Laboratoriya ishi №3 fosfat xom-ashYolaridan ekstraktsion fosfat kislota ishlab chiqarish. Ishning maqsadi


Download 43.62 Kb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi43.62 Kb.
#1389354
  1   2   3   4
Bog'liq
3-лаборатория иши


Laboratoriya ishi №3
FOSFAT XOM-AShYoLARIDAN EKSTRAKTsION FOSFAT KISLOTA IShLAB ChIQARISh.

Ishning maqsadi: Fosfatdagi sul`fat kislotasidan fosfor kislotasini ekstraktsiyalash bilan olish sharoitini o`rganish. Ekstraktsion fosfat kislotasi olish jarayonida hosil bo`ladigan sul`fat va fosfat kislotalarining aralashmasini tahlil qilish usulini o`rganish.


Nazariy ma`lumotlar.
Fosfor kislotasini fosfatlarni sul`fat kislota bilan parchalash yoki termik usulda olinadi. Ular o`g`it ishlab chiqarishda yarim mahsulot hisoblanadi – ammoniy fosfat, qo`sh superfosfat, pretsipitat va hakozalar, shuningdek ko`pgina sanoat tarmoqlarida – oziq-ovqat, keramika, shisha, to`qimachilik va boshqa sohalarda ishlatiladi. Bu mahsulotlar ko`pgina fosfor kislotasini ishqor eritmasi bilan neytrallash yoki tabiiy fosfatlarni parchalash yo`li bilan olinadi.
Fosforitni sul`fat kislotasi bilan to`la parchalanishini qizdirish quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin:
Ca5F(PO4)3+5H2SO4= 5CaSO4 + 3H3PO4 +HF

Bunda xomashyo tarkibiga kiruvchi boshqa minerallar ham parchalanadi. Bundan tashqari, quyilish jarayoni ham ketadi u qisman kremniy va kremnoftoristovodorodnoy kislotani hosil bo`lishiga olib keladi. Zaharli qo`shimchalarga P2O5 ning yo`qolishiga olib keluvchi –oksidlar hisoblanadi.


Kal`tsiy sul`fat temperatura va kislotaning kontsentratsiyasiga bog`liq holda digidrat (CaSO4*2H2O), yarimgidrat (CaSO4*0,5H2O) yoki angidrit (CaSO4) ko`rinishida ajralib chiqadi. Digidratning va kislotaning 25-32% P2O5 kontsentratsiyasi ajratib olishning eng keng tarqalgan jarayoni 75-80°C da o`tkazishdir.
Amalda fosfatlarni parchalash uchun fosfor kislotasini eritmasi bilan suyultirilgan sul`fat kislotasi qo`llaniladi (suyultiruvchi eritma). Kal`tsiy sul`fagipsning hosil bo`lgan cho`kmasi bir xil ko`rinishda kristal bo`lakchalaridan iborat bo`lib, uni fosfor kislotasidan engil ajratish mumkin, bo`lib oz-ozgina miqdordagi suv bilan yaxshilab yuviladi.
Ekstraktsiya jarayonining muddati va texnologik rejimi asosan gips kristallarining hosil bo`lish sharoitiga bog`liq, chunki, fosfatlarning o`zini parchalanish tezligi ancha kattadir.
Fosfatlarni parchalash uchun kerak bo`lgan vaqt xom ashyoning naviga bog`liq bo`lib, 4-8 soat (atrofida) bo`ladi.
Ekstraktsion fosfat kislotasi olishda jarayonni batamom tugaganligi va uning tezligini reaktsiyaga kirishayotgan massadagi fosfat va sul`fat kislotalarining mikdoriga karab aniqlanadi. Darxakikat, jarayon sul`fat kislotasini to`liq ishlatib bo`lgandagina tugallanadi. Sul`fat kislotasi etishmasa fosfat kislotasi fosfatlarni monokal`tsiy fosfat hosil bo`lgunchagina eritishi mumkin.
Fosfat va sul`fat kislotalarining analizi ancha sodda. Metiloranj indikatori ishtirokida apralashmani ishqor bilan titrlab, umumiy kislotalikni aniqlasa bo`ladi. Sungra, sul`fat kislotasining miqdorini miqdoriy usulda, ya`ni umumiy kislotalikdan sul`fat kislotasi mikdorini ayirib tashlab, fosfat kislotasining miqdori topiladi.
Xuddi shuningdek, agar sul`fat kislotasi to`liq ishlatilganda va u erda fosfat kislotasi bilan bir qatorda Ca(H2PO4)2 bo`lishi mumkin va H3PO4 va Ca(H2PO4)2 larning yig`indisi miqdorini xajmiy usulda aniqlanadi. Har ikki xolatdagi miqdorlarni dastlab metaloranj so`ngra, fenolftalein ishtirokida aniqlasa bo`ladi.

Download 43.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling