M ttm-au-21 magistranti Nosirova Mukarramxonning 2021-2022 oquv yilida Ilmiy-pedagogik ishlarni bajarish boyicha yanvar oyi uchun tayyorlagan hisobot ilmiy-pedagogik ishlar
Download 10.42 Kb.
|
2 5296416561186214968
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22.01.2022-yil.
- 29.01.2022-yil.
- Magistr: Nosirova M. __________ Kafedra mudiri: Qodirova.Z __________ Ilmiy rahbar: M.Asranboyeva __________
_________________M.TTM-AU-21 magistranti Nosirova Mukarramxonning 2021-2022 oquv yilida Ilmiy-pedagogik ishlarni bajarish boyicha yanvar oyi uchun tayyorlagan HISOBOT Ilmiy-pedagogik ishlar 1. Yanvar oyi 15.01.2022-yil. Navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatlarida belgilangan vazifalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori Magistratura to‘g‘risidagi NIZOM ni o‘rganib chiqdim. Nizom 10 ta bo‘limdan iborat ekan. Oldingi faoliyat soatlarida quyidagi 2ta bo‘limini o‘rganib chiqqan edi. I. Umumiy qoidalar II. Magistrlar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar Bugungi faoliyat soatlarida esa quyidagi qismlarini o‘rganib chiqdim: III. Magistratura talabalarining huquq va majburiyatlari IV. Magistraturada ta’lim jarayonini tashkil etish Bunda: oliy ta’lim muassasasining magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlar bilan, shu jumladan kadrlar tayyorlash ixtisosligi va yo‘nalishiga mos keluvchi professorlar, dotsentlar bilan ta’minlanganligi; nazariy, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shu jumladan magistrlik dissertatsiyalariga qo‘yiladigan talablarga mos holda ularni tayyorlash uchun zarur o‘quv-metodik va moddiy-texnika bazaning mavjudligi kabilar berilib o‘tilgan. 22.01.2022-yil. Navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatlarida Magistratura Nizomini III va IV bandlarini o‘rganishni tugalladim. Bunda ta‘lim jarayonini tashkil etishdan tashqari quyidagi bandlar ham keltirilgan ekan : Magistratura talabasining kalendar ish rejasi mazmuni ilmiy rahbar bilan birgalikda ishlab chiqiladi va oliy ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori (direktor o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. Magistratura talabasi o‘zining kalendar ish rejasi bajarilishi bo‘yicha har oyda kafedra yig‘ilishida hisobot beradi. Shunga ko‘ra har oyda kalendar ish rejam bo‘yicha oyma oy hisobot tayyorlayapman va kafedra yig‘ilishida hisobot berib boryapman. 29.01.2022-yil. Navbatdagi ilmiy pedagogik faoliyat soatlarida ilmiy pedagogik ishim uchun kerakli adabiyotlar ro'yxatini tuzdim.Ular quyidagicha: -O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; -Ta'lim to'grisidagi qonun; -Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risidagi qonun -E.Giddens "Sotsiologiya" Toshkent 2002 -N.M.Egamberdiyeva "Ijtimoiypedagogika" darslik , Toshkent 2007 -D.Narziqulova «Ijtimoiy va oila pedagogikasi» fani bo`yicha o`quv-uslubiy majmua (bakalavriat bosqichi talabalari uchun).Navoiy 2015 -K.Turg‘unboyev , M.Tolipov, I.Oxunov " IJTIMOIY PEDAGOGIKA ASOSLARI" (o‘quv qo’llanma) Toshkent “Fan va texnologiya” 2008-yil Internet saytlari : -http://library.ziyonet.uz; -http://ilmiy.bmti.uz Va boshqa ilmiy pedagogik ishimga oid bo'lgan adabiyotlarni o'rganmoqdaman. Magistr: Nosirova M. __________ Kafedra mudiri: Qodirova.Z __________ Ilmiy rahbar: M.Asranboyeva __________ Download 10.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling