Loyiha ishi Menelay,Braxmagupta,Cheva va Ptolomey teoremalari


Download 16.49 Kb.
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi16.49 Kb.
#1828347
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Loyiha ishi

Loyiha ishi

Menelay,Braxmagupta,Cheva va Ptolomey teoremalari


Bajardi:Abdulaxatov Mirkomil
Tekshirdi:Saydaliyev Bahtiyor

Reja:

  • 1.Teorema o’zi nima?
  • 2.Menelay hayoti,teoremasi va uning isboti.
  • 3.Braxmagupta teoremasi va uning isboti.
  • 4.Cheva teoremasi va uning isboti.
  • 5.Ptolomey teoremasi va uning isboti.
  • 6.Masalalar.
  • 7.Xulosa.

Teorema o’zi nima?

  • Teorema (yunonchada theoreo — qaramayman, tekshiraman) — matematikada aksiomalar asosida qatʼiy mantiqiy mushohada bilan isbotlanadigan tasdiq hisoblanadi.Teorema har doim isbot talab qiladi! Teoremaga biz Pifagor teoremasi,Fales teoremasi va hozirda bizning asosiy mavzuyimiz:Menelay, Braxmagupta, Cheva hamda Ptolomey teoremalarini misol qilib olishimiz mumkin.

Menelay hayoti va asarlari

  • Aleksandriy Menelay - qadimgi yunon matematik va astronomi. Uning hayoti va faoliyati vaqti, Ptolemeyning " Almagest " asarida keltirilgan ikkita astronomik kuzatish bilan belgilanadi ya’ni Menelay Trayan hukmronligining birinchi yili hisoblanadi.
  • Menelausning asosiy asari - “Sfera“ asari hisoblanadi.U uchta kitobdan iborat. Uning yunoncha asl nusxasi yo'qolgan va uning mazmuni arab va undan keyingi ikkinchi darajali lotin va ibroniy tarjimalaridan ma'lum. "Sferalar" ning birinchi kitobida sferik uchburchakning ta'rifi va unga bog'liq tushunchalar berilgan. Ushbu kitobning 39 ta jumlasi sferik uchburchaklarning xususiyatlariga bag'ishlangan. 

Menelay asarlari

  • II kitobning 21 ta jumlasida shar ustidagi parallel aylanalar tizimining xossalari hisoblanadi, ular turli katta aylanalar bilan kesishganda ko'rib chiqiladi - ikkalasi ham shu oilaning umumiy qutblaridan o'tuvchi va bu qutblarga nisbatan qiya bo’ladi.Ushbu kitob Theodosius(yunon matematiki) "Sfera" ga asoslangan .
  • III kitobdan oldin qo‘shma munosabatlarga oid lemmalar keltirilgan bo‘lib, ular asosida boshqa dalillar quriladi.
  • “Sferalar”ning arab tiliga tarjimasi X asr boshlarida Hunayn al-Ibodiy tomonidan qilingan . Ushbu arabcha matnning lotin tiliga tarjimasi XII asr o'rtalarida Cremonalik Jerar tomonidan qilingan. Xuddi shu arabcha matn keyinchalik Franchesko Mavroliko (1558) va Edmund Halley tomonidan tarjima qilingan va sharhlangan .

Download 16.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling