Leksikologiya Reja


Download 309.01 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi309.01 Kb.
#163320
Bog'liq
Leksikalogiya

Leksikologiya

Reja:

  • Leksikologiya haqida umumiy ma'lumot
  • So'z til va nutqning eng muhim va asosiy birligi sifatida
  • So'zning o'z va ko'chma ma'nosi
  • So'z ma'nolarining ko'chish usullari

Leksikologiya haqida umumiy ma'Iumot

Leksikologiya grekcha (leksikos)"lug'at" (so'z)ga, oid (logoz) "ta'limot", "fikr" kabi tushunchalarni anglatadi. Leksikologiya tilshunoslikning lug'at tarkibini tekshiradigan bo'limidir. O'zbek till leksikologiyasi esa o'zbek tili lug'at boyligini o'rganadi.

Leksikologiya so'zlarni ichki va tashqi tomondan tekshirish xususiyatiga ko'ra bir qancha sohalarga bo'linadi.


1
    • Semasilogiya

2
    • Etimologiya

3
    • Onomosiyalogiya

Semasilogiya
    • Semasilogiya - grekcha (semasia) belgi, tamg'a, (logos) ta'limot tushunchalarini bildiradi. U so'z va iboralarning ma'no xususiyatlarini teksbiradi. Masalan, paxta so'zi oq rangdagi yumshoq predmet, texnika o'simligining bir turi ma'nosini bildiradi. Bu esa shu so'zning asosiy belgisidir.

Etimologiya
    • Etimologiya - grekcha (etymon) haqiqat va (logos) ta'limot demakdir. So'zlaming kelib chiqishi, ulaming fonetik va semantik tuzilishida davrlar o'tish bilan qanday o'zgarishlar yuz berganligi, qaysi tilga oid so'z ekanligini tekshiradi. Masalan, apelsin so'zi inglizcha apel - ohna, sin(chin ) Xitoy, ya'ni "Xitoy olmasi" nomini ifodalovchi apelsin tarzida hind-yevropa tillaridan bizgacha yetib kelgan.

Onomosiyalogiya
    • Onomosiyalogiya - grekcha (anoma) nom, (logos) ta'limot degan ma'noni anglatadi va hozirgi o'zbek tilshunosligimizda nomshunoslik haqidagi soha hisoblanadi.Bu ta'limot, asosan, atoqli otlarini tekshiradi. Masalan, Safar (safar oyida) Juma (juma kunida) tug'ilgan bolalarga qo'yiladi

O'zbek leksikologiyasi davr nuqtai nazaridan ikki turga bo'linadi:

Tarixiy leksikologiya

Hozirgi leksikologiya

So'z til va nutqning eng muhim va asosiy birligi sifatida

Leksikologiya so'zni o'rganar ekan, birinchi navbatda so'zning o'zi va uning mohiyati, belgilari nimalardan iborat ekanligini izohlashga to'g'ri keladi. Borliqdagi predmet, narsa, hodisalar haqidagi tushunishlarni ifoda qilish uchun tovush qobig'iga, semantik tomoniga ega bo'lgan til birligi so'z deyiladi.

So'z bir qancha o'ziga xos shakliy belgilarga ham ega:


So'z xotiramizda tayyor holda mavjud. Nutq jarayonidakeraklisini ishlatamiz.

So'z o'zining tovush qobig'iga ega, uning tovush tomonifonetikada o'rganiladi.

So'z gap ichida yoki undan ajratib olingan holda ishlatilishimumkin.

So'zning o'z va ko'chma ma'nosi

So'zning nutq (gapdan) tashqarida alohida olingan holda ifodalaydigan ma'nosi so'zning o'z (to'g'ri) ma'nosi deyiladi. Oltin olma, olqish ol (Maqol). Oltin - qimmabaho metallarning bir turi (o'z ma'nosida), kumush qoshiq birikmasida - kumush o'z ma'nosida qo'llangan. So'zning gap ichi (kontekstdan o'z ma'nosidan tashqari boshqa ma'nolarini ifodalashi ko'chma ma'no deyiladi. Masalan: Oq oltindan tog'day xirnion yaratdik, kumush tola yetkazib beramiz gaplaridagi oltin va kumush so'zlari ko'chma ma'nolardir. So'zning o'z yoki ko'chma ma'noda qo'llanganligini kontekst (gap) belgilaydi.

So'z ma'nolarining ko'chish usullari


Metafora

Vazifadoshlik

Metonimiya

Sinekdoxa


Metafora

  • Metafora gr. metaphora "ko'chirma" demakdir. So'z ma'nolarining predmet. narsa. hodisalarnmg tashqi shakliy o'xshashligi va ichki belgiga asoslamb ko'chishiga metafora deyiladi. Bu usul bilan nom ko'chishi predmetlar, hodisalar orasidagi nisbiy o'xshashlikka ko'ra bo'ladi va ularning shakli rangi, harakati ikkinchi shunday predmat belgisi bo'lgan nomni oladi.

Vazifadoshlik

  • Vazifadoshlik ( funksiyadoshlik). Bir pedmetning vazifasini ikkinchi bir predmet bajarishi natijasida awalgining nomini keyingisi ifodalashi asosida ko'chishi vazifadoshlik deyiladi. Bu usul bilan ma'no ko'chish bir tomondan metaforaga o'xshasa ham, u metaforadan vazifa bajarish xususiyatiga asoslanishi bilan farq qiladi. Masalan,qanot (qush), qanot (samolyot), o'q (kamon), o'q (har xil qurollar o'qi, qalam (yozuv quroli). qalam (qoshga qo'yiladigan bo'yoq), o't bog'lagan qanotlar (H. 0.), qalam-qoshig'a tekizgil qalamni (Amiriy), aytilgan so'z, otilgan o'q (Maqol).

Metonomiya

  • Metonomiya gr."meta" qayta. "anoma"-nom demakdir. Predmet. narsa. hodisalarning makon va zamondagi bog'lanishidan birining nomini ikkinchisiga ko'chirish asosida yuzaga keladigan ma'no metonomiya deyiladi.Bu usul bilan nom ko'cllishda tashqi, ichki belgidagi o'xshashlik hisobga olinmaydi balki ular orasidagi doimiy aloqaning mavjudligi hisobga olinadi, shunga ko'ra quyidagi ma'nolarni ifodalaydi

Sinekdoxa

  • Sinekdoxa. gr. " sinekdohe" birga anglamoq demakdir. Butun nomi bilan qismni yoki, aksincha, qism nomi bilan butunni ifodalash asosida so'z ma'nolarining ko'chishi sinekdoxa deyiladi. Sinekdoxa qisman o'rin anglatish munosabatiga ko'ra metonomiyaga kiradi. Bu usul bilan ma'no ko'chishini quyidagicha izohlash mumkiii. Odam a'zolari (qo'l, bosh) o"n qo'limga uzuk taqmg qizlarim (butun), besh qo'l barobar emas (maqol) gapida qo'l so'zi (butun nomi) barmoq ma'nosmi (butunning qismini) anglatadi

Itiboringiz uchun

tashakkur!
Download 309.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling