Lugat tarkibining boyish usullari Reja


Download 42.5 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi42.5 Kb.
#1788563
Bog'liq
Lugat tarkibining boyish usullari


Lugat tarkibining boyish usullari
Reja:
I. Yangi so’zlarning vujudga kelishi.

  1. Lugat tarkibining tarixiy xarakteristikasi.

  2. Termin va terminologiya.

  3. Frazeologiya haqida tushuncha.

Hozirgi o’zbek tilining lug’at tarkibi (leksik boyligi) o’zbek tilining butun tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan xodisasidir. Undagi so’zlarning paydo bo’lish davri va kelib chiqish manbai xam xar-xildir.


Umuman, xar qanday til o’z lug’at tarkibi va grammatik ko’rulishiga ega bo’ladi. Lekin xalqlar o’rtasidagi uzoq, tarixiy davrlar maboynida davom etadigan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar bu xalqlarning tillariga xam, shubhasiz, o’z ta‘sirini ko’rsatadi. Natijada bir tilga xos fonetik, leksik va boshka elementlar ikkinchi bir tilga o’tib, o’zlashib ketadi. Bunday o’zaro ta‘sir etish ayniqsa leksikada kuchli bo’ladi.
O’zbek xalqi xam o’z tarixining turli davrlarida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqada bo’lgan va bu xalqlarning tili o’zbek tiliga m‘lum darajada o’z ta‘sirini qoldirgan xususan, boshqa tillardan o’zbek tiliga quplab o’zlar o’zlashganini shu ta‘sir bilan izoxlash mumkin. Natijada o’zbek tili lugat tarkibi dashu tilning o’ziga xos leksik qatlam bilan irga o’zlashga leksik qatlam ham yuzaga kelgan.
O’z qatlam. O’z qatlamga o’zbek tilining o’ziniki bo’lgan, shuningdek, turkiy tillar uchun umumiy so’zlar kiradi. O’zbek tili lug’at so­stavida turkiy tillar uchun umumiy (bo’lgan so’zlar anchagina qismni tashkil etadi. Bunday so’zlar deyarli barcha so’z turkumida bor: otlar: tosh, tog, yer, bosh, sonlar: bir, ikki, uch, to’rt - olmoshllr: men, sen, u. O’zbek tilining bevosita uziniki bo’lgan asosiy leksik kismini shu tilning taraqqiyotida. prokessida uning ichki imkoniyatlari, o’ziga xos qonun - qoidalari asosida xosil etilgan yasama so’zlar tashkil eta­di. Bunda uch xolat kuzatiladi.
1. Asli uzbekcha suzlardan shu tilga oid qushimchalar yordamida yasalgan so’zlar: qatnashchi, terimchi, ogmachi, q.otishma.
2. O’zlashma so’zlardan o’zbek tili vositalari yordamida xosil qiligan so’zlar: a) tojikcha so’zlardan yasalgan so’zlar: jangchi, mardlik, sabza votchilik, pulsiz; b) arabcha so’zlardan yasalgan so’zlar: raxbarlik, qimmatli, nomusli; v) ruscha - baynalmilal so’zlardan yasalgan so’zlar: sportchi, shofyorlik, betonlik ;
3. Boshqa tillardan o’tgan yasovchi vositalar yordamida o’z va o’zlashma so’zlardan hosil qilingan so’zlar: tilshunos, madadkor, mexnatkash, ga-zetxon, ilmiy.
Demak, yasama suz komponentlari, yoki komponentlaridan biri asli o’ziga tilga oid bo’lsada, lekin yasalma (yasama so’z) shu tilning o’zida yaratilgan bo’lsa, bu so’z o’z qatlamga xos so’z xisoblanadi.
O’zlashgan qatlam. O’zbek tili o’tmishida qardosh bo’lmagan juda ko’p tillar bilan o’zaro alokada bo’ldi va bu tillardan o’zbek tiliga ma‘lum miqdorda so’zlar o’zlashdi. Bu jarayonda o’zbek tiliga ayniqsa fors -, tojik, arab va rus bugungi kunda ingliz tillari barakali ta‘sir etadi:
Tojikcha so’zlar: Osmon, oftob, baxor, shirin, agar, balki, jona-jon....
Arabcha so’zlar: kitob, maktab, paxta, xalq., maorif, nutq., savol kabi.
Ruscha - baynalminal so’zlar: traktor, kino, televizor, radio, akatsiya...
So’z o’zlashtirish asosan ikki xil; usul bilan amalga oshadi: a) so’z aynan olinadi: mashinka, avtobus, b) kalkalab olinadi. Kalkalab o’zlashtirishda so’zning o’zi emas, balki uning manosi uzlashtiriladi: qatnashchi - uchastnik, darslik - uchebnik.
Tulik kalka - veteran - faxriy, pensiya — nafaka, pensioner - nafakaxur.
Yarim kalka - sportchi - sportsmen, sinfdosh - odnoklasnik.
II. Tilning taraqiyoti jarayonida uning barcha soxalarida ma‘lum uzgarishlar yuz beradi. Bunday uzgarish ayniqsa uning leksikasi uchun juda xarakterlidir.
Bunda, birinchidan, tildagi ayrim so’zlarning eskirishi, iste‘moldan chiqib ketishi kuzatilsa, ikkinchidan, tilda yangi suzlarning paydo bulishi kuzatiladi. Bu ikkala xodisa xam ma‘lum ob‘ektiv sabablar asosida ro’y beradi.
Xozirgi adabiy til nuqtai nazaridan eskirgan so’zlarning jami eski qatlam. yangi so’zlarning jami yangi qatlam deyiladi. Demak, tarixiylik nuqtai nazaridan o’zbek tili leksikasi uch asosiy qatlamga bulinadi:
. Zamonaviy qatlam. Bunga umumiste‘oldagi leksika yoki faol leksika kiradi: non, choy, xavo, inson.
Eski katlam. Bu katlam tarixiy so’zlarga (istorizmlarga) arxiaizmlarga bo’linadi. Ko’l. jarchi, paranji - istorizmlar. Ulus (xalq),tilmoch (tarjimon) - arxaizm.
Yangi qatlam. Tilda yangi paydo bulga i va yangilik belgisi sezilib turadigan so’zlar yangi leksik katlamni tashkil etadi. Bunday so’zlar neologizmlar deb xam yuritiladi: faks, aktsiya, fermer.
III. Ilm - fan, texnika, kishloq. Xo’jaligi va boshqa soxalarga oid tushunchalarning aniq, atamasi bo’lgan so’z yoki so’z birikmasi termin deyiladi. Xar bir fan, kasb - xunar o’z terminlariga ega. Bunday maxsus leksika terminologiya deb ham yuritiladi.
Terminlar yuqorida aytilgandek, kasb - hunarga, ilm - fanga doir tushunchalarni ifodalaydi. Mana shunga kura terminlar - ilmiy terminlar va professional terminlarga ajratiladi.
IV. Frazeologiya tilshunoslikning frazeologik birikmalarini o’rganuvchi sohasidir. Frazeologiya termini tilshunoslikda ikki ma‘noda ko’llaniladi: 1) tildagi frazeologik birliklarning jami
ma‘nosida va 2) shunday birliklarni o’rganuvchi soxa (fan) ma‘nosi­da.
Ikki yoki undan ortiq so’zdan tarkib toptan va yaxlit bir ma‘no ifodalaydigan til birligi frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi: og’zi qulogida - xursand, tepa sochi tikka bulmoq. -jaxillanmoq. kabi.
Tilning lugat boyligi leksika va frazeologiyadan iboratdir. So’z xam, frazelogizm xam lugaviy birlik xisoblanadi.
Frazeologizmlar birdan ortiq so’zdan tashkil topishi bilan so’z birikmasi yoki gap tipida bo’lsada, lekin ular nutq birligi bo’lgan bu birlikdan tamoman farqlanadi va lug’aviy birlik sifatida ko’p jixatdan so’zlarga yaqin turadi, so’zlarga xos bo’lgan juda ko’p xususiyatlar frazeologizmlarga ham xosdir.
Frazeologizmlar so’z 'birikmasi yoki gaplar kabi nutq jarayonida xorsil bo’lmaydi, balki ular, xuddi so’zlar kabi, tilda tayyor xolda bo’ladi. Demak, frazeologizmlar nutq xodisasi emas, balki til xodisasi xisoblanadi.
Adabiyotlar.
SH.SHoabdraxmonov va boshqalar. «Xozirgi o’zbek adabiy. tili» qism T. O’qituvchi - 1980
M. Irisqulov «Tylshunoslikka kirish» T. O’qituvchi - 1992
I.Quchqorov va boshqalar. «Tilshunoslikka kirish»
T. 1975, 39 - 41betlar.
O.Azizov. «Tilshunoslikka kirish» T. 1963, 8-bet
Download 42.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling