Loyiha uchun berilganlar 1-jadval 8


Download 0.71 Mb.
bet1/10
Sana04.02.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1157058
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs iwi


MUNDARIJA


Kirish. 2
Loyiha uchun berilganlar 1-jadval 8
2-rasm 10
1. Berilgan tarmoq uchun qisqa tutashuv toklarini hisoblash 10
1.3 Qisqa tutashuv toklarini hisoblash natijalari. 13
2.Transformatorning rele himoyasi. 13
2.1. Transformatorning ichki qisqa tutashuvdan bo’ylanma differensial himoya orqali himoyalash hisobi. 14
2.2 Transformatorning o’ta yuklanishdan himoyalash 16
2.3.Transformatorning tashqi qisqa tutashuvlardan himoyasi. 17
3. Elektr dvigatellaring rele himoyasi 18
3.1 Kuchlanishi 1000 Vdan yuqori elektr dvigatellarning rele himoyasi 18
3.2.Kuchlanish 1000 V gacha bo‘lgan elektr dvigatellarning rele himoyasi 19
3.2.1. Qisqa tutashuvdan himoya 20
4.2. Qisqa tutashuvdan himoyani tok otsechkasi (TO) ko‘rinishida bajaramiz. 22
4.3.O‘ta yuklanishdan himoyaning ishga tushish toki 22
4.4.Kuchlanish ortib ketishidan himoyaning ishga tushish kuchlanishi. 22
5.БТП1-ТП2 kabel tarmoqlarsining rele himoyasi 24
5.1 Maksimal tok himoyasi 24
6.IEM –BTP1 kabel tarmoqlarining rele himoyasi 26
7.Elektr yoy pechi transformatorining rele himoyasi 27
Xulosa. 29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 31



Kirish.


Rele himoyasi energosistemaning ishonchli va tejamli ishlashini ta’minlovchi avtomatikaning bir qismi bo‘lib, elektr sistemasida yuzaga keluvchi shikastlanish va normal bo‘lmagan rejimlarni avtomatik ravishda bartaraf qilish uchun xizmat qiladi. Rele himoyasi himoyalanayotgan energosistema elementining holati va ishlash rejimlarini uzluksiz nazorat qiladi va ularda shikastlanish yoki normal bo‘lmagan rejim yuzaga kelganda ishga tushadi.
Energosistemada shikastlanish hosil bo‘lganda rele himoyasi shikastlangan elementni aniqlaydi va uni sistemaning shikastlanmagan qismidan shikastlanish toklarini uzishga mo‘ljallangan maxsus o’chirgichlarga ta’sir qilish yuli bilan ajratib qo‘yadi. Normal bo‘lmagan rejim hosil bo‘lganda rele himoyasi normal rejimni tiklash uchun zarur bo‘lgan amallarni bajaradi yoki nazoratchi personalga signal beradi.
Avtomatika qurilmalari sistemaning normal rejimini tezlik bilan avtomatik ravishda tiklash uchun xizmat qiladi. Asosiy avtomatika qurilmalariga avtomatik qayta ulash (AQU) rezervni avtomatik ulash (RAU) va avtomatik chastotaviy yengillashtirish (AChE) kiradi.
Elektr ta’minoti sistemasining o‘ziga xos xarakterli belgilari, ularda bo‘ladigan jarayonlarning katta tezlikda kechishi va avariya xarkteriga ega bo‘lgan shikastlanishlarning yuzaga kelishi mumkinligidir. Shu sababli elektr ta’minoti sistemasining ishonchli va tejamli ishlashiga avtomatik boshqarish yo‘li bilangina erishish mumkin. Buning uchun har xil avtomatik boshqarish qurilmalari ishlatiladi. Ular orasida asosiy o‘rinladan birini avtomatik rele himoyasi qurilmalari egallaydi.
Rele himoyasi qurilmalari elektr qurilmalarda shikastlanish yoki anormal rejim yuzaga kelganda ishlaydi. Eng xavfli va ko‘p sodir bo‘ladigan shikastlanish qisqa tutashuvdir. Qisqa tutashuvlar elektr qurilmalarining fazalari orasida yoki neytrali yerga ulangan elektr tarmoqlarida faza bilan yer orasida bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari qisqa tutashuvlar va faza uzilishi bilan boliq bo‘lgan murakkab shikastlanishlar ham sodir bo‘lishi mumkin. Elektr mashinalari va transformatorlarda yuqorida ko‘rsatilgan shikastlanishlardan tashqari bitta faza o‘ramlari orasida ham tutashuv yuzaga kelishi mumkin.
Qisqa tutashuv natijasida elektr ta’minoti tizimining normal ishlashi buziladi. Jumladan sinxron generatorlar, kompensatorlar va elektr dvigatellarning sinxronizatsiyadan chiqishi va isteomolchilarning ishlash rejimlari buzilishi mumkin. Bundan tashqari qisqa tutashuv tokining issiqlik va dinamik taosirlari ham xavfli bo‘lib hisoblanadi.
Avariyaning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va shikastlanish oqibatlarini kamaytirish uchun qisqa tutashuvni tezlik bilan aniqlash va shikastlangan elementni uzish zarur. Ayrim hollarda shikastlanish soniyaning ulushlariga teng bo‘lgan vaqt ichida bartaraf qilinishi zarur bo‘ladi. Bunday vazifani inson bajara olmasligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Shikastlangan elementni aniqlash va uzilishi zarur bo‘lgan o’chirgichlarga ta’sir qilish uchun uzishga ishlovchi rele himoyasi xizmat qiladi. Kurs ishida himoyani rele himoyasiga qo’yilgan talablarga asosan bajaramiz. . Rele himoyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar;
Elektr tizimilarida va qurilmalarida har xil sabablarga ko‘ra ishdan chiqish (shikastlanish) va narmal bo‘lmagan rejimlar sodir bo‘lishi mumkin. Shikastlanish ko‘pchilik hollarda elektr tizimlarida tokning ortib ketishi va kuchlanishning pasayishi bilan kuzatiladi. Tokning ortib ketishi elektr qurilmalarida o‘tkazgichlarda katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi. Kuchlanish pasayishi elektr iste’molchilarni normal ish rejimiga ta’sir qiladi, parallel ishlaydigan generatorlarning turg‘unligi buziladi. Normal bo‘lmagan ish holatlari esa tokning, kuchlanishning yoki chastotaning ruxsat etilgan qiymatlardan og‘ishi hisobiga sodir bo‘ladi. Kuchlanish yoki chastotani pasayishi iste’molchilarni normal ish rejimini buzadigan energetik tizimlarning turg‘unligiga ta’sir qiladi. Kuchlanish yoki tokni ortib ketishi qurilma va elektr uzatish liniyalarini ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun elektr tizimlarida normal ish rejimini ta’minlash uchun tarmoqning ishdan chiqqan joyini tez aniqlash va uni boshqa qismlardan ajratish kerak.
Rele himoyasi elektr tizimlarda asosiy avtomatika hisoblanadi. Rele himoyasi qurilmalari elektr tizimining shikastlangan qismini yoki elementini aniqlaydi va uni boshqa ishdan chiqmagan qismlaridan ajratadi, shuningdek agar elektr tizimlarida normal rejimdan og‘ish bo‘lsa uni bartaraf qilish choralarini ko‘radi yoki signal beradi.
Elektr tizimlarida shikastlanishlar ko‘pchilik hollarda qisqa tutashuv natijasida yuzaga keladi. Qisqa tutashuvdan himoyalarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:

a) tanlash. Tanlash deb rele himoyasining shikastlangan elementini to‘g‘ri aniqlash va faqat uni elektr tarmog‘ining shikastlanmagan qismidan ajratish (uzish) xususiyatiga aytiladi. Shikastlangan elementni tanlab uzishga misol K.2-rasmda keltirilgan. Qisqa tutashuv K1 nuqtada bo‘lganda shikastlangan W3 liniya K1 nuqtaga eng yaqin bo‘lgan Q6 viklyuchatel yordamida uziladi. Elektr tarmog‘ining shikastlanmagan qismi normal ishlashda davom etadi. Agar rele himoyalari tanlash xususiyatiga ega bo‘lmasa Q1 viklyuchatelning uzilish ehtimoli ham bo‘lar edi. Bunda I1 va I2 iste’molchilarning ham elektr ta’minotida uzilish yuzaga keladi. Agar qisqa tutashuv K2 nuqtada sodir bo‘lsa rele himoyasi unga eng yaqin bo‘lgan Q2 va Q3 viklyuchatellarni uzish uchun signal berishi kerak. Hatijada elektr ta’minotida uzilish bo‘lmaydi va hamma iste’molchilar normal ishlaydi. Qisqa tutashuv K3 yoki K4 nuqtada bo‘lganda faqat Q7 viklyuchatel uzilishi kerak. Agar rele himoyasi o‘zining ishlash prinsipiga asosan himoyalanayotgan elementda shikastlanish bo‘lgandagina ishlaydigan bo‘lsa bunday himoya absolyut tanlashga ega bo‘lgan himoya deb ataladi. O‘zidan keyingi elementda shikastlanish bo‘lib uning himoyasi yoki viklyuchateli ishlamay qolganda rezerv himoya sifatida ishlashi mumkin bo‘lgan himoyaga nisbiy tanlashga ega bo‘lgan himoya deb ataladi. Masalan, K3 nuqtada qisqa tutashuv bo‘lib Q7 viklyuchatel ishlamay qolsa Q1 viklyuchatel uzilishi kerak, ya’ni Q1 viklyuchatelga ta’sir qiluvchi himoya nisbiy tanlashga ega bo‘lgan himoya bo‘lishi kerak;
1-rasm. Elektr tarmog‘ining sxemasi
b) tezkorlik. Elektr tarmog‘ining shikastlangan elementini tezlik bilan uzish shikastlanish hajmini kamaytiradi yoki oldini oladi, shikastlanmagan elementlarning normal ishlashini saqlab qoladi, generatorlar parallel ishlashining buzilishining oldini oladi.
Energosistemada turg‘unlikni saqlab qolish uchun shikastlanish paydo bo‘lgandan keyin 330-500 kV li tarmoqlarda 0,1 - 0,12s gacha 110- 220 kVli tarmoqlarda 0,15 - 0,3s gacha 6-10 kVli tarmoqlarda 1,5 -3 s gacha vaqtda uzish zarur. Ishlash vaqti 0,1-0,2s gacha bo‘lgan himoyalar tez ishlaydigan himoyalar deyiladi;
v) sezgirlik. Himoyaning sezgirligi uning himoya qilish zarur bo‘lgan zonada minimal qisqa tutashuv rejimida va elektr yoyi orqali qisqa tutashuv bo‘lganda ham yetarli bo‘lishi kerak. Himoyaning sezgirligi sezgirlik koeffitsienti bilan xarakterlanadi;
g) ishonchlilik. Himoya faqat o‘zi ishlashi kerak bo‘lgan rejimlarda ishlashi va normal rejimda hamda ishlashi kerak bo‘lmagan rejimlarda noto‘g‘ri ishlamasligi kerak.
Elektr ta’minoti tarmoqlarida avtomatika va rele himoyasi fanidan kurs ishi uchun topshiriqlar
Mavzu: “Elektr ta’minoti sistemasi elementlarining avtomatikasi va rele himoyasi
Kurs ishining maqsadi va vazifalari


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling