Laboratoriya ishi №13 Mavzu: Qurilish gipsining hosil bo’lishi va uning xossalari


Download 16.34 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi16.34 Kb.
#1148775
Bog'liq
13-laboratoriya ishi


LABORATORIYA ISHI № 13
Mavzu: Qurilish gipsining hosil bo’lishi va uning xossalari.

Toza probirkaning 3/4 qismigacha kukun shaklidagi tabiiy gips toshini soling va uni gaz alangasida 10 minut qizdiring. Bunda gips toshi CaSO4 * 2H2O , qaynay boshlab qurilish gipsiga, ya’ni CaSO4 * 0,5H2O ga aylanadi. Probirkaning devorlarida suv tomchilari hosil bo’lishini ko’zating. Keyin, ichi vazelin bilan surtilgan farfor havonchaga gipsni bo’shating va to qaymoqsimon quyuqlikda aralashma hosil bo’lguncha suv bilan aralashtiring. Besh tiyinlik tangani vazelin bilan surtib, gips xamiri ustiga yopishtiring. 6 – 10 minut davomida gips xamirining qotishini ko’zating va tangani izi qolishini ko’ring.


Kuydirish natijasida tabiiy gips toshi (CaSO4 * 2H2O) dan qurilish gipsi hosil bo’lish reaksiya tenglamasini va qurilish gipsining suv bilan o’zaro gidratasiyalanish reaksiyasi tenglamalarini tuzing.


Mineral anorganik bog’lovchi moddalar komponentlarining sifat reaksiyalari.
Ca2+ kationining sifat reaksiyasi

Probirkaga 1 – 2 tomchi kalsiyning biror bir tuzi eritmasidan tomizing, uning ustiga bir necha tomchi (NH4)2 C2O4 ammoniy oksalat eritmasidan tomizing. Bu tuz mineral kislotalar ta’sirida eriydi, sirka kislota ta’sirida erimaydi. Kalsiy oksalat CaC2O4 hosil bo’lish reaksiyasining tenglamasini va CaC2O4 ning xlorid kislotaga ta’siri reaksiyasining tenglamasini tuzing.




Fe3+ kationining sifat reaksiyasi

Probirkaga 2 – 3 tomchi temirning biror bir /III/ valentli tuzi eritmasidan tomizing, uning ustiga shuncha miqdorda KCNS eritmasidan tomizing. Qizil rangi hosil bo’lishi, eritmada Fe3+ kationi borligini bildiradi. Reaksiya tenglamasini yozing.




SO42- anionining sifat reaksiyasi

Probirkaga 2 – 3 ml H2SO4 eritmasidan soling, uning ustiga 1 – 2 tomchi bariyning biror bir tuzi eritmasidan tomizing va cho’kma hosil bo’lishini ko’zating. Hosil bo’lgan cho’kmaga kislota ta’sir ettiring, cho’kma eriydimi? Reaksiya tenglamasini yozing.




CO32- karbonat anionining sifat reaksiyasi

Probirkaga Na2CO3 tuzi kristallaridan bir nechtasini soling yoki tuz eritmasidan 6 - 8 tomchi tomizing. Uning ustidan 2 - 3 tomchi HCl tomizing. Probirkani probka bilan tezlikda bekiting. Usha probirkaga pipetka joylashtirilgan va pipetkada esa 1 tomchi kalsiy gidroksid Ca(OH)2 ning to’yingan eritmasi solingan bo’lsin. Tomchi probirkaga qo’yilganda eritma loyqalanadi. Bu qodisa eritmadan CO2 gazi ajralishini va eritmada CO32- - ioni borligini ko’rsatadi. Reaksiya tenglamasini yozing.


Cl- xlor anionining sifat reaksiyasi

Probirkaga 4 - 5 tomchi CaCl2 eritmasi va uning ustidan 1 - 2 tomchi AgNO3 eritmasidan tomizing. Oq cho’kma AgCl hosil bo’lishini ko’zating. Bu cho’kma kislotalarda erimaydi, ammiak eritmasi ta’sirida erib ketadi. Bunda kompleks tuz [Ag(NH3)2]Cl hosil bo’ladi. Reaksiya tenglamalarini yozing.




Download 16.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling