Lutfiy hayoti va ijodi. G‘azallari va tuyuqlari. Nazariy ma’lumot. Aruz vazni va tuyuq


Download 293.05 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi293.05 Kb.
#1599821
Bog'liq
8 SINF Lutfiy hayoti va ijodi G\'azallari va tuyuqlari Nazariy ma\'lumot (2)

Lutfiy hayoti va ijodi. G‘azallari va tuyuqlari. Nazariy ma’lumot. Aruz vazni va tuyuq


@uzbek_tilim

Shoir haqida

Lutfiy – o‘zbek adabiyotining XV asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrlardagi eng mashhur lirik shoir. Shuning uchun ham zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni «malik ul-kalom», ya’ni «so‘z podshosi» deb e’zozlagan. Manbalarda taxallusi oldidan «ulug‘ ustod» ma’nosidagi «Mavlono» sifatining qo‘shib tilga olinishi ham shundan. Obro‘yi va shuhrati juda yuksak darajaga yetgan edi. Alisher Navoiy uni, o‘zining ustozlaridan biri, deb biladi. Buni shoirlar haqidagi «Majolis un-nafois» tazkirasida shu ulug‘ shoir haqida aytilgan ushbu iliq so‘zlar ham isbotlaydi: «Mavlono Lutfiy o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi... va turkcha devoni ham mashhurdur».


@uzbek_tilim
@uzbek_tilim
Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat»
«...To‘qson to‘qqiz yoshida olamdin o ‘tdi. Qabri Dehikanordadur, o ‘z maskani erdi».

Lutfiy milodiy 1366-yili tug‘ilib, 1465-yili vafot etgan. Bu ustoz shoir dunyodan o‘tganda Alisher Navoiy 24 yoshda edi.

Lutfiy milodiy 1366-yili tug‘ilib, 1465-yili vafot etgan. Bu ustoz shoir dunyodan o‘tganda Alisher Navoiy 24 yoshda edi.


@uzbek_tilim

Adabiy yanglishish

XV asrning birinchi yarmida o‘zbek tilida yaratilgan «Gul va Navro‘z» dostoni sho‘rolar davrida uzoq yillar Lutfiyning asari sifatida xato taxmin etib kelingan edi. Ammo keyingi tadqiqotlar bu doston o‘sha davrda yashab, ijod etgan shoir Haydar Xorazmiy qalamiga mansub ekanni ko‘rsatdi.


@uzbek_tilim
@uzbek_tilim
Lutfiy merosi
3 ming baytga yaqin. Shundan 75 % g‘azal janriga oid.

Bobur nomli xalqaro jamoat fondi tashabbusi bilan 2006-yili Hirot yaqinida joylashgan Dehikanor (hozirgi Nangobod) qishlog‘idagi Lutfiy qabri aniqlashtirilib, u yerda o‘zbek milliy uslubida ayvonli yangi maqbara bunyod etildi.

Bobur nomli xalqaro jamoat fondi tashabbusi bilan 2006-yili Hirot yaqinida joylashgan Dehikanor (hozirgi Nangobod) qishlog‘idagi Lutfiy qabri aniqlashtirilib, u yerda o‘zbek milliy uslubida ayvonli yangi maqbara bunyod etildi.


@uzbek_tilim

Shoir g‘azallari

Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,

Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.

Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey moh,

Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma.

Haqqoki, qilich kelsa boshimg‘a eshikingdin .

Yo‘qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma.

Usruk kо‘zing ashkolina har gah nazar etsam,

Qolmas xabarim, xoh inon, xoh inonma.

Yoqub bikin ko‘p yig‘idin qolmadi sensiz

Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma.


@uzbek_tilim

Shoirning tuyuqlari

Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor,

Har necha dardimni desam, dog‘i bor.

Qilcha tanga bori ishqing yor edi,

Bir sori bo‘ldi firoqing dog‘i bor.

***

Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen,

Vah, qachon yetkaymen ul dilbanda men.

Bevafolarg‘a meni qilding asir,

Sen menga sultonsen, ey dil, banda – men.


@uzbek_tilim
@uzbek_tilim

Aruz vazni haqida

Aruz vazni arab she’riyatining asosiy vazni hisoblanadi. U bizga arab she’riyatining ta’sirida shakllangan.


@uzbek_tilim
Aruz vaznining hijolari
Qisqa
(“V”)
Cho‘ziq
(“–”)
O‘ta cho‘ziq
(“~”)
@uzbek_tilim

Aruzning vaznlari


1. Ramal
Bosh rukni: foilotun
Taqtesi: -V--
2. Hazaj
Bosh rukni: mafoiylun
Taqtesi: V---
3. Mutaqorib
Bosh rukni: faulun
Taqtesi: V--
@uzbek_tilim

Tuyuq

Tuyuq – lirik janr. U arabiy va forsiy adabiyotda yo‘q. Bu janr namunalarini faqat turkiy she’riyatdagina uchratamiz.

Tuyuqlar aslan turkiy xalqlar og‘zaki adabiyoti ta’sirida shakllangan, takomil topgan. Keyinchalik yozma adabiyotga o‘tib, muayyan qoidalarga bo‘ysungan, talablari qat’iylashgan.

Tuyuq, albatta, to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak.


@uzbek_tilim

Tuyuq namunasi

Ul pari ishqida bu devonani,

Eyki, istarsen, kelib gulxanda ko‘r.

Bir qadah ul gulni xandon ayladi,

Ey ko‘ngul, nazzora qil, gulxanda ko‘r.


@uzbek_tilim

Foydalanilgan adabiyot:


@uzbek_tilim

Adabiyot 8: darslik / S. Olimov, S. Ahmedov, R. Qo‘chqorov. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019.


Download 293.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling