Laboratoriya ishi №14 metallarning korroziyasi va undan himoyalash usullari asbob va reaktivlar


Download 4.11 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi4.11 Kb.
#1763187
Bog'liq
Laboratoriya ishi №14 metallarning korroziyasi va undan himoyala-fayllar.org


Laboratoriya ishi №14 metallarning korroziyasi va undan himoyalash usullari asbob va reaktivlar




LABORATORIYA ISHI №14

METALLARNING KORROZIYASI VA UNDAN HIMOYALASH 
USULLARI 
Asbob va reaktivlar: Tirsakli shisha nay, probirkalar, mis lentasi, rux, alyuminiy
metalli, 0,1 n sulfat kislota, mis sulfat, natriy xlorid
eritmasi, qizil qon tuzi, ruxlangan temir va qalaylangan
temir plastinkalari.
Ishdan maqsad:

Metallar korroziyasi ba undan himoyalanish usullari, korroziyani


tezlashtiruvchi va sekinlashtiruvchi moddalar bilan tanishish.
Ikki xil metal bir biriga tekkanda vujudga keladigan korroziya 
Tirsakli shisha nayga sulfat kislotaning 0,1 n eritmasidan 2 – 3 ml quyiladi va
nayning bit tirsagiga ruxning kichik bo’lakchasi tusiriladi. Bunda vodorod
pufakchalarining ajralib chiqishi kuzatiladi. Keyin nayning ikkinchiu tirsagiga mis
lentasi tushiriladi, bunda mis lentasi tegmasligi kerak. Mis tushirilganda vodorod
ajralib chiqmayotganiga ishonch hosil qilgandan keyin (kuchlanishlar qatoriga
qarang), uni nayga chuqurroq tushirib, rux metaliga tekkizilsa, mis lenta sirtida
vodorod pufakchalari paydo bo’lishi kuzatiladi. Bu galvanic juftda katod va
anodda boradigan jarayonlarni tushuntiring va reaksiya tenglamalarini yozing.
Metallarni kislotada erish jarayoniga galvanik juft hosil bo’lishining ta’siri 
CuSO
4
eritmasidan 2 – 3 ml quyulgan probirkaga rux bo’lakchasini soling, 4 –
5 daqiqadan so’ng eritmani to’king va mis bilan qoplangan ruxni suvda ehtiyotlik
bilan bir necha marta yuving. Ikkita probirkaga 3 – 4 ml dan xlorid kislota eritmasi
quyib, probirkalardan biriga mis bilan qoplangan rux bo’lakchasini, ikkinchisiga
esa toza rux bo’lakchasini soling. Probirkalarning qaysi birida vodorod kuchli
ajralib chiqadi? Nima sababdan?
Xlor ionlari orqali korroziyaning aktivlanishi 
Metallarning himoya pardasini buzib ularni korroziyalanishini oshiruvchi
ionlar aktivlovchi ionlar deb ataladi. Xlor ionlarining aktivlash ta’siri ayniqsa
kuchlidir.
Ikkita probirkaga bir bo’lakdan alyuminiy simini solib, ustiga ozgina sulfat
kislota qo’shilgan mis sulfat eritmasidan quying, ulardan biriga NaCl eritmasidan
bir tomchi qo’shing. Qaysi probirkada reaksiya tezroq borishini kuzating. Tajriba
natijasini tushuntiring va hosil bo’lgan galvanic juftlar sxemasini tuzing.
Metall qoplamalarning himoya usullari. Anod va katod qoplamalar 
Ikkita probirkaning har biriga sulfat kislota eritmasidan 4 – 5 ml, qizil qon tuzi
K
3
[Fe(CN)
6
] eritmasidan esa 2 tomchi quying. Probirkalardan biriga rux bilan
qoplangan temir, ikkinchisiga qalay bilan qoplangan temir plastinkalarni tushiring.
Probirkalarning qaysi birida (bir necha daqiqadan keyin) to’q trumbul rang paydo



bo’ladi? Sodir bo’ladigan jarayonlarni batafsil tushuntirib bering, reaksiya


tenglamasini yozing.

SAVOLLAR VA MASALALAR. 
1. Korroziya deb nimaga aytiladi?
2. Kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyalarga misol keltiring.
3. Temir zangi qanday hosil bo’ladi?
4. Anod va katod qoplama nima?
5. Protektor himoya deb nimaga aytiladi?



http://fayllar.org
Download 4.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling