Laboratoriya ishi №14 metallarning korroziyasi va undan himoyalash usullari asbob va reaktivlar
Download 4.11 Kb.
|
Laboratoriya ishi №14 metallarning korroziyasi va undan himoyala-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishdan maqsad
- Metallarni kislotada erish jarayoniga galvanik juft hosil bo’lishining ta’siri
- Xlor ionlari orqali korroziyaning aktivlanishi
- Metall qoplamalarning himoya usullari. Anod va katod qoplamalar
- SAVOLLAR VA MASALALAR.
Laboratoriya ishi №14 metallarning korroziyasi va undan himoyalash usullari asbob va reaktivlar LABORATORIYA ISHI №14 METALLARNING KORROZIYASI VA UNDAN HIMOYALASH USULLARI Asbob va reaktivlar: Tirsakli shisha nay, probirkalar, mis lentasi, rux, alyuminiy metalli, 0,1 n sulfat kislota, mis sulfat, natriy xlorid eritmasi, qizil qon tuzi, ruxlangan temir va qalaylangan temir plastinkalari. Ishdan maqsad: Metallar korroziyasi ba undan himoyalanish usullari, korroziyani tezlashtiruvchi va sekinlashtiruvchi moddalar bilan tanishish. Ikki xil metal bir biriga tekkanda vujudga keladigan korroziya Tirsakli shisha nayga sulfat kislotaning 0,1 n eritmasidan 2 – 3 ml quyiladi va nayning bit tirsagiga ruxning kichik bo’lakchasi tusiriladi. Bunda vodorod pufakchalarining ajralib chiqishi kuzatiladi. Keyin nayning ikkinchiu tirsagiga mis lentasi tushiriladi, bunda mis lentasi tegmasligi kerak. Mis tushirilganda vodorod ajralib chiqmayotganiga ishonch hosil qilgandan keyin (kuchlanishlar qatoriga qarang), uni nayga chuqurroq tushirib, rux metaliga tekkizilsa, mis lenta sirtida vodorod pufakchalari paydo bo’lishi kuzatiladi. Bu galvanic juftda katod va anodda boradigan jarayonlarni tushuntiring va reaksiya tenglamalarini yozing. Metallarni kislotada erish jarayoniga galvanik juft hosil bo’lishining ta’siri CuSO 4 eritmasidan 2 – 3 ml quyulgan probirkaga rux bo’lakchasini soling, 4 – 5 daqiqadan so’ng eritmani to’king va mis bilan qoplangan ruxni suvda ehtiyotlik bilan bir necha marta yuving. Ikkita probirkaga 3 – 4 ml dan xlorid kislota eritmasi quyib, probirkalardan biriga mis bilan qoplangan rux bo’lakchasini, ikkinchisiga esa toza rux bo’lakchasini soling. Probirkalarning qaysi birida vodorod kuchli ajralib chiqadi? Nima sababdan? Xlor ionlari orqali korroziyaning aktivlanishi Metallarning himoya pardasini buzib ularni korroziyalanishini oshiruvchi ionlar aktivlovchi ionlar deb ataladi. Xlor ionlarining aktivlash ta’siri ayniqsa kuchlidir. Ikkita probirkaga bir bo’lakdan alyuminiy simini solib, ustiga ozgina sulfat kislota qo’shilgan mis sulfat eritmasidan quying, ulardan biriga NaCl eritmasidan bir tomchi qo’shing. Qaysi probirkada reaksiya tezroq borishini kuzating. Tajriba natijasini tushuntiring va hosil bo’lgan galvanic juftlar sxemasini tuzing. Metall qoplamalarning himoya usullari. Anod va katod qoplamalar Ikkita probirkaning har biriga sulfat kislota eritmasidan 4 – 5 ml, qizil qon tuzi K 3 [Fe(CN) 6 ] eritmasidan esa 2 tomchi quying. Probirkalardan biriga rux bilan qoplangan temir, ikkinchisiga qalay bilan qoplangan temir plastinkalarni tushiring. Probirkalarning qaysi birida (bir necha daqiqadan keyin) to’q trumbul rang paydo bo’ladi? Sodir bo’ladigan jarayonlarni batafsil tushuntirib bering, reaksiya tenglamasini yozing. SAVOLLAR VA MASALALAR. 1. Korroziya deb nimaga aytiladi? 2. Kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyalarga misol keltiring. 3. Temir zangi qanday hosil bo’ladi? 4. Anod va katod qoplama nima? 5. Protektor himoya deb nimaga aytiladi? http://fayllar.org Download 4.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling