Lirika Lirik kechinma Lirik qahramon Lirikada syujet So’z Lirika janrlari
Download 62.5 Kb.
|
8.Lirik janrlarda marom va musiqiylik (masnaviy, ruboiy, g‘azal, muxammas janrlari misolida )
- Bu sahifa navigatsiya:
- His va sezgilarning o`zaro tafovuti shundaki, keyingisi tanimizda biror moddiy jism ta`sirida qo`zg`olgan jismoniy sezgi, birinchisi ham jismoniy, biroq u fikrdan tug`ilgan sezgi
Lirika Lirik kechinma Lirik qahramon Lirikada syujet So`z Lirika janrlari Reja: Kirish Lirika Lirik kechinma Lirik qahramon Lirikada syujet So`z Lirika janrlari V. G. Belinskiy yozganidek, “lirik asarning mazmuni obyektiv voqyeaning taraqqiyoti emas, uning mazmuni – subyekning o`zi va u orqali o`tgan hamma narsadir... kishini mashg`ul etgan, to`lqinlantirgan, shodlatgan, qayg`uga solgan, zavqlantirgan, tinchitgan, hayajonlantirgan nima bo`lsa, qisqasi subyekning ma`naviy hayotini tashkil qilgan hamma narsa, subyekt ichiga nima kirsa, unda nima paydo bo`lsa, shularning barchasini lirika o`zining qonuniy boyligi kabi qabul qiladi ” (V. G. Belinskiy, 184 - bet). Demak, lirikaning bosh xislati subyektivlik, shoir qalbida yuz beradigan kechinma, shu kechinma uyg`otgan sezgilarni voqye qilish san`atidir. Lirika – fikrdan tug`ilgan sezgi mevasi – bir oniy kayfiyatning hosilasi bo`lgani sabab, “shoir ruhi boshqa kayfiyatga bo`ysinmasdan ilgari qog`ozga ko`chishi” shart. Shuning uchun ham u qisqa, larzador bo`ladi. Lirik kechinmaning o`zi nima? Nimalardan tarkib topadi? Mohiyatini nimalar tashkil etadi? Takomiliga nimalar yetkazadi? Bu muhim savollarga asosiy javobni topganlardan biri – Jamol Kamoldir. U yozadi: “O`lmas Navoiyning Nazmki, ham suvrat erur xush anga, Zimnida ma`ni dog`i dilkash anga, - misralarida biz birinchi talqinning yorqin namunasini ko`ramiz. Shoirimiz aytmoqchi “nazm zimni” (ichi, mag`izi ) dagi “dilkash ma`ni” tahlil etayotganimiz lirik kechinmaning tarkibini tashkil etadi. Bu tarkib ikki element – fikr va hisdan iborat bo`lib, yaxlit holda ehtirosli fikr yoki fikriy ehtiros, deb ataladi. Negaki, “nazm zimni” dagi “ma`ni”(fikr) “dilkash” bo`lishligi uchun u ehtirosga o`rab berilishi kerak. Lirik kechinmaning tarkibini tashkil etgan fikr va his munosabatlarni V. G. Belinskiy shunday talqin etadi: “She`riyatimizda fikr nima? Ushbu savolga qanoatlanarli javob bermoq uchun his nima, degan masalani hal qilish zarur. Hissiyot, o`zinig etimologik ma`nosiga ko`ra, tanimiz, jismimiz, qonimizga tegishli. His va sezgilarning o`zaro tafovuti shundaki, keyingisi tanimizda biror moddiy jism ta`sirida qo`zg`olgan jismoniy sezgi, birinchisi ham jismoniy, biroq u fikrdan tug`ilgan sezgi. Shu sababli ham qandaydir hisob – kitob yoki quruq mulohazalar bilan mashg`ul bo`lgan odam hissiyotdan to`lqinlanib, larzaga tusharkan, qo`lini ko`kragiga qo`yib yoki yuragiga mahkam bosib oladi. Chunki ko`kragida nafasi bo`g`iladi, chunki ko`kragi qisadi yoki kengayadi, yonadi yo sovqatadi, chunki yuragi orziqadi, titraydi, depsinib uradi; shuning uchun ham u chekinadi va qaltiraydi, qo`llarini ko`taradi, butun jonini boshdan oyoq qaynoq ter qoplaydi, sochlari tikka turib ketadi. Binobarin, asar fikrchan, hissiyotdan mahrum bo`lishi mumkinligi juda tushunarli; bunday holda o`sha asarda poeziya bo`larmikan? Aksincha, asarda his bor ekan, fikr bo`lishi muqarrarligi ham juda tushunarli bir hol. Tabiiyki, his teran bo`lgan joyda fikr ham teran bo`ladi va aksincha... Download 62.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling