga kiruvchi bir qator elementlarni cheklaydi: shartli ravishda cheklangan chegara o‘rnatadi, undan tashqaridagi elementlar esa ushbu tizimga kirmay qoladi. Bundan anglashiladiki, tizim o‘z-o‘zidan emas, balki boshqa ko‘plab elementlar qurshovida mavjud bo‘ladi. Ayrim masalalarni hal etishda bizni bu tashqi muhitning barcha elementlari emas, balki ushbu masala nuqtai-nazaridan tashqi muhitni tashkil etuvchi, ko‘rib chiqilayotgan tizimga biror-bir aloqasi bo‘lgan elementlargina qiziqtiradi.

Tashqi muhit — bu ko‘rilayotgan tizimga ta’sir ko‘rsatuvchi yoki ko‘rilayotgan masala sharoitida uning ta’siri ostida bo‘lgan, tizimdan tashqaridagi har qanday tabiat elementlaridir. Chunki, real sharoitlarda tizimlarning har biri alohida emas, balki boshqalari yonida, bir-biriga bog‘liq holda ishlaydi. Tizimlarni tahlil va sintez qilish chog‘ida aloqalarning ikki xil turi ajralib turadi: ichki va tashqi aloqa. Tashqi aloqaga ega tizimlar ochiq deb, unga ega emaslari esa yopiq aloqa deb ataladi.

Talab - bu eng avvalo biror-bir tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan extiyojning bozorda namoyon bo‘lishidir. Talab asosida extiyoj yotadi. Ammo talab bo‘lishi uchun Tovar yoki xizmatlarning xaridorga zarurligi mavjud bo’lishi lozim. Bulardan tashqari berilgan tizimning ichki va tashqi talablari ham mavjud



Rasm 2.1. Tanlangan tizimning ichki talablari
Ichki talablar:

  1. Murabbiylarning sportdagi kariyerasi, sportdagi bilim darajasini tekshirish va ish staji bilan tanishgan holda ularni imtihondan o’tkazish;

  2. Mijozlarni jalb qilishda turli vositalardan foydalanish. Masalan: Gazeta, Televizor va internet tarmog’iga turli xildagi reklamalarni berish;

  3. Mijozlarni sinovdan o’tkazib uning jismoniy holatini bilish va shunga qarab mashg’ulotni belgilash;

  4. Rag’batlantirish – faol va yuqori natijalarga erishgan xodimlarni va mijozlarni rag’batlantirib unumdorlik va raqobatni oshirish;

  5. Odob – axloq qoidalariga rioya qilishni ta’minlash;

  6. To’lovni to’lash - mijozlarni to’lov turini nazorat qilish va uni vaqtida to’laganini tekshirish;

  7. Giygena va shaxsiy tozalikga qatiy rioya etish kerak;

  8. Sport anjomlaridan foydalanish qoidalariga rioya etish, zal va sport anjomlariga ehtiyotkorona munosabatda bo’lib ularni asrash kerak.


Rasm 2.2. Tashqi talablar
Tashqi talab:

  1. Litsenziya olish bu albatta ishning boshlanish talabi hisoblanadi.

  2. Soliqlarni o’z vaqtida to’lash ham eng asosiy ishlardan biri hisoblanadi

  3. Sport komleksining joylashgan o’rni va uning xavfsizlik talablariga javob berishi ham muhim talablardan biri hisoblanadi.

  4. Har bir tashkilot va korxonada kadrlar bo’limi bo’lish talabi qo’yiladi

  5. Buxgalteriya bo’limi ham albatta eng zarur talablardan biridir.



Xulosa: Ushbu labaratoriya mashg’ulot davomida tizimni loyihalashtirishda faqatgina ichki talablarni o’zini o’rganib chiqish kamlik qilishini va aksincha faqat tashqi talabni o’zinigina o’rganib uzoqqa borib bo’lmaydi. Tizimni ichki va tashqi talablarini o’rganish orqali loyihada sodir bo’ladigan bir qator muammolarni oldini olish mumkin.
Download 116.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling